TG Telegram Group & Channel
Format | Mohirdev | United States America (US)
Create: Update:

🥊 Bola boʻgandan keyin urishadi, yarashadi*

😠 Agressiv bolalar kelajakda ham shunday boʻlib qolmaydi. Siz bolada koʻrayotgan agressiya muloqotni oʻrganishning ilk bosqichlaridandir. Kichik yoshda emotsiyalarni boshqarish toʻliq oʻrganilmagan boʻladi. Ularda vaziyatga xolis baho berish qobiliyati ham hali shakllanib ulgurmagan hisoblanadi. Ular odatda oʻzlarini haq deb bilishadi va ularga nisbatan adolatsizlik boʻlayotgandek his qilishadi.

🗣 Siz ham katta ehtimol bilan “Birinchi oʻzi boshladi” degan gapni eshitgansiz yoki bir paytlar aytgansiz. Chunki har bir bola masalani yoshi va xarakteriga qarab, turli nuqtalardan koʻradi. Masalan, yoshi kattaroq bola uchun shunchaki hazil hisoblangan soʻz kichikroq bola uchun oʻgir botishi mumkin. Bunda koʻpincha ular qizishib, urishib ketishadi. Bu jarayonda ular nizoni hal qilishni oʻrganishadi. Oʻrganish, ayniqsa, urishish foydasizligini bilgandan soʻng tezlashadi. Shunday qilib, bolalar ulgʻaygan sari oldingi kelishmovchiliklardan xulosa chiqarib, “quyilib” qolishadi.

Ha, bu tabiiy jarayon: bola qoqilib, qoqilib “odam” boʻladi. Ammo muomalada agressiya shakllanishida ham, buning teskarisi uchun ham muhitning roli katta. Tushuntiribroq aytadigan boʻlsak, qush inida koʻrganini qiladi. Yaʼni bola uchun har qanday narsada oila aʼzolari oʻrnakdir, jumladan muloqotda ham. Ukangiz, singlingiz yoki farzandingizga kelishmovchiliklarni pozitiv yoʻl bilan hal qilishni oʻrgatish uchun siz oʻzingiz shunday qilishingiz kerak.

Agar siz
• bosiq boʻlsangiz,
• oldingizdagilarni tinglasangiz,
• ayblashdan oldin ishonch hosil qilsangiz,
• urishish emas kelishish yoʻllarini izlasangiz,
• tez qizishmasdan oʻylab, ish qilsangiz,
bola ham shunday qiladi.

Aksincha, urushqoq xulq ham sizdan oʻzlashtiriladi. Agar siz
• qoʻpol boʻlsangiz,
• tez agressiya koʻrsatsangiz,
• sizga kerakligini urishish bilan olsangiz,
farzandingiz yoki uka-singillaringiz ham shunaqa boʻlib oʻsadi.

📹 Zoʻravonlik sahnalari boʻlgan multfilm, kino, oʻyinlar va qandaydir vitaminlar yetishmovchiligi tufayli hosil boʻladigan agressivlik haqida toʻxtalmadik (qiziq boʻlsa, izohlarda bildiring).

Demak, agar siz bolalaringiz, kichik uka-singillaringiz yoki oʻquvchilaringizning agressivligini yoʻqotishda qiynalsangiz, bilingki, siz yolgʻiz emassiz. Shunchaki kuting, oʻz xulqingizni tuzating, bola atrofidagi agressiya chorlovchilarni uzoqlashtiring. Agar jarayon qiyin kechsa, psixolog va pediatrlarga murojaat qilishingiz mumkin.

Xullas, xavotirlanmang, axir baʼzida biz kattalar uchun ham masalani tinchlik bilan hal qilish oson emas, endi bolalarni tasavvur qilavering.

Sarlavhadagi matn nutqqa moslab atay xato yozildi*

@format_mohirdev

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍5😱2🤷‍♀1😁1😇1

>>Click here to continue<<

Format | Mohirdev

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)