Aziz ustozlar va muallimlar!
Avvalo, siz, azizlarni, Sizlar orqali ta’lim-tarbiya sohasining barcha jonkuyar xodimlarini, oʻzining kuch-gʻayrati, kerak boʻlsa butun umrini yosh avlodning ta'lim-tarbiyasiga bagʻishlab kelayotgan qadri baland ulugʻ ustozlarni, “O'qituvchi va murabbiylar kuni” chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Barcha sohalarda shiddat bilan odimlayotgan O‘zbekistonimizning keyingi taraqqiyoti aynan ta’lim tizimiga, xususan, oliy ta’lim muassasalari yetishtirayotgan kadrlar sifatiga bog‘liq.
Bu borada Andijon davlat universitetida ham islohotlarga hamohang tarzda amaliy ishlar olib borilmoqda va qator yutuqlarga erishilmoqda. So‘nggi yillarda Andijon davlat universiteti jamoasi erishayotgan barcha yutuqlar zamirida ham professor-o‘qituvchilarimizning mehnati, zahmati mujassam.
Fursatdan foydalanib, Sizlarni yana bir bor, bugungi ulugʻ ayyom, qutlugʻ bayram bilan barchangizni chin dildan tabriklab, sizlarga sihat-salomatlik, ilmiy va ijodiy ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Doimo sog‘-omon bo‘ling, muhtaram ustozlar!
Hurmat bilan,
Baxtiyorjon Akbaraliyev — Andijon davlat universiteti rektori