19-asr boshlari, Britaniya
Odamlar koʻchada matematik amallarni bajaruvchi qurilmalarga nisbatan norozilik bildirib, namoyishlar oʻtkazishmoqda. Ular kelajakda farzandlari ilmsiz, oʻzlari ishsiz boʻlib qolishlaridan xavotirdalar.
Masalan, oʻquvchilar SI yordamida izlanishlar olib borishganda, yangidan-yangi maʼlumotlarni olishadi. Bu fikr doirasi kengayishi va chuqurroq bilim olish imkonini yaratadi. Topilgan manbalarning ishonchliligini tekshirish davomida esa bolalarda tahlil qilish va tanqidiy fikrlash koʻnikmalari rivojlanadi.
🧑🏫🤝🤖 Kelajakda SI integratsiyalangan robot oʻqituvchilarga kelsak, ular haqiqiy ustozlar oʻrnini egallamaydi. Aksincha ularga yordamchi boʻladi. Sababi sunʼiy ong boladagi kechinmalar, uning psixologik holatini his qilib, koʻmaklasha olmaydi. Biroq aynan maktab yoshidagi bolalar haqiqiy pedagoglar tomonidan emotsional qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻladilar. Shuning uchun har qanday holatda oʻqituvchilar oʻz ishida davom etadi. SI esa har bir oʻquvchi haqida maʼlumotlarni tahlil qilib, ular uchun individual metodlarni taklif qiladi yoki dars uchun materiallar tayyorlaydi. Undan tashqari, bunday texnologiyalar keng tarqalgan paytda haqiqiy oʻqituvchilarning qiymati qaytanga oshishi ham kutilmoqda.
SIga haddan ortiq bogʻlanib qolishning oldini olish uchun bolalarga shaxsiy fikr, tahlil va oʻrganishni talab qiladigan vazifalar yuklash kerak. Qoʻshimchasiga, oʻquvchilarni jiddiy oqibatlar haqida ogohlantirish lozim:
💀 🧍♀️Bugungi kunda SI aksariyat kam aqliy mehnat va tahliliy-tanqidiy yondashuv talab qiladigan ishlarni oʻzi bajarmoqda. Hozirda maktabda oʻqiyotgan oʻquvchilar mehnatga yaroqli boʻlgan paytda uning qudrati yanada oshib, koʻproq vazifalarni bajarish qoʻlidan keladi. Shunda bugun oʻz ustida ishlamagan har qanday bolaning ishsiz va jamiyatda hech qanaqa oʻrinsiz qolib ketish ehtimoli mavjud.
@format_mohirdev