TG Telegram Group Link
Channel: Format | Mohirdev
Back to Bottom
Zamondan ortda qolmang!

Ota-onalar texnologiyalarni oʻrganishlari juda muhim. Yuqoridagi suratlarda buning sabablarini keltirganmiz.👆

Koʻrib boʻlgach fikrlarni boʻlishish yodingizdan chiqmasin💬
@format_mohirdev
😱4🔥3👍2😁1
Elektron miya | Telepatiya🧠⚙️

Elon Mask “Telepatiya” nomli miyaga oʻrnatiladigan chiplar ustidagi sinovlar muvaffaqiyatli oʻtayotganini ma’lum qildi.

Ixtiro foydalanuvchilarga fikrlash orqali gadjetlardan foydalanish imkonini beradi. Endi klaviaturani shiqirlatib, qiynalib yurmaysiz. Shunchaki o'ylashning o'zi kifoya. 😕

Filmlarda koʻrib, sehrgarlikka tenglashtirilgan texnologik yutuqlar birin-ketin haqiqatga aylanyapti. Texnologiyalarning bunday tez rivoji bolalarga hozirdanoq raqamli dunyoni tanishtirish lozimligiga ishoradir.

Format bolalarga shu yoʻlda koʻmaklashadi. Jamoamiz oʻquvchilarga zamonaviy AyTi koʻnikmalarini oʻrgatuvchi oʻquv dasturini taqdim qiladi.

Biz bilan bogʻlanish
🔥6👍2😱1
🤔Mamnuniyat yoki majburiyat?

Aksariyat bolalar kimningdir majbur qilgani uchungina oʻqishadi. Ammo bu yoʻl juda zerikarli va nisbatan samarasizdir. Muammoning asosiy sababi esa ota-onalar va ustozlarning zavqli oʻqitish usullarini bilmasligidir.😞

Siz ham shunday xatoga yoʻl qoʻymang, hoziroq yuqoridagi suratlarni koʻring!👆
@format_mohirdev
🔥9👍3😱1
Qanday qilib ota-onalar bolalariga ijtimoiy koʻnikmalarni oʻrgatishlari mumkin

Muvaffaqqiyatga erishish uchun faqat texnologik bilimlarni emas, ijtimoiy koʻnikmalarni ham oʻzlashtirish lozim. Quyida ota-onalar buning uchun nima qilishlari mumkinligi haqida tavsiyalar berdik:

Avvalo farzandlarga oʻrnak boʻlish kerak. Bolaga tanbeh berib, oʻzi amal qilmaslik foydasizdir.


Ijtimoiy koʻnikmalarni qoʻllash uchun maydon hozirlash kerak. Masalan, farzandingizni jamoaviy sport yoki volontyorlikka bering.


Farzandingizni eshitishni oʻrganing. Bolalarga erkin fikrlashishiga, vaziyatlarga mustaqil baho berishiga imkon berish lozim.


Farzandlaringizga muvaffaqiyatsizliklar tabiiy ekanligini tushuntiring. Magʻlubiyatga uchraganda qayta urinishiga ruhlantiring.


Ijtimoiy madaniyatni bolaga singdirish oson kechmasligi mumkin. Lekin farzandlar uchun chekilgan mashaqqatlar hech qachon ogʻirlik qilmaydi.

@format_mohirdev
🔥5👍1
🧠 Bola miyasi uchun ozuqa

Bolaning ta’lim koʻrsatkichlari oʻsishida uch muhim omil mavjud. Bular: jismoniy va aqliy mashgʻulotlar hamda ovqatlanish. Quyida shu uchinchisining aynan informatika fanini oʻrganishda qoʻshadigan hissasini koʻrib chiqamiz. 👇

💻 Avvalo, bolalardan AyTini yaxshi oʻzlashtirishda qanday aqliy faoliyat talab qilinishini bilish lozim. Bu sohada sezilarli natija koʻrsatish uchun tanqidiy fikrlash, mantiq, yaratuvchanlik va muammoga yechim topa olish qobiliyatlari muhimdir.

🥜 Asosan donli mahsulotlardagi uglevodlar diqqat oshiradi va oʻrganishni osonlashtiradi. Guruch, suli va joʻxori yetarli iste’mol qilgan bolalar kompyuter qarshisida chalgʻimasdan uzoq vaqt oʻtira oladilar.


🫑 Meva va sabzavotlar aqliy funksiyalarni yaxshilaydi. Ulardagi vitamin, mineral va antioksidantlar kod yozish jarayonida optimal yechimlar topish uchun miyani quvvatlantiradi.


🥩 Baliq, tovuq goʻshti va sut kabi mahsulotlardagi proteinlar miya hujayralarini rivojlantiradi. Yongʻoqdagi sogʻlom yogʻlar ham shunday vazifani bajaradi. Bola ratsionidagi bunday mahsulotlar dasturlashda eslab qolish muhim boʻlgan ma’lumotlar uchun xotirani mustahkamlay oladi.


Yuqorida sanab oʻtilgan mahsulotlar bolaning oʻrganish tezligi va sifatini oshiradi. Siz ham shunday yeguliklarni bilasizmi? Izohlarda yozib qoldiring 😊.

@format_mohirdev
👍10🔥2😁1😱1😇1
🔵 Format deganingiz nima oʻzi? Suvmi, okeanmi, shoʻrvami?

Format nimaligi haqida toʻliq fikr shakllantira oldingizmi? Sizga hozir shunday imkoniyatni taqdim qilamiz.

Format loyihasi maktablar uchun informatika oʻquv dasturlarini yaratadi. Ularda sohadagi aktual bilimlarni noodatiy yoʻllar bilan oʻrgatishga harakat qilamiz.

Sinab koʻrish uchun dasturni qisqa muddatga xarid qilish imkoniyati mavjud. Biroq yanada kengroq tasavvur hosil boʻlishi uchun Format Demo kanalini ishga tushirdik. ⬇️

Kanalda:

1. Darsda qoʻllaniladigan videolar
2. Prezentatsiyalar
3. Dars ssenariylari
4. Tarqatma materiallar


oʻzbek va rus tillarida mavjud.

Namunaviy materiallarimizni koʻrib, sizga yoqqan va tuzatishimiz mumkin boʻlgan jihatlarimizni izohlarda yozib qoldiring.
Bu yerga bosing 🔽
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19😁5🔥4
Forwarded from Sariq Dev
Mohirdevda ish jarayoni bilan tanishamiz.

Ushbu videoda taʼlim boʻlimi bilan tanishamiz. Bu boʻlimda 10 kishidan ortiq xodim doimiy ofisda, yana bir nechta mutaxassislarimiz masofadan ishlashadi.

Mohirdevda chiqayotgan har bir kurs malakali metodistlar tomonidan nazorat qilib boriladi. Oʻquv rejalar, kontent va materiallar, ekspertning darsga yondoshuvi, mavzuni toʻgʻri yetkazib berishi, barchasi nazorat qilib boriladi.

Bu Mohirdev uchun ham aslida yangi tajriba. Darslarimiz sifatini yanada oshirish uchun, ekspertlar bilan yelkama-yelka ishlayapmiz.

Yangi maxfiy kursimiz metodistlar nazorati ostida ishlandi va tez orada sizlarga taqdim qilinadi.

Videoda Mohirdevning yana bir sirli loyihasi — maktablar uchun informatika dasturi koʻrsatilgan.

Loyiha haqida koʻproq bilishni istasangiz postga 👍 bosing.
👍21🔥8😁1😱1
🫵 Tan oling bunday oʻqituvchilar sizning maktabingizda ham bor.

Ushbu maqolamizda “kulrang o‘qituvchilar” kimligini va ularni qanday qilib “rangli qilish” mumkinligi haqida maʼlumot berdik.

💬 Oʻqib boʻlgach fikrlaringizni izohlarda boʻlishishni unutmang.

Maqolani oʻqish
🔥10👍3😱3😇1
HTML Embed Code:
2025/07/08 18:25:21
Back to Top