HTML ping
Ko'pincha sahifadagi linklarga analitika uchun "event listener"lar qo'shiladi. Masalan, biror link bosilganda "link bosildi" degan hodisa analitika serveriga jo'natiladi.
Buning uchun shu paytgacha JavaScript ishlatib kelganman. Hozir bilib qoldimki, buni faqat HTMLning o'zida qilsa ham bo'lar ekan, ping
atributi orqali:
<a
href="https://example.com"
ping="https://example-tracking.com"
>Example Link</a
>
Lekin bu usuldan foydalanmasam kerak. Chunki ping attributi faqat <a> tegi uchun mavjud. Button va boshqa elementlar uchun ishlamaydi. Bundan tashqari Firefox bu atribut ishlashini cheklar ekan.
Qachon ishlatar edim? Balki kichik HTML sahifa uchun analitika qo'shganda. 🤷♂️
Ammo baribir analitika servislari kutubxonalari shunchaki sahifaga ularning kutubxonasini qo'shish bilan linklarni kuzatishni boshlashadi. Ortiqcha ishga o'rin yo'q.
To'liq MDNda
>>Click here to continue<<
