👋“Botirov, yaxshimisan? Akang yaxshimi? Oʻzi eng aʼlochi oʻquvchilarimda edi-da. Ishga kiroldimi? Bugun maktabda oyingni koʻrgandim, gapirmadi. Oʻtir-chi mundoq …”, – deb gap boshladi koʻchada oʻquvchisini koʻrgan ustoz.
🤔 Ustoz oʻquvchini koʻchada koʻrib qolsa, nima qilishi kerak? Bu arzimasdek koʻrinadi, lekin bu siz oʻylaganchalik sodda emas. Hozir shu vaziyat misolida ustoz va oʻquvchi umumiy munosabatlarini ham koʻrib chiqamiz.
🤝 Qoʻl berib koʻrishish yoki qoʻlni koʻksiga qoʻyib salomlashish normal tushunarli holat. Biroq bizda salomlashish shu bilan tugamaydi, u uzoq va iliq davom etadi. Rivojlangan davlatlarning ayrim taʼlim muassasalari esa favoritizm yoki poraxoʻrlikni oldini olish uchun shaxsiy suhbatlarni qisqa qilish qoidasini kiritgan.
⚠️ Ustozlar uchun shunday taqiqlarga yana misollar keltirsak: – Oʻquvchini ota-ona yoki maktab maʼmuriyati ruxsatisiz mashinasiga chiqarish – Ustozga “aka”, “opa” kabi soʻzlar bilan murojaat qilish – Oʻquvchilardan sovgʻa olish – Shaxsiy akkaunti orqali oʻquvchilar bilan gaplashish
🫂 Ammo ustoz va oʻquvchi doʻst boʻlishi kerak degan gaplar qayerda qoldi? Yoʻq, ular hali ham doʻst boʻlishlari kerak, faqat professional chegaralarni saqlab qolgan holda.
⏱ Koʻchada koʻrishib qolishga qaytadigan boʻlsak, suhbat sababsiz uzoq davom etmasligi va masofa saqlagan holda boʻlishi kerak. Bunga amal qilinmasa, ustoz oʻziga yaqin boʻlib qolgan oʻquvchiga dars oʻtganda talabchanligini yoʻqotishi mumkin.
✅ “Salom, Botirov. Seni koʻrganimdan xursandman. Koʻrishguncha”, – dedi bu postni oʻqigan ustoz oʻquvchisini koʻchada koʻrib.