TG Telegram Group Link
Channel: Boysun Tumani Hokimligi
Back to Bottom
🇺🇿 Navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi.

✔️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi siyosiy-ma’rifiy o‘quv soati bo‘lib o‘tdi.

✔️ Bugungi “Siyosiy-maʻrifat soati”da hokimlik apparat xodimlari hamda mutasaddi rahbarlar ishtirok etdi.

Mazkur o‘quv soatida: O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar dayjesti, videolavha namoyishi: Davlat xizmatchilarida kreativ fikrlash — davrning muhim talabi, “Mahalladan gapiramiz” rukni, “Mutolaa vaqti” rukni haqida ma’lumot berildi.

🗣Ushbu online siyosiy-ma’rifat soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda You Tube orqali kuzatib borishingiz mumkin.

👉 Kanalga ulanish 👉https://hottg.com/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13 июнь куни Республика болалар кутубхонасида “Меъморий меросни асраш. “Tashkent Modernism XX/XXI” лойиҳасининг навбатдаги қадамлари” маърузаси бўлиб ўтади.

Маърузада “Tashkent Modernism XX/XXI” лойиҳасининг устувор мақсадлари, ХХ аср меъморий ёдгорликларини муҳофаза қилиш бўйича олиб борилган тадқиқот ва стратегик фаолиятга атрофлича ойдинлик киритилади.

Нотиқлар: Давиде Дел Курто, София Челли ҳамда Екатерина Головатюк.

Бўлғуси меъмор ва маданий меросни асраш мавзусига дахлдор ва қизиқувчи барча мухлисларни лутфан таклиф этамиз.

Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
UzA | Fransuzlar Surxondaryoda dor va kanat yo‘li qurishi mumkin

Surxondaryo viloyatining xushmanzara Boysun va Sariosiyo tumanlarida Fransiyaning “MND” kompaniyasi dor va kanat yo‘li qurishga qiziqish bildirmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov kompaniyaning Osiyo, Turkiya va Bolqon mintaqalari bo‘yicha koordinatori Orxan Shirinni qabul qilib, go‘zal tabiat manzaralariga boy tog‘li hududlarning ekoturizm salohiyati, ekstremal turizmni rivojlantirish imkoniyatlari, turizm yo‘nalishida yo‘lga qo‘yilishi mo‘ljallanayotgan loyihalar xususida atroflicha ma’lumot berdi.

Mehmonlar viloyatning Sariosiyo va Boysun tumanlari tog‘li hududlarida dor va kanat yo‘li qurish taklifini ilgari surdi. Kompaniya amalga oshirgan loyihalar, qurilgan dor yo‘llari, osma ko‘priklar taqdimot qilindi.


Batafsil: https://uza.uz/posts/605755

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 “Intizom oyligi” doirasida Boysun tumani Ichki ishlar bo‘limida faxriylar kengashining xisobot-saylov yig‘ilishi va “Uch avlod” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tarixga nazar solmasdan, kelajakka boqib bo‘lmaydi. Binobarin, insonni inson etib tarbiyalashda eng yaxshi vosita bu- “tarix”- deb bejizga aytilmagan. Keksa va nuroniylarimiz esa tirik tarixga qiyos etamiz. Chunki ular ulug‘ yoshni yashab, hayot yo‘lidagi murakkab to‘siqlarni yengib o‘tish sir-asrorlarini puxta o‘zlashtirgan, yuksak bilim va tajribaga ega murabbiylardir.

Bugun Boysun tumani IIB Faxriylari va tuman IIBda xizmat olib borayotgan xodimlar ishtirokida Faxriylar kengashining hisobot-saylov yig‘ilishi va “Uch avlod” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish avvalida boshqarma MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari Nurmatov Husan Pardayevich so‘zga chiqib, bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz, Ichki ishlar vazirligi hamda viloyat IIB tomonidan Faxriylarga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida to‘xtalib, bugungi kunda Faxriy xodimlar bilan ishlash tizimi yangi bosqichga ko‘tarilayotganligini alohida ta’kidlab, tuman IIBda xizmat olib borayotgan xodimlarga xizmat intizomiga qat’iy rioya etishlari, shuningdek, 1-iyun kunidan 30-iyun kuniga qadar IIBda “Intizom oyligi” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan, har bir xodim ushbu oylikda faol ishtirok etishlari haqida ta'kidlab o'tildi.

Shuningdek, ushbu tadbir “Uch avlod” uchrashuviga ulanib ketdi.
Bunda keksa avlod vakillari faxriy ustozlar so‘zga chiqishib, tuman IIBda xizmat olib borayotgan yosh xodimlarga pand-nasihatlar berib, xizmat intizomiga qat’iy rioya etishlari, fuqarolar bilan hushmuomala bo‘lishlari qolaversa har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondoshib, vaziyatni to‘g‘ri baholagan holda xizmat olib borishlari to‘g‘risida maslahatlar berishdi.

Yig‘ilish so‘nggida, tuman IIBning bir qator faol faxriylariga viloyat IIB boshlig‘ining Faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 “Intizom oyligi” doirasida Boysun tumani Ichki ishlar bo‘limida faxriylar kengashining xisobot-saylov yig‘ilishi va “Uch avlod” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HTML Embed Code:
2024/06/10 02:36:40
Back to Top