TG Telegram Group Link
Channel: Vashington kundaligi
Back to Bottom
Dunyoga mashhur Britaniya muzeyi o’z bisotidagi eksponatlarning bor-yo’g’i bir foizini ommaga ko’rsatar ekan.

Demak, bunday muzeylarning asosiy vazifasi ko’rgazma qilish emas, balki tarixiy va noyob buyumlarni asrab-avaylashdan iborat.

@bmamadiev
Uydan ishlayotgan edim. Menejerim bilan onlayn uchrashuvda o’tirgan paytim birdan xonam qimirlay boshladi. Qattiq yer silkindi.

10 soniyacha davom etdi. Lekin 5 daqiqacha menejerimning aytgan gaplari qulog’imga kirmadi. 🙂

Zilzila markazi mening uyimdan bir soatcha uzoqlikda ekan. Silkinish 4.7 magnitudani tashkil etgan.

Xudoga shukr, hamma tinch va salomat.

@bmamadiev
Ilon Mask "X"dagi sahifasi orqali 8-avgust kuni "Tesla" kompaniyasi "robotaksi"ni e'lon qilishi haqida xabar qoldirdi. Bundan boshqa tafsilot yo'q.

Robotaksi - bu haydovchisiz o'zi harakatlanadigan va taksi xizmatini ko'rsatadigan elektromobil.

@bmamadiev
“ChatGPT” meni tanirkan. 🙂 Lekin men haqimdagi ma’lumotlari ingliz tilida yozgan sanoqli maqolalarim bilan cheklangani sezilib turibdi.

@bmamadiev
Familiyamni kiritsam ham topyapti, faqat ba’zi ma’lumotlari eski.

@bmamadiev
Kecha Nyu-York shahri Bruklin tumanidagi Urgut osh markazida "MahallaUSA" tashkilotining iftorlik va xayriya kechasi o'tkazildi. Unda AQShdagi o'zbekistonliklar jamiyati faollari va mehmonlar yig'ildi.

Tadbir davomida "MahallaUSA" nodavlat tashkiloti qoshida ochilgan "ZiyoArt" o'quv markazining yangi binosi mehmonlarga tanishtirildi. Ushbu bino faoliyatini hamda unda amalga oshirilayotgan turli o'quv kurslarini davom ettirish uchun vatandoshlar yordamiga muhtojmiz, dedi tashkilot rahbari Abdumalik Ahmedov.

Vatandoshlarimizdan ushbu markazda amalga oshirilayotgan xayrli ishlarga o'z hissasini qo'shishni so'rab qolamiz. Buning eng oson yo'li - imkoningiz yetganicha, moddiy tomondan yordam berish.

Ehsonlarni jo'natish uchun manzil:

PayPal: [email protected]
Zelle: [email protected]

@bmamadiev
10-aprel kuni ertalab 7:00 da Bruklindagi Kayzer parkida hayit namozi o’qiladi. O’zingiz bilan joynamoz olib kelishni unutmang.

Namozdan keyin bepul nonushta dasturxoni yoziladi.

Manzil: 2529 Neptune Ave, Brooklyn, NY 11224

@bmamadiev
“Meta”(sobiq “Facebook) ham “ChatGPT”ga o’xshagan chatBot xizmatini e’lon qilibdi.

Alohida ilovani o’rnatishga zarurat yo’q. Uni “WhatsApp”, “Instagram”, “Messenger” va “Facebook”dan topishingiz mumkin. “@meta ai” deb qidirsangiz kifoya.

@bmamadiev
Bitkoin "qazib chiqarish" teng yarmiga kamaydi. Har to'rt yilda avtomatik tarzda sodir bo'ladigan bu hodisa hisob-kitob tranzaksiyalarini amalga oshiruvchilarga mukofot sifatida beriladigan bitkoinlar soni kamayishini anglatadi.

Bitkoinlar sonining ikki barobarga qisqarishi 19-aprel juma kuni, AQSh vaqti bilan kechki soat 8:10 da yuz bergani aytilmoqda.

Masalan, shu paytgacha, taxminan, har 10 daqiqada 6.25 dona yangi bitkoin muomalaga chiqarilgan bo'lsa, endi yangi "qazib chiqariladigan" kripto tangalar soni 3.125 taga tushdi. Shu paytgacha bunday bo'linish faqat to'rt marta sodir bo'lgan.

Har to'rt yilda bu miqdor ikki barobarga kamayib boradi va jarayon jami bitkoinlar soni 21 millionga yetguncha davom etadi. Shundan so'ng yangi bitkoin ishlab chiqarish butunlay to'xtatiladi. Allaqachon bitkoinlarning 19,5 millontasi "qazib bo'lingan".

Bitkoin narxi faqat oshib borishi haqidagi bashoratlar, asosan, uning zaxirasi shu tarzda cheklangani bilan izohlanadi.

Har to'rt yilda bitkoinlar sonining kamayishi narxlarga qanday ta'sir qilishi tarixini o'rgangan kuzatuvchilarning aytishicha, bu voqea ortidan kriptovalyutaning narxi 270 ming dollardan 1,8 million dollargacha ko'tarilishi mumkin.

Ayni paytda bir dona bitkoinning narxi 63 800 dollar atrofida.

@bmamadiev
Sun'iy intellektning insoniyatga ekzistensial tahdid ekaniga oid vahimalar urchigan bir paytda "Qora ko'zgu" (Black Mirror) serialini qaytadan ko'rish boshqacha ta'sir qilarkan.

Har bir epizodi alohida mavzu va film shaklida ishlangan bu serialda axborot texnologiyalari yaratadigan 'ne'matlar'ning kutilmagan oqibatlari dahshatli tarzda ochib berilgan.

Ko'rmagan bo'lsangiz, hozir tomosha qilishning ayni payti.

@bmamadiev
12 yil oldingi gap. Sun’iy intellekt orqali Meta (Facebook) shu ishni bugun amalga oshirmoqda.

@bmamadiev
O'zbekistonning 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilari tarixda ilk bor Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritdi va Osiyo kubogi musobaqasining finaliga chiqdi.

Diqqatlisi, shu paytgacha bu jamoa musobaqada bir dona ham to'p o'tkazib yubormagan. Finalda ham shu an'ana saqlanib qolarmikin? :)

@bmamadiev
Sun'iy intellekt shu paytgacha internetda asosiy faoliyat turi bo'lgan qidiruv amaliyotida inqilobiy o'zgarishlarga sabab bo'lishi kutilyapti.

Bu "Alphabet" (sobiq "Google") uchun katta tahdid. Chunki uning asosiy daromadi hanuz qidiruv xizmatidan keladi.

Shaxsan, o'zimda internetdagi qidiruv ishlarimning katta qismi sun'iy intellekt asosida ishlaydigan chat botlarga ko'chgani kuzatilyapti.

"Google" bu xavfdan yaxshigina ogoh va qidiruv xizmatini allaqachon sun'iy intellekt asosida qayta qurish ishlarini boshlab yuborgan. Ammo buning qanday ko'rinishda bo'lishi hali aniq emas.

Bundan buyon ko'plab ommaviy saytlarda traffik pasayishini ham kutish mumkin. Chunki sun'iy intellekt bitta joyda turib internetdagi hamma ma'lumotlarni tortib olish imkoniyatini beradi. Ya'ni, siz savol-javob sahifasini tark etmasdan turib, istalgan onlayn manzildagi axborot va xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

@bmamadiev
Futbol tugadi. 2-o'rin ham yomon emas.

@bmamadiev
Amerikada dindorlik pasayib borayotgan ekan.

1965-yilda o’tkazilgan “Gallup” so'roviga ko’ra, amerikaliklarning 70 foizi din ularning hayotida "juda muhim" ekanligini ta’kidlagan; bugun ularning yarmidan kamrog'i (45 foiz) dinni "juda muhim" deb hisoblaydi.

O'zini biror dinga yoki e'tiqodga mansub deb bilmaydiganlar soni 28 foiz bo'lsa-da, ularning bor-yo'g'i 4 foizi o'zini ateist deb bilarkan. Qolgani qandaydir ilohiy kuch yoki Xudo borligiga ishonadi.

Demak, AQSh jamiyati hanuz boshqa rivojlangan yoki Yevropa davlatlariga qaraganda ancha dindor. Mamlakat asoschilari dindor bo'lgan va rasmiy marosimlarga ham ko'plab diniy ramzlarni kiritishgan.

Masalan, "Biz Xudoga ishonamiz" iborasi pul birligida chop etilgan. Kongressning yangi yig’inlari, odatda, ibodat bilan boshlanadi. "Xudo, menga yordam ber" yozuvi prezident qasamyodining bir qismi.

Respublikachilar saylovda, asosan, diniy qatlamga tayanadi. Siyosiy nomzodlar o'zini xudojo'y qilib ko'rsatishga urinadi.

Isroilni hech qanday shartlarsiz qo'llab-quvvatlash siyosatining boshlanishi ortida ham injilchi nasroniylar turadi. Falastinda Isroil davlatining to'liq tashkil topishini yahudiylardan ham ko'ra, ana shu nasroniylar ko'proq xohlaydi. Chunki ularning e'tiqodiga ko'ra, aynan shundan keyingina Iso Masih yerga qaytib tushadi.

@bmamadiev
2025-yil uchun topshirilgan "Grin karta" lotereya dasturi natijalari e'lon qilindi.

Quyidagi manzil orqali natijalarni bilishingiz mumkin:

https://dvprogram.state.gov/

Javobni olish uchun ariza topshirilganda berilgan tasdiq raqami (Confirmation Number), familiya (Last/Family Name) va tug'ilgan yilingiz (Year of Birth) haqidagi ma'lumotlar kerak bo'ladi.

Dastlabki soatlarda va kunlarda traffik katta bo'lgani uchun sayt ishlamasligi mumkin. Keyinroq qayta tekshirib ko'ring.

Agar "Grin karta" yutgan bo'lsangiz, ekranda chiqqan xat quyidagi gap bilan boshlanadi:

"You have been randomly selected for further processing in the Diversity Immigrant Visa Program for the fiscal year 2025".

Tarjimasi:

“2025-moliyaviy yil uchun Turli millatlarga mansub immigratsion vizalar dasturida arizangizni ko'rib chiqishni davom ettirish uchun siz tasodifiy yo'l bilan tanlab olindingiz”.


Agar yutmagan bo'lsangiz, quyidagi qisqa xat chiqadi:

"Based on the information provided, the Entry HAS NOT BEEN SELECTED for further processing for the Electronic Diversity Visa Program at this time".

Tarjimasi:

"Taqdim etilgan ma'lumotlar asosida bu ariza Elektron Turli millatlarga mansub viza dasturida qatnashish uchun TANLAB OLINMAGAN".

Bu yil g'olib chiqqanlarga viza 2025-yilda beriladi.

Hammaga omad yor bo'lsin! Yutganlar bo'lsa, izohlarda xabar bering.

@bmamadiev
HTML Embed Code:
2024/05/21 13:19:37
Back to Top