TG Telegram Group Link
Channel: © gulomov design
Back to Bottom
Mentorlikni (ustoz-shogird metodikasini) astalik bilan ko'pchilik middle dizaynerlar boshlashlari kerak deb hisoblayman

Pedogogik tajribangiz yo'q bo'lgani qo'rqinchli emas. Iloji bo'lsa kamida 1 dona shogird olib, ishlaringizni ularga o'rgatishni boshlang. O'rgatish amaliyoti sizni ham yangi pog'onaga, yangi sifatlaringiz shakllanishiga sababchi bo'ladi.

Ushbu jarayondan eng asosiysi - hozirgi vaqtlarda kompaniyalarga hatto shogird bo'lib qo'shilish ham murakkablashib bormoqda ekanligidir. Sababini o'zingiz ham yaxshi bilasiz. Kompaniyalarga ishni eplay oluvchi kadrlar kerak. Bozorda turli leveldagi kadrlar to'lib yotibdi. Lekin kompaniyalar hali hamon kadr topa olmaslik muammosi bilan kurashishmoqda. Sababi bozorda rostan ham - ishlarni, loyihalarni ma'romida eplab bera oluvchi, jamoa bilan yaxshi ishlay oluvchi kadrlar juda kam.

Shaxsiy kuzatuv va tajribalarimdan kelib chiqib ayta olamanki - biror dizayn kursni yakunlagan o'quvchi kamida 1-2 yilda, muntazam amaliyot natijasida o'z potensialini yaxshi darajada namoyish qila oladi. Sodda qilib aytganda bitta yaxshi grafik dizayner yetishib chiqishi uchun o'qish davrlari bilan hisoblaganda 2-3 yil kerak bo'lmoqda.

Lekin endilikda ushbu amaliyot o'tash jarayonlar ham murakkablashib borayotgan davrda yangi uka va singil dizaynerlarimiz ushbu eng birinchi bosqichdan ham o'ta olmasliklari mumkin. Sababi ko'p ish beruvchilarga strong junior va middle dizaynerlar kerak bo'lmoqda.

Ushbu holatda yechim - biz o'zimiz yangi bo'lajak hamkasblarimizga yordam berib yuborish bo'ladi. Ishxonangiz bilan suhbatlashib ko'ring. Mayli bepulga bo'lsa ham ushbu taklifga rozi bo'lsalar bu juda yaxshi natija. Ertaga siz ham mentorlik amaliyotdan o'zingizni sohaviy levelingizni oshirishingiz, yaqin kelajakda biror kompaniyada asosiy dizayner/art direktor bo'lish imkoniyatlariga ham amaliy tayyorlanishga qadam qo'ygan bo'lasiz.

@gulomovdesignblog
Adaptatsiya/moslashuvchanlik

Sunʼiy intelektni dizaynda qanday qo'llash yo'llari, uslublari haqida ushbu dizaynerimizning bloglarida tanishib borishingiz mumkin.

Sherbek Ergashov ko'p dizaynerlar orasida AI funksiyalarni birinchilardan o'rgana boshlagan va turli loyihalarda amaliy qo'llab kelayotgan dizaynerlardan
https://hottg.com/sherbek_safariy

Ertami-kechmi, ozmi-ko'pmi baribir sun'iy intelekt taqdim qilayotgan imkoniyatlardan amaliyotda foydalanib borishimizga to'g'ri kelish ehtimoli yuqori. Shu sababli hali juda ham kech bo'lmasdan, oz-ozdan bo'lsa ham o'rganib turishimiz o'zimizga foyda bo'ladi.

@gulomovdesignblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tajribali grafik dizayner Jo'rayev Og'abek hozirda to'liq ta'tilga chiqibdilar.

Ukamiz dizayn yo'nalishda aynan print va digital yo'nalishlarda yaxshi tajribaga egalar @jurayev_portfolio

Kanalda turli agentlik va kompaniyalar menejerlari borlar. Sizlarni yaxshi kadr mavjud ekanligi bilan xabardor qilib qo'yaverdim.
@gulomovdesignblog
O'z yo'nalishingizda zo'r mutaxassis bo'lsangiz = ishni o'zi sizni topib keladi degan zamonlar ortda qolmoqda

Zo'r mutaxassis bo'lib, lekin sizni kerakli auditoriya bilmasa. Sohangizdan tashqari boshqa hech qanday umumiy yaxshi ko'nikma va sifatlaringiz bo'lmasa = sizga sabr tilayman.

Grafik dizaynerlar kariyera faoliyatlarini iloji boricha 2 fazaga ajratib borishlari kerak.

1-faza:
Yaxshi ishlaydigan portfolio shakllantirish, biror yirikroq, zamonaviyroq kompaniyaga ishga kirish.

2-faza:
(Bunga ko'p vaqt ketadi) Ishdan tashqari outsource loyihalar bilan ishlash muhitini yaratib borish kerak.

@gulomovdesignblog
Zamonga moslashib borish kerak

Buning uchun esa o'zingizni avvalgi zamonlarga nisbatan yanada ko'proq rivojlantirib borishingiz kerak. Tahlil qilishlarni o'rganing, qiymatlar hosil qilishlarni o'rganing. Sizga muammo keltirayotgan bariyerlaringizni hal qilish choralarini izlang. Rus tilini bilmaysizmi, o'rganishni boshlang, odamlar bilan gaplasha olmaysizmi, gaplashishni boshlang, sohaviy kitoblar o'qishni boshlang, tajribali insonlar bilan muloqot qilishni boshlang.

@gulomovdesignblog
Ushbu kelayotgan shanba kuniga grafik dizaynerlar malaka oshirish bo'yicha online workshop tayyorlab qo'ymoqdaman.
Qiziqarli mavzu, tez orada e'lon qilib qoldiraman.

@gulomovdesignblog
Middlelar diqqatlariga - iloji bo'lsa gibrid grafikda ishlash rejimiga o'tib borishingiz kerak deb o'ylayman.
Ushbu mavzu bo'yicha qanday fikrlardasiz?

@gulomovdesignblog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Zoomer avlod bilan ishlash metodi ekan 😎

Havotir olmang bu metodika bizda hali rivojlanmaydi.
Hammasi avvalgi holatida. Ishga bir daqiqa ham kech qolmasligingiz kerak, lekin ketish vaqtingiz esa noma'lum.

@gulomovdesignblog
Ushbu holatni o'zbekcha modeli:
- Boss bugun uyquvga to'ymagan edim. Uyga borib uxlab olsam bo'ladimi?
- Ha, bemalol! Ketishingizdan avval HR menejerga yangi vakansiya chiqarishlari haqida xabar berib qo'ysangiz.

@gulomovdesignblog
Lekin ushbu metod bizda boshqa format bo'yicha rivojlanishni boshlab bo'lgan.

Ya'ni ishxonangizni o'zida barcha sharoitlar mavjud bo'lib borishi.
Playstation, massaj kreslolar, ichimliklar va turli mayda chaq-chuq mahsulotlari to'ldirilgan muzlatgichlar, ping-pong...

Endi keyingi level aynan yuqoridagi format bo'lib boraveradi. Xodimlar uydami, cho'ldami, ishdami asosiysi - natija ko'rsatishlari eng asosiy omil ekanligini yana bir muncha vaqtlardan so'ng anglab yetishlar boshlanadi.

@gulomovdesignblog
3-4 yildan so'ng dizaynerlarni ishdan ketib qolish sabablari orasiga - ishxonalaridagi muzlatgichda ular istemol qiluvchi ichimlik yo'q ekanligi sababi ham qo'shilishi mumkin😎
@gulomovdesignblog
Kunda 3,4,5 soat ham ishlab sermahsul natijalarga erishish mumkin

Hozirda menda grafik (kech uxlaganim sababli) soat 10 larda uyg'onaman, tushlik vaqtlargacha oilaviy turli ishlarni hal qilib. Co-workingga soat 14 yoki 15 larga o'tib. U yerda 19 yoki 20 largacha fokus bilan ishlab bormoqdaman. Energiya va ishtiyoqim yetsa uyda ham 1-2 soat ishlayman.

Eng asosiy qiyin bosqichlarni deyarli yakunlab bo'ldim. Ya'ni ushbu formatga adaptatsiya, dizayn loyihalarni rejalangan holda suhbatlar olib borish. Tartib bilan deadlinelar belgilash. Realizatsiya jarayonlar.

Va yana keyingi level - xabaringiz bor backgroundimda dizayn ta'limi bo'yicha ham tajribalar mavjud. Dizaynerlarni ham hard ko'nikmalar va eng asosiysi tez orada soft ko'nikmalar bo'yicha ham rivojlantirishda ta'sir ko'rsata olaman.

Shunda ushbu bosqichlarni barchasini jarayonga tushirganimdan so'ng 24 soat kunlik vaqtlarimda - dam olish, oila, dizayn ishlar/suhbatlar va dizayn ta'limi moslashgan holda bo'ladi. 3 bosqichlar deyarli adaptatsiyalandi. Ushbu jarayon ko'p vaqt o'zimni ko'zimga ham qo'rqinchli bo'lib ko'rindi. Lekin istalgan sohada monster natijalar uchun, baribir o'zingizdan monster darajada foydalanishingiz kerak. Boshqa yo'li yo'q. Biz o'zimiz ham bir tugash muddatiga ega resursmiz. Yoki o'zimizni ayab, minimal -+komfort hayotga ko'nikishimiz kerak yoki tarixda iz qoldirishga harakat qilishimiz kerak

@gulomovdesignblog
Fizik holatda 3,4,5 soat sermahsul ishlash uchun, mental holatda 24/7 ishlash kerak. Loyihalaringizni turli kundalik ishlar jarayonlaringizda ham oz-ozdan o'ylab miyyani o'zida ham yaxshi pishirib olib. Qisqa fizik ishlash yordamida natija ko'rsatish imkoniyatimiz mavjud.

Avvalgi hafta ulgura olmadim. Yaqin orada hard ko'nikma bo'yicha workshop rejada bor. Xabardor bo'lib turing. Ishtirok etuvchilarni barchalariga personal taklifnomalar taqdim qilinadi.
@gulomovdesignblog
Headhunter saytida rad javoblar olish darajasini kamaytirish uchun vakansiyalarning HR yoki menejerlarini topish, ularga individual chiqishni yo'llarini izlash kerak. O'zingiz ularni topib chiqishingizni o'zi ham, ularni ko'zida sizga uddaburon degan sifatdagi qiymat qo'shish imkonini beradi.

Shu sababli ham sohaviy hamda qo'shni sohalardagi tanish va guruhlarni ko'paytirib boravering.
@gulomovdesignblog
Shaxsiy dizayn market maydonlar shakllantirib borish haqida ba'zi suhbatlarda aytib o'tgan edim.

Manashu g'oyaga bag'ishlangan ilk prototip ishni sahifaga yuklab qo'ydim.

Shaxsiy market maydonning asosiy ustunliklari o'zingizni daraja va obro'dan kelib chiqqan holda o'zingizni price, talab va takliflar kiritib borsangiz bo'ladi.

Lekin bu keyingi masala. Bundan avval bizda bu madaniyatni o'zi paydo bo'lib qolishidan ko'ra, uni shakllantirishga hissa qo'shish kerak.

Biror dizayn yo'nalishda yaxshi tajribangiz bo'lsa, ushbu g'oyani o'zingizda tatbig' qilib boshlasangiz zarardan ko'ra faqat foyda taraflari mavjud.

@gulomovdesignblog
Italiyalik dizayner portfolioni yaxshi shakllantirish haqida foydali tavsiyalar berib o'tibdilar 😎
youtube.com/watch?v=2csSYbGIWEs

@gulomovdesignblog
Shaxsiy brendlarning account/taqdimot/zapusk dizaynlari bilan ishlayotgan dizaynerlar bormi?
Anonymous Poll
23%
Ha, hozir ham muntazam ishlayman
26%
Endi boshlayman
23%
Qiziqmas ekanman
28%
Bu qanday yo'nalish?
Youtubeda ushbu insonlar ishtiroklaridagi podkast va yakka videolarni ko'plarini ko'rgan bo'lsangiz kerak.

⚡️Lekin men sizga ushbu videolar uchun coverlar tayyorlab kelayotgan dizayner ukamizni namoyish qilib o'tmoqchiman.

Jasurbek Hasanov grafik dizayn sohamizda aynan Youtube kontentlar bo'yicha jiddiy shug'ullanishni ancha avvaldan boshlab bo'lganlar va albatta ushbu yo'nalish bo'yicha yaxshi tajribalarga ham ega bo'lib bormoqdalar.

🌋 Youtube kontentlar bizda yaxshi rivojlanmoqda. Podkastlarni o'zini ko'payib borayotganini ushbu rivojlanishlarga dalil sifatida keltirsak bo'ladi.

Umumiy xulosa Youtebga ham e'tibor berish davri boshlanib bo'ldi, ushbu front bo'yicha ham faoliyat olib borishni istasangiz va qiziqarli bo'lsa ukamizni sohaviy bloglariga qo'shilib qo'ying, ko'p foydali tajribalarini ulashib o'tmoqdalar @khasanovjasurbek

@gulomovdesignblog
HTML Embed Code:
2024/06/07 04:25:52
Back to Top