TG Telegram Group Link
Channel: BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
Back to Bottom
#Qabul_2025
Buxoroda test- test sinovlari boshlandi

🫥Bugun erta tongdan Buxoro shahridagi Yoshlik sport majmuasida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test sinovlari boshlandi.

Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etilmoqda. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi.

Test sinovlariga kelgan ota-onalar uchun kutish joylari tashkil etilgan boʻlib, abituriyentlarning yaqinlari u yerda imtihon jarayonlarini onlayn kuzatish imkoniyatiga egalar.

Jarayonlarni onlayn kuzatib borish uchun havola👉https://test2025.uz

🔠 Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi
kanallariga a’zo bo‘ling👇

Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🟢2025-yil 1-sentabrdan boshlab maktab direktori va direktor o‘rinbosarlarining maoshlari oshiriladi

Bu haqida “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”ga Prezident Farmoni (PF-51-son, 19.03.2025 y.) qabul qilingan.


📌Farmonga ko‘ra, 2025- yil 1- sentabrdan:

umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga;

umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari direktori o‘rinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga;

I va II guruhga kiruvchi maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari tegishlicha III va IV guruhdagi umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti direktori o‘rinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish orqali oshiriladi.

💠2026-yil 1-yanvardan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan direktor va uning o‘rinbosarlariga faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI) natijasiga ko‘ra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.

🔠 Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi
kanallariga a’zo bo‘ling👇

Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon
🏐Maktab oromgohi faoliyati qizg‘in pallada!

💠Vobkent tumanidagi maktablar qoshida tashkil etilgan yozgi oromgohlar bolalar uchun haqiqiy quvonch va ma’rifat maskaniga aylanmoqda.


🟢Tumandagi 20-umumta’lim maktabida faoliyat yuritayotgan yozgi sog'lomlashtirish maydonchasida ham o'quvchilarning yozgi ta’til davrini mazmunli va sermazmun o‘tkazishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Bolalar uchun maxsus sog‘lomlashtirish maydonchasi faoliyat ko‘rsatib, ularning jismoniy rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Turli interaktiv o‘yinlar, sport musobaqalari va ijodiy mashg‘ulotlar orqali yoshlar o‘z qobiliyatlarini namoyon etmoqdalar.

Ta’lim, tarbiya va sog‘lomlashtirishni o‘zaro uyg‘unlashtirgan bunday oromgohlar – yosh avlodning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi.

🔠 Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi
kanallariga a’zo bo‘ling👇

Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Dolzarb_90_kun
🟢Buxoro shahridagi "Yosh aloqachi" bolalar sog'lomlashtirish oromgohida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Buxoro shahar bo'linmasi, viloyat Bolalar kutubxonasi, Xalqaro Adabiyot akademiyasi viloyat bo'limi bilan hamkorlikda yoshlarni kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida "Kitob bizni birlashtiradi" shiori ostida "Zukko bolajon" tanlovi o'tkazildi.


🔠 Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi
kanallariga a’zo bo‘ling👇

Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Viloyat_seminari
🟢Maktab kutubxonalari faoliyatini samarali tashkil etish omillari” mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi

🏐Peshku tumanidagi 33-umumta’lim maktabida tuman (shahar) maktab kutubxonachilari ishtirokida viloyat miqyosida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.


💠Seminar ishtirokchilari dastlab namunali maktab kutubxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

📌Tadbir davomida Viloyat Bolalar kutubxonasi mutaxassislari tomonidan:
   me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlash,
   o‘quvchilarda mutolaa madaniyatini shakllantirish,
   kitobxonlikka oid loyihalarni xalqaro tajriba asosida amalga oshirish
kabi mavzularda amaliy ma’lumotlar taqdim etildi.

Seminar davomida kutubxona faoliyatining turli yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazildi.

💠Bunday o‘quv-seminarlar maktab kutubxonalarining tashkil etilishi va faoliyat samaradorligini oshirishda, shuningdek, o‘quvchilar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🟢VAZIRLIK ISHCHI GURUHI BUXORO VILOYATIDAGI TA’LIM MUASSASALARINING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATINI O‘RGANMOQDA

Yangi o‘quv yilini munosib tarzda qarshi olish, ta’lim muassasalarida zarur shart-sharoitlarni yaratish ta’lim sifati va samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan muhim omillardan biridir.


💠Shu bois har o‘quv yili arafasida umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tayyorgarlik holatiga alohida e’tibor qaratiladi.

🚛Ayni paytda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyatidagi ta’lim muassasalari — umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganilmoqda.

💠O‘rganishlar jarayonida mavjud infratuzilma, ta’mirlash ishlari, jihozlash va metodik ta’minot kabi yo‘nalishlar bo‘yicha kompleks tahlillar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, jarayonlarni belgilangan muddatda va sifatli bajarish maqsadida mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilmoqda.

🔠 Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi
kanallariga a’zo bo‘ling👇

Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🟢 “Prezident iqtidorli farzandlari” — Yangi imkoniyatlar tashabbusi amalda!

💠O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi va mamlakat bo‘ylab amaliyotga joriy etilmoqda.


🚛Ushbu tashabbus iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga yuqori sifatli ta’lim berish va intellektual salohiyatini to‘la namoyon etish uchun quyidagi uch asosiy yo‘nalishda amalga oshiriladi:

💠 Al-Beruniy xalqaro maktabi — O‘zbekiston bo‘ylab saralangan eng iqtidorli o‘quvchilar uchun xalqaro andozalar asosida ta’lim beriladi. Darslar xorijdan jalb etilgan malakali ustozlar tomonidan olib boriladi.

🚛“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi — 3 000 nafar iqtidorli o‘quvchi tanlab olinib, oliy ta’lim muassasalariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun zarur bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlanadi. Har yili ular uchun “Renessans” oromgohida xorijiy mutaxassislar ishtirokida 3 haftalik intensiv o‘quv sessiyalari tashkil etiladi. Shundan tashqari, talabalar Xalqaro OTMlarda qisqa muddatli kurslarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Agar ular yetakchi universitetlarga qabul qilinsa, ta’lim xarajatlari “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladi.

🚛Iqtidorli yoshlar hamjamiyati — Mamlakatning eng salohiyatli va ilg‘or fikrli yoshlari uchun tashkil etilgan ushbu hamjamiyat ularga islohotlarda faol ishtirok etish, tashabbus va g‘oyalarini ilgari surish, vazirliklar, idoralar va yirik kompaniyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish imkonini yaratadi.

💠 Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan ham mazkur Farmon ijrosini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi.

🚛Dastlab viloyatdagi shahar va tuman maktabgacha hamda maktab ta’limi bo‘limlari rahbarlari, shuningdek, umumta’lim maktablari direktorlari ishtirokida maxsus vebinar tashkil etildi.

💠Unda davlatimiz rahbarining “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni mazmun -mohiyati, “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dasturi va uni amalga oshirish bosqichlar xususida batafsil ma’lumot va tushunchalar berildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ertaga “Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumi boshlanadi

“Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 2-mavsumi ertadan boshlanib, 31-avgust kuniga qadar davom etadi.

➡️Bunda:

⏺️Loyiha kiritish bosqichi — 15-iyul – 3-avgust;
⏺️Saralash bosqichi — 4–18-avgust;
⏺️Targ‘ibot bosqichi — 19–21-avgust;
⏺️Ovoz berish bosqichi — 22–31-avgust kunlari o‘tkaziladi.

Joriy yildagi 2-mavsum g‘oliblari 1-sentabr — Mustaqillik bayrami kuni e’lon qilinadi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз
#kasbiy_sertifikatlash

Men ishga kirganimga bir yil toʻlmasdan tugʻruq taʼtiliga chiqqan edim va joriy yil boshida ishga qaytdim. Maktabimiz rahbari yangi oʻquv yilidan dars berishim uchun kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashishim lozimligini aytyapti, shu toʻgʻrimi?

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi tegishli qaroriga asosan, pedagogik kasbiga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy maʼlumotli talabgorlar ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega boʻlishi lozimligi belgilangan.

Ushbu qaror bilan tasdiqlangan “Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti”ga koʻra, quyidagilar kasbiy sertifikatlashdan maʼlum muddatga ozod qilinadi:

homilador ayollar, homiladorlik yoki tugʻish taʼtilida boʻlgan ayollar (taʼtilda boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida);
pedagogik faoliyat bilan shugʻullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar (farzandi uch yoshga toʻlgunga qadar);
uzoq (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanayotgan pedagog kadrlar (davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida);
uch oy va undan uzoq muddatga respublika hamda chet el davlatiga oʻqishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kursiga yuborilgan pedagog kadrlar (ishga chiqqanidan soʻng olti oy davomida).

❗️ Bundan koʻrinib turibdiki, siz qaror talablariga binoan keyingi yil oʻtkaziladigan kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashishingiz tavsiya etiladi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев томонидан “Давлат бошқаруви тизимида самарадорлик, проактивлик ва натижадорликни ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Фармон имзоланди. Ушбу Фармонга мувофиқ, Президент Администрациясининг янги тузилмаси тасдиқланди. Натижада Администрация ва унинг таркибидаги ташкилотларда 284 та штат қисқартирилди, такрорланувчи лавозимлар оптималлаштирилди.

Фармонга асосан, эндиликда Президент Администрацияси фаолиятида 5 та устувор йўналиш белгиланди. Булар — таълим, бизнес, суд-ҳуқуқ тизими, тиббиёт ва сув ресурслари масалаларидир. Ушбу йўналишларда ислоҳотларни самарали амалга ошириш мақсадида Президент Администрацияси раҳбарига 5 нафар ўринбосар лавозими жорий этилди.

Бундан ташқари, Президентнинг стратегик ривожланиш, ташқи сиёсат бўйича янги маслаҳатчи лавозимлари киритилиб, молиявий технологиялар, рақамлаштириш ва сунъий интеллект, креатив иқтисодиёт ва туризмни ривожлантириш, жамоат хавфсизлиги ва қонун устуворлиги, тадбирларни ташкиллаштириш, йиғилиш ва ҳудудларга ташрифлар учун таҳлилий контент тайёрлаш бўйича, шунингдек, коммуникация департаментлари ташкил этилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев подписал Указ «О мерах по повышению эффективности, проактивности и результативности в системе государственного управления». Указом утверждена новая структура Администрации Президента. В результате в Администрации и организациях ее системы сокращены 284 штатные единицы, оптимизированы дублирующие должности.

Согласно указу в деятельности Администрации Президента определены пять приоритетных направлений: образование, бизнес-среда, судебно-правовая система, здравоохранение и водные ресурсы. Для эффективной реализации реформ в этих сферах в структуре Администрации введены пять должностей заместителей руководителя.

Кроме того, учреждены новые должности советников Президента по стратегическому развитию и внешней политике, а также созданы департаменты по финансовым технологиям, цифровизации и искусственному интеллекту, креативной экономике и туризму, общественной безопасности и верховенству закона, организации мероприятий, подготовке аналитического контента к совещаниям и визитам в регионы, а также департамент коммуникаций.

President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev has signed a decree “On measures to increase efficiency, proactivity and effectiveness in the system of state administration”. The decree approved a new structure of the Administration of the President. As a result, 284 staff units have been reduced in the Administration and organizations of its system, and duplicate positions have been optimized.

According to the decree five priority areas have been identified in the activity of the Administration of the President: education, business environment, judicial and legal system, healthcare and water resources. In order to effectively implement reforms in these areas, five deputy head positions have been introduced in the structure of the Administration.

Additionally, new positions of the advisors to the President were established on strategic development and foreign policy, as well as departments for financial technologies, digitalization and artificial intelligence, creative economy and tourism, public safety and rule of law, organization of events, preparation of analytical content for meetings and visits to the regions, as well as department of communications.

Facebook|Instagram|X
3
Yangi lavozim, yuksak ishonch muborak!

Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Umarova Hilola O‘ktamovna Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Endilikda Hilola O‘ktamovna nafaqat maktabgacha va maktab ta’limidagi islohotlarda faoliyat olib boradi, balki yangi O‘zbekistonda hurmatli Prezidentimiz boshchiligidagi keng qamrovli ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarda mas’ul sifatida ishtirok etadi.

Aytish mumkinki, keyingi yillarda yurtimizda “maktabgacha-maktab-oliy ta’lim-malaka oshirish” yagona tizimi vujudga keldi.

Shuningdek:

tizimni korrupsiyasiz sohaga aylantirishga doir ishlar jadal davom ettirildi hamda pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, maktabga qabul, turli ta’lim xizmatlari to‘liq raqamlashtirildi;

vazirlik tizimida Fan olimpiadalari markazi, Al-Xorazmiy universiteti, Al-Beruniy nomidagi maktab-internati, Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi sport maktablari kabi qator ta’lim maskanlari, “Renessans” bolalar oromgohi faoliyati yo‘lga qo‘yildi;

yangi summativ va formativ baholash tizimi bosqichma-bosqich umumta’lim maktablariga joriy etila boshlandi;

umumta’lim maktablari direktorligiga nomzodlarni menejerlik kurslariga o‘qitish va ularni Direktorlar kengashi orqali tayinlash tizimi yo‘lga qo‘yildi;

maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 77 foizga, 6 yoshli bolalar qamrovi 96 foizga yetkazildi;

o‘quvchilarning xalqaro fan olimpiadalardagi yutuqlari soni keskin oshdi hamda ushbu toifadagi olimpiadalarda 2023-yilda 91 ta, 2024-yilda 128 ta, 2025-yilning o‘tgan vaqti davomida 170 ta turli darajadagi medal qo‘lga kiritildi;

o‘quvchilar o‘rtasida “Turon maktab teatri” hamda “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovlari yo‘lga qo‘yildi;

yangi tashkil etilayotgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblariga uy sovg‘a qilinishi tartibi joriy etildi.

Sohaga doir bu kabi katta islohotlarni uzoq sanash mumkin. Muhimi, ular izchil davom ettiriladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi Hilola O‘ktamovnaga kelgusi faoliyatida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilab, yuksak ishonch bilan yana bir bor qutlab qoladi!

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🤔3🤯3🔥1
HTML Embed Code:
2025/07/14 18:47:13
Back to Top