#Yangi_tartib
📢 FHDY organlari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlarda yana bir nechta qulay yangiliklar joriy etildi!
🖥 Endi agar tug‘ilganlik, nikoh yoki ajrim yozuvi arxivda topilmasa, 16 yoshdan katta fuqaro yozuvni tiklash, tuzatish yoki o‘zgartirish uchun my.gov.uz orqali ariza topshirishi mumkin.
Bunda, shaxsni tasdiqlash Face-ID yoki MyID orqali avtomatik aniqlanadi.
📌 Arizaga 1 ish kuni ichida javob beriladi.
👮♂️ FHDY yozuvlarini o‘zgartirish bo‘yicha berilgan arizalar Ichki ishlar organi tomonidan 20 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Soxta hujjatlar, tergov holati yoki ochilmagan jinoyat aniqlansa — ariza rad etiladi.
📬 Takroriy guvohnomalarni endi pochta orqali ham olishingiz mumkin!
• Ariza — YIDXP orqali beriladi;
• Guvohnoma — 1–3 ish kunida tayyor bo'ladi;
• Yetkazib berish — siz istagan manzilga (xarajat arizachidan).
📄 Asos: VMning 2025-yil 12-iyundagi 362-son qarori
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
>>Click here to continue<<
