Qamrov: qancha oʻquvchini faningizga qiziqtira oldingiz, qanchasi shu sohani egallamoqchi, nechtasi darsdan keyin ham shugʻullanyapti va hokazo. Masalan, informatika ustozi – Samandardan soʻraganimizda deyarli hamma uning faniga qiziqib qolgani, lekin hech kimda darsdan tashqari shugʻullanishga xohish yoʻqligini aytdi. Demak, u kelgusi yili fan olimpiadalari uchun qoʻshimcha tayyorlanishga ilhomlantirishi kerak.
Rejalar: yil boshidagi rejalarning qanchasi oʻzini oqladi? Salimov ustozdan natijalari haqida qiziqqanimizda, boshida chorakni kamida 90% oʻquvchi 5 bahoga yakunlashini rejalashtirganini aytdi. Lekin chorak oxirida bor-yoʻgʻi 30% oʻquvchigina natija koʻrsata olganini aytdi. Xulosa shuki, maqsad real boʻlishi lozim. Aks holda sizda oʻzidan qoniqmaslik hissi ortib ketadi.
Muvozanat: ish va shaxsiy hayotdagi muvozanatni saqlash. Bu boradagi koʻrsatkichlaringizni vazningiz, sogʻligʻingiz, yaqinlar oʻrtasidagi munosabatlarning qaysi tomonga oʻzgarishi belgilaydi. Bu haqida Nigina ustozdan soʻraganimizda koʻrishi oldingidan sustlashganini aytdi. U ana shu muvozanatni saqlashda xatoga yoʻl qoʻygan. Endi esa kelasi safar vaqtni toʻgʻri taqsimlab, oilasi va sogʻligʻiga ham meʼyorida eʼtibor qaratishni rejalashtiryapti.
Shu uch tomondan oʻzingizni baholang va kelgusi yilda natijalarni koʻtarishga harakat qiling.
@format_mohirdev