TG Telegram Group Link
Channel: FIZIKA |RASMIY
Back to Bottom
Qora o'ra 1-qism @FIZIKA.pdf
1.4 MB
Qora o'ralar 1-qism:
Qora o'ralar;
Yulduzdan qochish tezligi;
Voqealar gorizonti.
Keyingi qism "Qora o'raga sayohat" haqida bo'ladi.

Bu faylni ocha olmayapsizmi?

@FIZIKA - Barchasi sizlar uchun!
B tip 6,7 @FIZIKA.pdf
317.8 KB
Assalomu alaykum!

B tipdagi yangi masalalarni qabul qilib oling. Bu masalalarni yechish sizga qiyinchilik tug'dirmaydi. Shartini o'qishni o'zida taslim bo'lmang, harakat qiling va albatta siz buni yecha olasiz.

@FIZIKA - O'zbekiston yoshlari uchun!
FutureinRussia @FIZIKA.pdf
2.8 MB
Rossiya oliy o'quv yurtlarida bakalavratura magistratura yoki aspirantura bosqichida o'qishni niyat qilgan bo'lsangiz Rossiya Federatsiyasi budjeti hisobidan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun ajratilgan kvotalardan foydalaning. Bepul ta'lim olish imkoniyatini qo'ldan boy bermang! Hujjatlar 10-martga qadar qabul qilinadi. Batafsil shu yerda.

На русском языке

@FIZIKA -Bizni kuzatishda davom eting!
Assalomu alaykum, mo‘tabar onajonlar, aziz opa-singillar!
Sizga dunyodagi eng ezgu tilaklarni tilaymiz! Siz, borsizki, hayot bardavom, olam nurafshon!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
neytron.uz
Forwarded from MATEMATIKA | RASMIY via @like
Assalomu alaykum!
Kanalimizning qadrli a'zolari!
Agar siz abituriyent bo‘lsangiz, hamda karantin sababli repititor topishning imkoni yo‘q bo‘lsa, biz siz uchun ajoyib yangilik tayyorladik!!!

1-APRELdan boshlab kanalimiz(@matematiklar)da MATEMATIKA fanidan online darslarni olib boramiz. Darslar mutlaqo bepul!!!
Bir kunda ikkita mavzu o‘tiladi. Mavzu yakunida o‘tilgan mavzuga doir va hafta yakunida haftalik testlarni ishlab o‘z bilimingizni oshirib borishingiz mumkin!

Kanalimizga barcha abituriyent do‘stlaringizni ham taklif qilishingiz mumkin!

Kanalimiz linki:
@matematiklar
Forwarded from Magazines, Books, Newspapers in English!
Scientific American Mind - July/August 2020

Overview: The magazine that explores and reports on some of the most exciting breakthroughs in neuroscience and psychology. Regularly read by thousands of inquisitive people, Scientific American Mind provides fascinating insights into how and why we think the way we do. Human relationships, strivings and achievements are examined and explained in readable, accessible language. Plus, readers can learn how to optimize their own mental functioning with entertaining brainteasers, illusions and puzzles included in each issue.


Want to read the most trusted magazines and newspapers for free? Visit @englishinpi
O`zbekiston Milliy Universiteti Fizika Fakulteti.
Fizikani mukammal va chuqur o`rganmoqchi bo`lgan va kelajakda ilmiy ishlar qilmoqchi bo`lgan abiturientlar uchun O`zbekistondagi eng yaxshi dargoh. O`zimiz ham bakalavr darajasini shu dargohda olganmiz. Hozirda ushbu fakultetni tugatgan tanishlarim dunyoning mashhur universitetlarida magistraturada o`qishmoqda. Ilmiy ishlar qilaman, olim bo`laman, Nobel olaman degan bo`lsangiz O`zbekiston Milliy Universiteti Fizika Fakulteti sizlarni kutib qoladi. Qabul jarayonlari va Fakultet yangiliklarini ushbu kanaldan o`qib borishingiz mumkin.
​​O'qish boshlanishiga ham juda oz vaqt qoldi. Darslarda online qatnashish uchun yuqori sifatli internet va trafik zarur. Hozirgi kunlarda yurtimizning deyarli barcha joylarida UzMobile aloqa operatori 4G LTE bilan ta'minlamoqda. UzMobile aloqa operatori quyidagi hamyonbob narxlarda internet xizmatlarini taklif qiladi:

500 MB 😊 10 000 SUM *147*10072*87755# 30 KUN

1 500 MB 😁 15 000 SUM
*147*10073*87755# 30 KUN

3 000 MB 😊 24 000 SUM *147*10074*87755# 30 KUN

5 000 MB 😄 32 000 SUM
*147*10075*87755# 30 KUN

8 000 MB 😳 41 000 SUM *147*10076*87755# 30 KUN

12 000 MB 😍 50 000 SUM
*147*10077*87755# 30 KUN

20 000 MB 😉 65 000 SUM *147*10078*87755# 30 KUN

30 000 MB 😍 75 000 SUM
*147*10079*87755# 30 KUN

50 000 MB 🤝 85 000 SUM *147*10080*87755# 30 KUN

75 000 MB 👨‍💻👩‍💻 110 000 SUM
*147*10150*87755# 30 KUN

@FIZIKA
Fizika va matematika fanlarini ingliz tilida o‘rgatamiz. Kurs maktabdan universitetgacha bo‘lgan ta'lim dasturini o'z ichiga oladi (yosh va talabga mos ravishda)!
Предлагаю всем курсы по Физике и Математике на английском языке!
Подробнее по тел: +998998876789
#mexanika #savollar
Savol: Nega kuch markazdan qochma bo'ladi-yu, tezlanish markazga intilma?

Javob: Markazdan qochma kuch yoʻq. U shunchaki noinersial sistemadagi jismning oʻz holatini saqlashga intilishidan hosil boʻlgan. Aslida kuch markazga qarab yoʻnalgan, chunki agar jism markazga qarab tortilish hisobiga yoʻnalishi oʻzgartirilmasa u aylanaga urinma boʻylab toʻgʻri ketib qoladi.

Soddalashtirish: Agar jismga kuch taʼsir qilmasa u oʻzining toʻgʻri chiziqli tekis harakatini saqlaydi. Agar perpendikulyar kuch taʼsir qilsa, jism aylanma harakat qiladi. Jismga taʼsir qiladigan oʻsha perpendikulyar kuch markazga yoʻnaladi.
--Kuch taʼsir qilishidan oldin jism burildimi?
--Yoʻq.
--Qachon burildi?
--Markazga qarab kuch taʼsir qilgandan keyin.
--Demak kuch qayoqqa yoʻnalgan?
--Markazga
--Tezlanishchi?
--U ham
© Xamidov Tursunali
Bizni kuzatib boring.
#mexanika #savollar
Savol: Po‘kak shar suv ustiga qalqib chiqqanda va po‘kak shar suvga cho‘ktirilganda "shar - suyuqlik" sistemasining potensial energiyalari qanday o‘zgaradi?

Javob: Birinchi holda kamayadi, ikkinchi holda ortadi.

—Suv sathiga bogliqmi?
—Suv to‘kilmasa bo‘ldi, doim shunday o‘zgaradi

—Sharniki kamayib, suvniki ortadimi?
—Birinchi holda suvniki kamayib, sharniki ortadi. Ikkinchi holda suvniki ortib, sharniki kamayadi.
© To‘ymurodov Dilmurod
Bizni kuzatib boring.
#mexanika #savollar
Savol yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Javob: Oʻngga yoki chapga siljimasligi aniq. Jism erkin holatda har doim potensial energiyasi eng kichik boʻlgan holatni egallaydi. Demak, shu holatda arqonning potensial energiyasi eng kichik. Shunga koʻra, massa markazi tepaga siljiydi.
© Xamidov Tursunali
Bizni kuzatib boring.
Forwarded from Хатолар ва хулосалар
​​#савдо #кундалик_ҳаёт

Хато:
Хушбўйлик сотиб олиш учун сотувчидан нархларини сўрадим ва у маълум нархни айтди. Айтган пулини бердим ва оша нархдагилар орасидан ўзимга ёқадиганини танлай бошладим. Шу орада сотувчи «ҳозир» деб хонага кириб чиқди. Чиқганидан сўнг танлаганимни берди ва пул соради. Пулини тўлаганимни айтдим. Орада жуда ноқулай вазият юзага келди. Пулини тўлаганимни олдим, аммо...

Хулоса:
Ҳеч қачон сотувчига, таксисга фарқи йўқ ким болишидан қатъий назар пулни олдиндан берманг. Аввал сотиб олган нарсангизни қўлингизга ушланг ёки у кўрсатаётган хизматини охирига етказсин кейин пулини тўланг. Ҳеч қачон олдиндан тўламанг, акс ҳолда уни ҳаракатлантирувчи дастакни унга берган бўласиз.

Хатоларни такрорламаслик учун
👉@Xatolar
Хатолар ва хулосалар kanalida ko'pchiligimiz, ayniqsa talabalar va abiturientlar uchun oddiy holatdek tuyiladigan, lekin katta zarar keltirishi mumkin bo'lgan xato haqida yozishibdi. Menda ham bu xato bo'lgan asosan, maktabda 9 - sinfdan to Universitetni 1 - kursigacha bo'lgan davrda buni anglab yetmaganman. Universitetni 2 - kurs vaqtida esa anglab yetganman😔. Bu narsa qancha ko'p vaqt davom etsa, oqibatini bartaraf etish shunchalik mushkul bo'ladi. Shuning uchun yuqorida eslab o'tilgan postni o'qishni va maktabda, litseyda va universitetda o'qiydigan tanishlaringizga yetkazishni maslahat bergan bo'lardim. Oqibat bilan kurashgandan ko'ra, oldini olgan afzaldir.

@FIZIKA -Bizni kuzatishda davom eting!
Forwarded from Хатолар ва хулосалар
​​#ҳайбат #раҳбарлик #оталик

Хато:

Кичкиналигимда бир ҳикоя айтиб беришган. Бу ҳикоя қариндошларимиздан бири ҳақида. Буни менга ким айтгани ҳозир аниқ эсимда йўқ. Аммо айтиб берган инсон, ҳикоямиз қаҳрамонининг ўғлидан таҳминан қуйидагиларни ҳикоя қилади: «Дадам бизни бирор марта урмаган. У киши уйда ишлаган вақтларида, баъзан укам билан хоналарида ўйнардик. Агар шўхлигимиз ошиб кетиб қолса, дадам кўзойнаклари устидан бизга қарардиларда, қўллари билан кўзойнакларини кўтариб қўярдилар. Биз хатомизни тушуниб ташқарига чиқиб кетардик.» Амир Темурнинг «Темур тузуклари» асарида қуйидагича келтирилади: «Қайси ҳоким ҳукмининг таъсири таёқ ва калтаклаш таъсиридан камроқ бўлса, ундай ҳоким ҳукумат юргизишга яроқсиздир.»(Темур тузуклари 118-бет.) Мен ушбу ҳикоядаги инсонни айнан Амир Темур сифатлаган инсонга жуда яқин хислатга эга деб биламан. Орамизда бундай одамлар жуда кам. Масалан: Эркаклар оилаларнинг раҳбарларидир. Аммо улар бақиради ҳам, сўкади ҳам, уради ҳам. . .

Хулоса:

1) Қарашларингнинг ўзи ҳал қиладиган масалаларда, сўзни исроф қилма.
2) Юмшоқликнинг ўзи етарли бўлган вазиятда, қўполлик ортиқча.
3) Агар сен бақириб ҳукмингни ўтказишгача етиб борган бўлсанг, араванг йўлдан чиқишни ва ҳурматинг биноси емрилишни бошлади.
4) Агар ҳақоратлашгача етиб борган бўлсанг, араванг йўлдан озди. Ҳурматинг биноси қулаб битди.
5) Уришни бошладингми, демак, сенинг ҳокимиятинг ниҳоясига етди. Энди «ким кучли бўлса, ўша ҳоким» деган тушунчани оилангдагиларга сингдириб бўлдинг. Бир кун фарзандингдан калтак еганингда (Аллоҳ асрасин) буни тушунасан.
6) Қўлингдаги яширин қуролларингни ҳеч қачон ошкор қилма. Қарашларинг, мулойим илтимосинг, буйруқ оҳангинг, баландлаган овозинг, калтакловчи қувватинг - булар яширин қуролларингдир.
7) Бирининг таъсири тугамагунча, иккинчисини ишлатма.
8) Ишлатаётган қуролинг таъсири тугамаслиги учун, уни ҳа деганда ишлатаверма.
9) Бу узоқ муддатли амалиёт, уни қўллаш ҳаммага ҳам эмас. Мукаммал қўллай олган инсон, Амир Темур салтанатида ҳоким бўларди.😁
10) Ишни сўзларингни тежашдан бошла, имкон қадар кам гапир, кам кул. Ҳар нарсага ҳиринглайверма.
11) Ҳамма сирлари очиқ душман, энг ночор душмандир. Аҳмоқона ва ёш болаларча қилиқларинг билан сирларингни очма. Ҳайбатинг кетади ва ҳеч ким сендан ҳайиқмай қўяди.

Хатоларни такрорламаслик учун
👉@Xatolar
Assalomu alaykum!
Bugundan boshlab kanalimizda fizikaning amaliyotda qoʻllanilishiga oid qiziqarli savollarni berib boramiz. Javoblarni savol ostida izoh koʻrinishida yozib qoldirishingiz mumkin.

👉 @FIZIKA
HTML Embed Code:
2025/07/03 15:58:40
Back to Top