TG Telegram Group Link
Channel: Farg'ona shahar hokimligi | Фарғона шаҳар ҳокимлиги
Back to Bottom
Вилоят ҳокими Хайрулло Бозоров Халқ депутатлари Фарғона шаҳар Кенгашининг навбатдаги сессиясида иштирок этди

Бугун Халқ депутатлари Фарғона шаҳар Кенгашининг навбатдаги бир юз еттинчи сессияси бўлиб ўтди.

Сессия ишида вилоят ҳокими Хайрулло Бозоров, Халқ депутатлари шаҳар Кенгаши депутатлари, шаҳардан сайланган вилоят Кенгаши депутатлари, шаҳар секторлари раҳбарлари, шаҳар ҳокимининг тегишли ўринбосарлари, кун тартибига киритилган масалаларга алоқадор давлат ва жамоат ташкилотлари раҳбарлари иштирок этдилар.

Батафсил: https://fergana.uz/site/view/news/11383797

Fergana.uz | Telegram | Facebook | YouTube | Facebook | Instagram | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистонда жорий йилги Ҳаж мавсуми 23 майдан бошланади

Ўзбекистон мусулмонлари идораси маълумотига кўра, Ўзбекистонда Ҳаж мавсуми 2024 йил 23 майдан бошланади. Республикамиздан Саудия Арабистони Подшоҳлигига шу йил 7 июнга қадар ҳар куни авиақатновлар амалга оширилади.

Зиёратчилар Мадина шаҳрига Тошкент, Бухоро, Наманган, Фарғона, Самарқанд, Қарши, Термиз, Урганч, Нукус ва Навоий шаҳарларида жойлашган ҳудудий аэропортлар орқали кузатилади.

Барча парвозлар «Uzbekistan Airways» авиакомпанияси томонидан амалга оширилади.

Шунингдек, ушбу мавсумга пухта тайёргарлик ишларини амалга ошириш мақсадида, дастлабки ишчи гуруҳ Саудия Арабистонига етиб бориб, айни кунларда барча ташкилий ишларни бажармоқда.

📱Мобил илова 👉 iOS | Android

Ўзбекча |O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
Улуғ ижодкорга муносиб ёдгорлик

Тошкент шаҳрида миллий эстрада санъати асосчиси, Ўзбекистон халқ артисти Ботир Зокиров ҳайкали очилди. Шу муносабат билан ўтказилган тадбирда Президент Шавкат Мирзиёев иштирок этиб, санъат мухлисларини қизғин табриклади.

Батафсил: https://uza.uz/posts/599112

📱Мобил илова 👉 iOS | Android

Ўзбекча |O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
Farg‘ona shahrida “Nuroniylar va yoshlar” qadryatlari yanada ulug‘landi

Farg‘ona shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi hamda Farg‘ona shahar yoshlar ishlari bo‘limi hamkorligida davlatimiz rahbarining 2023-yil 27-dekabrdagi “O‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 410-sonli qarori ijrosini ta’minlash, yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha nuroniy keksalarimizning hayotiy boy tajribalari, erishgan yutuqlarini kelajak avlod yetkazish, yoshlar o‘rtasida milliy qadryatlarimizni mustahkamlash maqsadida uchrashuvlar, ko‘ngilochar madaniy tadbirlar tashkil etildi

Madaniy tadbirlarda yoshlar tomonidan turli bellashuvlar, ko‘ngilochar dasturlar nuroniy keksalarimizning madaniy hordiq chiqarishlarini ta’minladi

Tadbirlar “Yoshlar oqshomi”ga ulanib, ko‘tarinki ruhda davom etdi

Shahrimiz bo'ylab “Nuroniylar va yoshlar” uchrashuvlari, madaniy tadbirlari davom etmoqda
📣 E'lon

🔵 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlarga tavsiyanoma berish uchun arizalar qabul qilish boshlanganligini maʼlum qiladi!


🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar “Mahkamasining “Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida” 2022-yil 9-iyundagi 322-son Qarori bilan tasdiqlangan “Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

🌐 Batafsil: https://wcu.uz/oz/lists/view/676

💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati

🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube
HTML Embed Code:
2024/05/17 10:04:37
Back to Top