Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar, qadrli hamkasblar va talaba-yoshlar!
Ona tabiat, yashil libosga burkanib, yurtimizga fasli navbahor kirib keldi. Bu faslda butun borliq uygʻonib, nafaqat tabiatda, balki qalbimizda ham yangilanish, yasharish hissi, olam-olam orzu-umidlar joʻsh urmoqda. Men shunday baxtiyor lahzalarda barchangizni bahor ayyomi – Navroʻzi olam bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Mana shu ulugʻ ayyom, sharqona yangi yil bilan siz azizlarni — muhtaram otaxon va onaxonlarni, munis va mehribon opa-singillarimizni, jondan aziz suyukli farzandlarimizni va butun Andijon ahlini chin yurakdan samimiy muborakbod etaman!
Xalqimizning baxt-u saodati, Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida fidokorona mehnatlaringizda zafarlar yor boʻlsin. Navro‘z ayyomi ona zaminimizga to‘kin-sochinlik, xonadonlarga qut-baraka olib kelsin, osmonimiz musaffo, xalqimiz tinch, hayotimiz farovon bo‘lsin. Navroʻzi olam yana bir bor muborak boʻlsin!
Hurmat bilan,
Baxtiyorjon Akbaraliyev — Andijon davlat universiteti rektori