Aniq fanlarga qiziquvchilarni PI(π) kuni bilan tabriklaymiz!
Eslatib oʻtamiz, Pi kuni aylana uzunligini uning diametriga* nisbatini anglatuvchi π harfi sharafiga nishonlanadi.
“Vay-voʻoʻ, unaqa harflar koʻp-ku. Unda alfa, betta, gamma kunlarini ham nishonlaylik” deyishga shoshilmang, u boshqa belgilarga oʻxshamaydi.
Ushbu harf hali toʻliq oʻrganilmagan sirli jumboqdir. Gap shundaki, istalgan aylana uzunligini uning diametriga boʻlsangiz, oxiri yoʻq va takrorlanmaydigan kasr son chiqadi (ishonmasangiz, sinab koʻring). Unga 3,14 qiymati berilsa-da, bu shunchaki qisqartirishdir, aslida u bunday: 3.14159265359……..
@format_mohirdev