Ayni paytda Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Axborot xavfsizligi sohasida raqamlashtirish muammolari va istiqbollari” mavzusiga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Anjumanda yurtimizda kiberxavfsizlik bo‘yicha vakolatli organ hisoblangan “Kiberxavfsizlik markazi” DUK xodimlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi va “CYBER-BRO” kiberxavfsizlik kompaniyasi xodimlari, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
>>Click here to continue<<






