TG Telegram Group Link
Channel: Asaxiy Books
Back to Bottom
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#book_review #kitobxon_fikri

Ba’zida bizning kulgi-yu mazaxlarimizga, ermaklarimizga nishon bo‘ladigan, aytishimizcha, "bolalarcha fikrlaydi"gan odamlar bor. Ularni jamiyatdan siqib chiqarishga, ajratib qo‘yishga urinamiz, boshqacharoq bo‘lgani uchun ayovsiz jazolaymiz va "hamma kabi bo‘lish"ga chaqiramiz. Natijada, ijodiy fikrlaydigan, ishiga o‘zgacha yondashadigan mutaxassislar chiqmaydi, chiqsa uni-da yo‘q qilamiz. Sig‘dirmaymiz. Ana endi "olam — guliston" – hamma taraf bir xil, zerikarli…

Bugun ana shunday bolakay tilidan hikoya qilingan asar – “Nozik ohang” haqida mulohazalarimni siz bilan bo‘lishmoqchiman…

Asarning bosh qahramoni – autizm sindromi bilan kasallangan qizcha Sadiya. U dunyoni hammamizdan farqli idrok qiladi. Lekin bu – kitob faqatgina autizmga uchragan qiz va uning hayoti haqida emas. Asar har bir ota, har bir ona, jamiyatga o‘zini aloqador sanagan har bir shaxs haqida. Chunki, Sadiya timsolida tengdoshlariga esh bo‘lib ketavermaydigan, odamovi va odatiy ishlarni qila olmaydigan odamlarning hayoti va xarakteri ochib berilgan bo‘lsa, uning atrofidagi manzaralar, boshqalarning munosabati va ba’zi nozik detallarda biz o‘zimizni ko‘ramiz.

Ha, 15 yoshli yozuvchi qiz – Diyora Murodxo‘jayeva bizga shunday bir oyna tutganki, unda o‘zimizning xudbinligimiz, mehrsiz va toshbag‘irligimizni ko‘rib, yig‘lamasak, “bir mo‘yimiz qilt etmasa”, ikki xil taxmin bor: yo nihoyatda yaxshimiz: hech kimni xafa qilmagan, hech kimni ayirib qo‘ymaganmiz yoki nihoyatda yomon: bizda yurak yo‘q.

Bu atama yaqin tarixda paydo bo‘lganiga qaramay, shunday buyuk shaxslar borki, ularning xarakterlariga, o‘zini tutishiga va ular haqida yozilgan esdaliklarga qarab, mana autizmga chalingani haqida tashxislar qo‘yilgan. Buni eslaganimning sababini aytmayman, o‘zingiz xulosa qilishga urinib ko‘ring. Chunki, hayotda siz tatib ko‘rishingiz mumkin bo‘lgan eng shirin va eng achchiq narsa chiqargan xulosangizdir…

“Gap uqqanga bir qamchi” deganlariday bu qisqa va lo‘nda, sanoqli boblardan iborat asar sizning o‘z ustingizdan qanday xulosa chiqarishingizni o‘zingizga qo‘yib beradi. Chunki, Sadiya – shunchaki, autizmga chalingan qiz obrazi emas, u ajratib qo‘yilgan bolalar timsoli.

Bu asar, ajab emaski, allaqachon paydo bo‘lgan va ulkanlashib borayotgan jarlik — bolalar va kattalar orasidagi munosabatlar jarligi ustidan qo‘yilgan bir ko‘prik bo‘lsa...

© Nurmuhammad ABDUZOIR

@asaxiybooks
Ikki maqsad - bir yechim!

Insonlar kitob o‘qishni turli maqsadda tanlaydi:

👥 Kimdir kitob o‘qib, yangi bilimlar olishni, dunyoqarashni kengaytirishni va suhbatlar uchun yangi mavzular topishni istaydi.

🌿 Boshqalar esa aksincha, kitob orqali dunyo shovqinidan uzoqlashib, yolg‘izlikda fikr yuritishni va dam olishni xohlaydi.

Maqsadlar har xil, ammo vosita bir xil bo‘ladi. Kitob bizni turli maqsadlar yo‘lida birlashtiradigan umumiy hamroh bo‘la oladi.

Bugun qaysi kitob sizga hamroh bo‘lyapti? Izohlarda yozib qoldiring⤵️

@asaxiybooks
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

So‘nggi vaqtlarda ayrim firibgarlar Asaxiy nomidan yozib, sizdan:
- karta raqamga pul o‘tkazishni;
- telefon raqamga kelgan kodni;
- pul yuborsangiz ko‘paytirib berishni so‘ramoqda.

Bunday firibgarlardan ehtiyot bo‘ling va ma’lumotlarni ular bilan bo‘lishmang. Asaxiy sizga bu kabi so‘rovlar bilan murojaat qilmaydi.

Biz bilan bog‘lanish:
📩 @asaxiybot
📞 +998 71 200 01 05

@asaxiybooks
📚 Qaysi janrni yoqtirasiz?

Kitobxonlar turli mavzularda mutolaa qilishni yoqtirishadi. Ularga kitoblarning katta assortimenti, ajoyib narxlar va uygacha yetkazish xizmati qulaylikning yuqori darajasi bo‘la oladi. Asaxiy sizga shu qulaylik va 10 000 turdan ortiq kitoblarni taqdim qiladi.

Sizga qiziq bo‘lgan yo‘nalishni tanlang va katalogni ko‘rib chiqing:

▪️Asaxiy Books kitoblari - katalog
▪️Badiiy adabiyotlar - katalog
▪️Psixologiya va shaxsiy rivojlanish - katalog
▪️Detektiv va fantastika - katalog
▪️Biznes kitoblar - katalog
▪️Diniy adabiyotlar - katalog
▪️Bolalar adabiyoti - katalog
▪️Siyosat - katalog
▪️Biografiya - katalog
▪️Rus tilidagi kitoblar - katalog
▪️Ingliz tilidagi kitoblar - katalog
▪️Kollektorlar uchun kitoblar - katalog

Yoqtirgan kitoblaringizni sayt, @asaxiybot yoki 712000105 raqami orqali buyurtma qilishingiz mumkin. Buyurtma O‘zbekiston bo‘ylab uygacha yetkazib beriladi.

@asaxiybooks
Farovonlik paradoksi - haftaning TOP kitobi🔥

O‘tgan haftada sotilgan eng ko‘p kitoblar beshligi bilan tanishing.

Bu kitoblardan qay birini o’qigansiz? Izohlarda yozib qoldiring👇

@asaxiybooks
Forwarded from Allaev Uz
“Asaxiy Books” очилганда стратегиямизнинг бешинчи муҳим қисми ўзбек адабиётида янги номлар кашф этиш, муҳим китобларни чиқариш эди.

Лекин, айнан шу қисм осон кетмади.

Жавлон Жовлиевнинг “Қўрқма” романи бу йўналишда ягона, лекин ўта муваффақиятли китоб бўлди. Китоб умумий ҳисобда 100 минг нусхадан ошди ва ҳали ҳам ўз ўқувчиларини топмоқда. “Қўрқма”дан бери ўзбек адабиётидан бошқа китоб чиқмади.

Ўтган йили Халқ банки билан ҳамкорлик билвосита нашриёт ичида янгиликлар қилиш имконини очди. Натижада, ўзбек адабиёти редакциясини туздик. Ҳозирда янги асарлар ва ёзувчилар қидирмоқдамиз.

Яхши хабарим, “Қўрқма”дан бери ўзбек адабиётидан илк китобимиз чиқди. Китоб муаллифи, 15 ёшли Диёра Муродхўжаева. Ёш қизимиз ўзи бошдан кечирмаган бўлса-да, аутизмга чалинган қизалоқ ҳақида жуда ажойиб асар ёзган. Илк маротаба ўқиганда қойил қолган эдим.

Китобни Диёранинг илтимосига кўра ҳам ўзбек, ҳам рус тилларида чиқардик. Китобни болалар ҳам, катталар ҳам ўқиши фойдали ва қизиқарли деб ўйлайман.

“Asaxiy Books” жамоамизни бўлса яна бир катта қадам билан табриклайман.

Китобни харид қилиш: https://asaxiy.uz/product/diyora-murodhodjaeva-hrupkaya-melodiya

Бир томондан ўзбек адабиётидан янги қизиқарли китоб чиқарганимиздан хурсанд бўлсам, бошқа томондан муаллифнинг ёшлиги хурсанд қилади.

#kitob
@allaevuzb
"Mahorat" kitobi chiqqaniga 1 yil to‘ldi!

Bu kitob istalgan sohada professional bo‘lish uchun yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi. Iste’dodni aniqlash, uni rivojlantirish, ustoz topish, tajriba olish va shogird rolidan chiqib chinakam mohirlikka erishish usulini tizimli ravishda tushuntirib beradi.

"Mahorat" taxminlarga emas, aniq ma’lumotlarga asoslanib yozilgan. Har bir g‘oya mohirlikka erishgan insonlar hayotini o‘rganish, kuzatish va tahlil qilish orqali paydo bo‘lgan. Kitob hayotiy misollar va amaliy strategiyani o‘zida jamlagan.

O‘qing va chinakam professionalga aylaning: asaxiy.uz/u/6671842f6c913

@asaxiybooks
Vaqtini boshqargan - hayotini boshqaradi

Samarali taym-menejment ham shaxsiy, ham professional hayotingizda muhim o‘rin tutadi. Bu ko‘nikma vaqtni to‘g‘ri taqsimlashga, vazifalarni muhimlik darajasiga qarab saralashga va ahamiyatli ishlarga vaqt sarflashga yordam beradi.

Vaqt boshqaruvining oson, sodda va amaliy usullari "Samaradorlikning 21 yo‘li" kitobida jamlangan. "Mahorat" o‘z ustingizda ishlashga turtki bersa, bu kitob vaqtni oqilona boshqarishni o‘rgatadi.

Ikki kitob hayotingizni va fikrlaringizni tartibga soladi - "Mahorat"ni xarid qiling, ikkinchisini biz sovg‘a qilamiz🎁

Buyurtma uchun: asaxiy.uz/u/mahorat

@asaxiybooks
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kitobxonlar, nihoyat uchrashamiz 🥹

Siz bilan yuzma-yuz ko‘rishmaganimizga ham ancha bo‘ldi. Keling, buni to‘g‘rilaymiz va "Nozik ohang" kitobi taqdimotida uchrashamiz. Taqdimotda sizni iliq muhit, yutuqli o‘yinlar va qiziqarli suhbatlar kutadi.

Sana: 21-iyun
Vaqt: 16:00
Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A (Shake&Pear)

Albatta keling, mehmonlarimiz safida bo‘lsangiz xursand bo‘lamiz.

@asaxiybooks
Bugun taqdimot kuni🥹

16:00 da shu manzilda uchrashamiz)

Transportlar:
Metro: Alisher Navoiy, Paxtakor
Avtobuslar: 28, 44, 46, 68, 89, 91, 115, 155
Marshrut: 12i, 76m, 88, 100m, 133m, 191m
Yandex Go: Shake&Pear

@asaxiybooks
O‘tgan haftada qaysi kitoblar ko‘p sotildi? Keling ko‘rib chiqamiz📊

Top 5 kitoblar:
1-o‘rin: “Nozik ohang
2-o‘rin: “Urush san’ati
3-o‘rin: “Farovonlik paradoksi
4-o‘rin: “Graf Monte-Kristo
5-o‘rin: “1984

📌 Reyting hafta davomida sotilgan kitoblar soni asosida shakllangan.

@asaxiybooks
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi Asr Avlodi nashriyotidan #yangilik

Uilyam Herndon, Jessi Ueyk: Abraham Linkoln

Abraham Linkolnning ushbu biografiyasi AQShning 16-prezidenti hayotiga oid eng ishonchli manbalardan biri hisoblanadi.

Mualliflardan biri Linkolnning yaqin do‘sti va yuridik hamkori bo‘lganligi sabab kitobda Linkolnning bolaligi, siyosiy faoliyati, shaxsiyati hamda qarashlarini chuqur va haqiqiy tasvirlangan. 

Muqova: qattiq
Nashriyot: Yangi Asr Avlodi
Narx: 55 000 so‘m
Sahifa: 352 bet

Buyurtma uchun havola: asaxiy.uz/u/abraham_linkoln

@asaxiybooks
Forwarded from Allaev Uz
Asaxiyda xizmat sifatini yaxshilash va umuman bozor tahlili uchun so'rovnoma boshladik.

Iltimos, ushbu so‘rovnomada qatnashing — bu atigi 5 daqiqa vaqtingizni oladi va sizni yaxshiroq tushunishga, yaxshiroq xizmat ko'rsatishga yordam beradi.

🎁 Biz bo'lsa, yoqimli bo'lsin deb har bir ishtirokchiga sovg'a tayyorladik.

👉 So‘rovnomada qatnashing va kafolatlangan sovg'aga ega bo'ling!

@allaevuzb
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Nozik ohang” kitobi taqdimotidan lavhalar

15 yoshli muallif - Diyora Murodxo‘jayevaning ilk kitobi taqdimot marosimi o‘tkazildi. Unda kitob va uni yozish jarayoni bilan birgalikda ijtimoiy masala bo‘lib ulgurgan autizm haqida ham suhbatlar bo‘lib o‘tdi.

Video orqali taqdimot kuniga kichik sayohat qilishingiz mumkin)

Yangi kitob haqida batafsil: asaxiy.uz/u/nozik_ohang

@asaxiybooks
Artur Konan Doyl: Qizil hujjat

📕- Artur Konan Doyl tomonidan yozilgan mashhur detektiv hikoyalar to‘plamining birinchisi bo‘lib, unda afsonaviy tergovchi Sherlok Xolms va uning do‘sti doktor Uotsonning sarguzashtlari tasvirlanadi.

Kitobda sirli qotilliklar, g‘oyib bo‘lishlar va jumboqli jinoyatlar o‘rganiladi. Har bir hikoya o‘ziga xos ssenariyga ega bo‘lib, o‘quvchini o‘ylashga, dalillarni tahlil qilishga va jinoyatlarni anglashga undaydi.

Narxi: 51 000 so‘m
"El-yurt ishonchi" status egalariga: 45 900 so‘m
Buyurtma uchun havola: asaxiy.uz/u/qizil_hujjat

@asaxiybooks
"Farovonlik paradoksi" kitobidan iqtibos 🌱

@asaxiybooks
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bunday kitobni berish osonmas-da)

Siz-chi? Siz kitobingizni o‘qishga berib turasizmi? Izohlarda yozing👇

@asaxiybooks
HTML Embed Code:
2025/06/27 04:38:16
Back to Top