TG Telegram Group Link
Channel: 𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧
Back to Bottom
MashaAlloh!
Allohumma baarik!
Diyoraning rizqi keng ekan, bir kunda yigʻildiya 🥹
Alloh rozi boʻlsin 🤍
InshaAlloh bugun Diyorani ziyoratiga boramiz va omonatni topshiramiz😊
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Diyoraxonni ziyorat qilib keldik 🤍
Omonatni topshirdik alhamdulillah, koʻnglingizni hotirjam qiling!
Alloh barchangizdan rozi boʻlsin!
Naqd 10 mln 800 ming soʻm qoʻllariga berildi.
Yana 211 ming soʻm kartalariga tashlab berildi!
SBOR YOPILDI!
Kartaga boshqa pul tashlanmasin iltimos.
Tarqatganlar ham, e’lonni olib tashlanglar
Rahmat🤍
Botga kelgan xabarlardan:

Avvalo, bu mening shaxsiy pullarimdan qilingan ehson emasdi, bu xalqning puli!
Sahovatpesha insonlarning ehsoni.
Men oʻrtada turgan insonman.
Agar shaxsiy pulimga qilganimda ha ehtimol yashirin holatda qilgan boʻlardim.
Lekin ayni vaqtda, xalq bilishi, koʻrishi kerak deb oʻylayman.
Minglab insonlarning ishonchi bor bu yerda, shuning uchun iltimos, yurakni keng qiling va bunday xabarlar bilan dilni xira qilmang!
Xaqqimizga duoda boʻling, Alloh riyodan saqlasin.
Jamiyatimizdagi muammolardan biri— erkak oʻziga ideal ayol istaydi, ayol ham ideal er xohlaydi.
Lekin tushunishmaydi-ki, Alloh ularni bir-birini toʻldirib turishi uchun yaratgan.

📎Mukammal inson yoʻq, oʻzaro bir-birini tushunadigan, murosaga keladigan, bir-birini ozorlashdan qoʻrqadigan mukammal munosabat qurishingiz mumkin.

📎Ayolda erkakning qaltisliklarini koʻrmaslikka olish, tushunish va kechirish kabi oqillik bor.
Erkakda ayolning zaifligi va ojizligini kechirib, uni boricha qabul qilish uchun kuch bor.

Amal qilinsa, aslida barchasi oson.
Biz hayotimizni oʻzimiz qiyinlashtirib oʻrganib qolganmiz.
Hayotimga olib kirgan qoidalarimdan biri;
Biror narsadan hafsalangiz pir bo'lishi, sizni xafa qilmasin, o'tmishni unutishni o'rganing va ba'zi kunlaringizda quyosh chiqmasligini ham, qabul qiling..
Va umidsizlikning zulmatida yo'qolib qolsangiz, yodda tuting, yulduzlar–faqat tunning zulmatida ko'rinadi.
Va bu yulduzlarning nuri sizni istagan manzilingizga olib boradi. Xato qilishdan, qoqilishdan va yiqilishdan qo'rqmang.
Chunki sizda yiqilgach, qayta turish va chang bo'lgan tizzangizni qoqib tashlash imkoni bo'ladi.
Eng muhimi–siz inson ekaningiz va xato qilish bandaga xos ekanini qabul qiling.
Ko'pincha, eng katta mukofot–sizni eng ko'p qo'rqitgan narsalardan keladi.
Qalb vayron boʻlsa ham, Alloh uchun keraksiz qalb degani emas.
Singan bulut yomgʻir hosil qilishda davom etaveradi.
Jarliklar ekin beradigan tekisliklarga aylanishi oson.
Hattoki yarimta urugʻ ham, yangi oʻsimliklarga hayot bera oladi.
Shuning uchun, oʻzingizni siniq holatda his qilsangiz, Alloh siz uchun kattaroq narsani rejalashtirayotganidan amin boʻling.
Oʻylab koʻring..
Alloh hech qachon bizni yolgʻiz qoldirmaydi.
Bizdan nimanidir olib, oʻrniga albatta yangi va biz uchun foydaliroq boʻlganini beradi.
Ketmoqchi boʻlganni hech qachon tutib qolishga harakat qilmang, qanchalik ogʻir boʻlmasin, hamma narsani qaytarish, saqlab qolish istagi qanchalik kuchli boʻlmasin, vaqti kelib , Alloh sizga zulm qilishdan holi Zot ekanini albatta tushunib yetasiz.
Oxir oqibat, kutishni bilgan insonga eng zoʻri nasib qiladi.
Shunchaki ishoning va qoʻyib yuborishni, unutishni, kechirishni, qadrlasg va sevishni oʻrganing.
Nikoh—qiyin.
Ajrim—qiyin.
Istagan qiyinchilikni oʻzingiz tanlang.

Semizlik—qiyin.
Yaxshi qomatda boʻlish—qiyin.
Qaysi birida qiynalishni siz tanlang.

Qarzdor boʻlish—qiyin.
Moddiy ta’minlangan boʻlish—qiyin.
Qaysi birida qiynalishni siz tanlang.

Biznesni boshlash—qiyin.
9 dan 5 gacha ishlash ham —qiyin.
Qaysi birida qiynalishni siz tanlang.

Hayot hech qachon oson boʻlmaydi, lekin siz qaysi vaziyat va holatda qiynalishni oʻzingiz tanlaysiz.

Aql bilan tanlang.
HTML Embed Code:
2024/05/20 02:27:08
Back to Top