SHOM dan keyin…
O’zbekistonga qisqa tashrif bilan kelgan bir akamiz bilan SHOM dan keyin ko’rishishga kelishdik.
Namozni o’qib yo’lga chiqdim. Orada Shom vaqti kirganidan 40-50 daqiqa vaqt o’tib belgilangan joyga yetib keldim.
Ammo do’stimiz SHOM vaqti kirishi bilan u yerga borgan ekanlar.
Kelishgan ishimiz amalga oshmay qoldi. Bu vaziyat ularni biroz jahllarını chiqarganini yuzlaridan sezdim, ham ochiq o’zlari buni takidladilar.
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.
Aka ming bor uzr so’rayman. Xato ish bo’ldi. O’zimni oqlamayman.
Shomdan keyin degan gapni Shom o’qib yo’lga chiqaman deb tushungan ekanman. Men ham shomni o’qib yo’lga chiqqan edim. Aniqlashtirib olmaganim xato bo’ldi. Ming bor uzr one more time…
Shu SMS ni shaxsiylariga yozib yubordim. O’sha vaziyatda ham shu jumlalarni ham ishlatdim. Xato ishligini tan olib uzr so’radim. Ketdilar.
Bu vaziyatni biroz tafakkur qildim va ba’zi xulosalarni ulashaman:
1. Vaqtni yanada anqilashtirish kerak. Raqamlarda gaplashish to’g’riroq.
2. Uchrashuv joyiga yetib borilsa, uni ikkinchi tarafga xabar qilib qo’yish to’g’riroq ekan.
3. Aytilgan jumlalar zamon va makon urfida qanday qabul qilinishiga e’tibor qilinishi ham kerak ekan. Yuqoridagi holatdni 3-4 ta do’stlarimdan “SHOM dan keyin” jumlasini qanday tushunishi haqida so’rab ko’rdim. Bizdagi urfda SHOM namozi o’qilgandan keyingi holatni tushunishini aytishdi.
Bu holat shu yer urfiga xosligini, uzoq muddat bu yerda yashamagan inson tabiiyki, unday tushunmasligi mumkinligini fahmlashim va e’tibor qilishim kerakligini tushundim. U insondan ham hafa bo’lish noto’g’ri ekanligini esa oddiy haqiqat.
4. Har shunday holatda fikringizni bildirib, uzr so’rab qo’yish to’g’ri ekan.
5. Agar inson shu kabi tafakkurni odat qilsa, komilikka qarab yurar ekan.
6. “Beehtiyor xatolar” ham aslida nemat ekan, agarki tafakkur qilinsa.
7. “Beehtiyor xatolar” ham aslida balo va sinov ekan, agarki xulosa qilinmasa.
8. Mazhablar orasidagi ihtiloflar sababini ham tushungay bo’lyapman. Oddiygina “SHOM dan keyin” gapida shunday ikki xil bir-biriga yaqin ma’no chiqsa, o’ta balog’at va fasag’ot ilmidagi gaplarda farqlar va xulosalar turli bo’lishi tabiiy ekanligiga ishonchim komil bo’ldi.
>>Click here to continue<<