TG Telegram Group Link
Channel: Daryo — LIVE
Back to Bottom
Qidiruvda bo‘lgan 12 nafar O‘zbekiston fuqarosi BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

@daryo_live
Otasi tomondan O‘zbekistonga olib kelinib, onasi bilan muloqot qildirilmagan 3 yoshli qiz Rossiyaga qaytarildi

Ota qizini 2024-yil oktyabrgacha ruxsat asosida olib kelib, o‘zi o‘tgan yilning o‘zida ishlash uchun Rossiyaga qaytgan. Qizcha esa buvisi bilan Samarqandda istiqomat qilib kelayotgan edi.

@daryo_live
O‘zbekistonga 5 oyda jami 3,1 mln nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda tashrif buyurgan

Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 987,9 ming nafarga yoki 46,4 foizga oshgan.

@daryo_live
G‘uzorda MChJ o‘ziga qarashli yaroqsiz holatdagi tok transformatoridan foydalanib, 558 mln so‘mlik elektrni noqonuniy ishlatgani aniqlandi

Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

@daryo_live
🌤 Bugun harorat 30-35 daraja bo‘ladi. Tog‘li hududlar ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin — “O‘zgidromet”

@daryo_live
Tramp Nyu-York meri lavozimiga nomzodni “telba kommunist” deb atadi

AQSH prezidenti fikricha, Zohran Mamdani bir qator kamchiliklarga ega. U “unchalik aqlli emas”, “ko‘rinishi juda qo‘rqinchli”, uning ovozi “g’ashga tegadi”.

Ma’lumot o‘rnida, Nyu York shahri meri uchun saylovda kurashni demokratik partiya nomidan 33 yoshli musulmon siyosatchi Zohran Mamdani olib borishi mumkin. U partiya ichki praymerizida yetakchilik qilmoqda.

@daryo_live
O‘zbekistonda biogazdan metan ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba zavodi ishga tushirilishi kutilmoqda

Bu borada Yaponiya kompaniyasi bilan hamkorlik qilish rejalashtirilgan.

@daryo_live
Braziliyada futbol hakami o‘yin paytida hibsga olindi

Ederson Karlos da Silvani hibsga olish 2024-yil 450 kg kokain ortilgan yuk mashinasi aniqlanganidan so‘ng rasmiylar e’tiboriga tushgan mahalliy giyohvand moddalar savdosi tarmog‘i faoliyatini tekshirish doirasida amalga oshirilgan.

@daryo_live
Yaman husiylari Isroilga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etishga tayyor 82 ming ko‘ngilli uchun harbiy tayyorgarlik yakunlanganini aytdi

Husiylarning Sanadagi safarbarlik uchun mas’ul bo‘lgan rasmiy vakili Fayz al-Xanamiyga ko‘ra, barcha ishtirokchilar “Al-Aqso to‘foni” deb nomlangan dastur doirasida tayyorgarlikning birinchi bosqichidan o‘tgan.

Ikkinchi bosqich allaqachon boshlangan, unda birgina Sananing o‘zidan dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 100 ming kishi jalb etiladi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🐻 Kaliforniyada ona ayiq bolasi bilan birga uyga kirib, muzlatkichni talayotgani kuzatuv kamerasiga tushdi.

@daryo_live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish bo‘yicha hech qanday yakuniy qaror qabul qilinmagan — Pensiya jamg‘armasi

Bildirilishicha, pensiya tizimiga kiritiladigan har qanday o‘zgartirishlar, jumladan, pensiya yoshiga oid masalalar ham, albatta, keng jamoatchilik muhokamasidan so‘ng, xalqning fikri va manfaatlari inobatga olingan holda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

@daryo_live
O‘zbekiston davlat OTMlari kirish imtihonlarida qatnashish uchun 732 411 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi

Bu so‘nggi 7 yildagi eng kam ko‘rsatkich:

▪️2019-yil — 1 mln 66 ming 925 nafar;
▪️2020-yil — 1 mln 484 ming 85 nafar;
▪️2021-yil — 948 ming 211 nafar;
▪️2022-yil — 1 mln 214 ming 232 nafar;
▪️2023-yil — 1 mln 18 ming 7 nafar;
▪️2024-yil — 894 ming 279 nafar;
▪️2025-yil — 732 ming 411 nafar.

@daryo_live
🇺🇿🇧🇾O‘zbekiston prezidenti 26—27-iyunda amaliy tashrif bilan Belarusda bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etadi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent Shimoliy vokzali yaqinidagi tunnelda Gentra yonib ketdi

"Yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 11:37 da yetib borib, yong‘in soat 11:40 da o‘chirildi. Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q", deyiladi Toshkent shahar FVB xabarida.

@daryo_live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Senat O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishini ma’qulladi

Yadroviy falokat yuz bergan taqdirda aholiga tovon to‘lanishi taʼminlanadi.

@daryo_live
🇷🇺 Maktabga bormaydigan migrant bolalarni oilasi bilan Rossiyadan chiqarib yuborish taklif qilindi

Rossiyada kamida 300 ming nafar migrant bola maktablarga bormasligi ma’lum qilindi.

@daryo_live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi

🇺🇸 dollar 12 586,41 soʻm (+54,63)
🇪🇺 yevro 14 758,82 soʻm (+220,70)
🇷🇺 rubl 160,42 soʻm (+0,60)

@daryo_live
HTML Embed Code:
2025/06/27 04:09:27
Back to Top