AQSH Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zsanoatqurilishbankni GSM-102 dasturi doirasida hamkor bank sifatida tanladi
O‘zsanoatqurilishbank endilikda AQSH Qishloq xo‘jaligi vazirligi (USDA) tomonidan taqdim etiladigan GSM-102 eksport kredit kafolatlari dasturiga a’zo bo‘ldi. Bu orqali AQSHdan oziq-ovqat, efir moylari, kimyoviy moddalar, ipak, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar kabi xomashyo va mahsulotlarni import qilishni qulay moliyalashtirish imkoniyati yuzaga keladi.
Mazkur dastur AQSH eksportini rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, loyihalar AQSH moliya institutlari tomonidan qulay shartlarda moliyalashtiriladi.
Dunyo bo‘yicha 30 ga yaqin bank a’zo bo‘lgan ushbu dasturga Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib O‘zsanoatqurilishbank qo‘shildi.
Bu hamkorlik O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlab, savdo aylanmasini kengaytirishga xizmat qiladi.
#sqb #USDA #GSM102 #Hamkorlik #Eksport #Import #Moliyalashtirish
>>Click here to continue<<
