#ESLATMA
⚠️ Har bir litsenziya egasi bilishi kerak bo‘lgan eng muhim savol: Qachon litsenziya bekor qilinadi?
Litsenziya va ruxsatnomalar oddiygina hujjat emas — ular sizning faoliyatingizga ruxsat eshigi. Lekin ayrim holatlarda bu eshik yopilishi ham mumkin: sud yoki vakolatli organ litsenziyani bekor qilishga haqli bo‘ladi:
⚖️ Sud orqali bekor qilinadigan holatlar:
🚫 Belgilangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etmaslik (vakolatli organ yoki sud belgilagan muddatda);
🚫 Litsenziya yoki ruxsatnoma olish qarorining qonunga xilofligi aniqlansa;
🚫 Talab va shartlarni yil davomida 2 va undan ortiq marta buzish*;
🚫 Talab va shartlarni bir marotaba qo‘pol buzish (odamlarning hayoti, sog‘lig‘i, xavfsizlik va davlat manfaatlariga zarar keltirgan holatlarda)*;
🚫 Qalbakilashtirilgan hujjatlar orqali litsenziya yoki ruxsatnoma olish*.
⚠️ Muhim: Agar yuqoridagi * belgili holatlar sodir bo‘lsa, litsenziya bekor qilingandan so‘ng 1 yil davomida qaytadan litsenziya olish imkoniyati bo‘lmaydi. Bu yangi tashkil etilgan kompaniyalarga ham taalluqli.
📝 Vakolatli organ orqali bekor qilinadigan holat: Davlat boji yoki yig‘imni belgilangan muddatda to‘lamaslik.
📄 Asos: "Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida"gi Qonun (33-modda).
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
>>Click here to continue<<
