TG Telegram Group Link
Channel: Amirxon Valijonov | Blog
Back to Bottom
"Xitoy kommunistlari o‘zlarining Markslarini yana bir bor o‘qib chiqishlari kerak. Karl Marks shuni anglagan edi: bir mamlakat iqtisodiyotini zamonaviylashtirib, kapitalizmni qabul qilsa va burjuaziya yaratib olsa, siyosiy tizim ham bu o‘zgarishni aks ettirgan holda o‘zgaradi. Marksistik tilda aytganda, “bazis”dagi o‘zgarishlar doimo “ustqurma”dagi o‘zgarishlarga olib keladi".
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbek jamiyati bu kitobni o‘qishi shart

Ushbu kitobni O‘zbekistondagi ta’lim sohasida ishlayotgan barcha insonlar, talabalar, boshqaruv sohasi xodimlari va mutaxassislar, mutafakkirlar va tadqiqotchilar o‘qishlari lozim! Chunki bu kitob ta’lim tizimlari haqida bo‘lib, yodlashni emas, fikrlashni o‘rgatuvchi ta’lim tizimi haqida so‘z yuritadi.

Kamoliddin Rabbimov

Tez kunda...
Ta'limga maktab yoki universitet ochmasdan ham hissa qo'shish mumkin. Buni shu kitob nashri isbotlaydi degan umiddaman. Albatta, agar o'quvchilar va ta'lim mutasaddilari o'qib, nimanidir amaliyotda joriy qilishsa.
ibookni kuzatib borayotganlar bo'lsa, qaysi kitobni ko'proq kutyapsiz?

Edvard Bernays - Propaganda
Farid Zakariya - Erkin ta'lim himoyasida
Farid Zakariya - Erkinlikning kelajagi
Ancha vaqtdan buyon kutganimizni bosmaxonadagilar ham bilib, rasmini yuborishdi. Ertaga sotuvda bo'ladi, nassib.
Ikkisi ham bir vaqtda sotuvga chiqdi. Yoz bo'lgani uchun cheklangan adadda nashr qildik. Kitoblar nima haqida ekanligini bilsangiz kerak-a?

Bilmasangiz, asosiy mavzusini, kimlar o'qishi kerakligini tushuntirib beraman kechroq.
So'z boyligingizni qancha deb o'ylaysiz? 5 ming, 10 ming, 50 ming? O'zi oxirgi marta qachon so'z boyligingiz oshganini his qilgansiz?
Nega Stenford yoki Harvard butun dunyo uchun avtoritet?
AQSHning buyukligi undagi ta'limning erkinligida. Erkinlik shunday narsaki, sifat va sondagi muvaffaqiyatlar undan keyin o'z-o'zidan bo'ladi. Harvard va Stenford esa AQSh erkin ta'limining ikki ustunlari.

Brend, sifat, status - barcha yaxshiliklar erkin akademik ta'lim sabab vujudga kelgan. Bo'lib ham uzoq muddat (Harvard 1636-yil, Stenford 1885-yil) shu yo'lni bosib o'tishgan.

Bu biz uchun umidbaxsh misollar. Milliy universiteti Harvard bo'lishi uchun chetdan ingliz, nemis oltinboshlari kelishi yoki ularning menejmenti joriy qilinishi shart emas.

Sifat va brendni o'zimiz ham qura olamiz, qachonki ta'limning o'zi erkinlashsa va professor-o'qituvchilar to'la akademik mustaqil faoliyat yuritsa, bas. Qolgani faqat vaqt masalasi bo'ladi.
Shu kitob haqida ertaga suhbat qilamiz. Mehmonimiz sizningcha kim?
Darhaqiqat, agar Islomning qandaydir o‘ziga xos ichki jihati eslatilishi kerak bo‘lsa, bu uning hokimiyatga sodiqligi emas, balki aksincha: Islomda har bir musulmon yurtda seziladigan avtoritarlikka qarshi ruh bor.

Bu, ehtimol, Payg‘ambar Muhammad alayhissalom hadislarida keltirilgan ba’zi g‘oyalarga borib taqaladi; ularda musulmonning hokimga bo‘lgan itoati faqat hokimning amrlari Allohning qonunlariga mos kelgan taqdirdagina majburiy ekani bayon etilgan. Agar hokim dinni buzishga buyursa, itoat qilinmaydi. (Agar u gunoh ishga buyursa, musulmon unga quloq solmasligi, itoat qilmasligi kerak).
Islom va G‘arb o‘rtasida o‘n to‘rt asrdan beri birga yashab kelingan. Urush davrlari bo‘lgan, lekin tinchlik yillari bundan ham ko‘proq bo‘lgan.

Ko‘plab olimlar 1940-yillargacha musulmonlar boshqaruvida boshqa har qanday diniy ko‘pchilik boshqaruvidagiga nisbatan ozchiliklar, ayniqsa, yahudiylar kamroq tazyiqqa uchraganini qayd etishgan. Shuning uchun Yaqin Sharq asrlar davomida ko‘plab ozchiliklar uchun vatan bo‘lgan.

"Erkinlikning kelajagi" Farid Zakariya
Hozirgi holatingizdan ko'proq daromad topishning yagona yo'li - ko'proq mas'uliyat olish va ko'proq risk qilish.

P.s: aynan bu ma'nodagi "risk" so'zini "tavakkal"ga alishtirib bo'lmaydi, ma'no chiqmay qoladi.
So‘nggi o‘ttiz yil davomida saudiyaliklar asosan xususiy fondlar orqali dunyo bo‘ylab vahhobiylikni (islomning qattiqqo‘l, cho‘l varianti bo‘lib, aksar islomiy fundamentalistlar uchun andozadir) yoyuvchi diniy maktablar (madrasalar) va markazlarni moliyalashtirdilar.

So‘nggi o‘ttiz yil ichida Saudiya tomonidan moliyalashtirilgan madrasalar zamonaviy dunyo va musulmon bo‘lmaganlarga katta shubha bilan qaraydigan, yarmigacha savodli, mutaassib musulmonlardan o‘n minglabini tayyorlab chiqardi. Bu dunyoqarashda Amerika deyarli har doim alohida yovuz kuch sifatida tasvirlanadi.

"Erkinlikning kelajagi" kitobidan
Propaganda qanday ishlaydi? (1-qism)

Eshitgan bo'lsangiz, uy-joy qurilishida 1-iyuldan SKROU tizimi joriy qilinadi. Unga ko'ra, uy uchun to'lov qurilish firmasiga emas, bankdagi maxsus hisob raqamga o'tkaziladi. Bu mijoz uchun xavfsizlik degani. Uy qurilmasa, pulini qaytarib olishi mumkin.

Bu tizim joriy qilinishi juda yaxshi. Dubayda ham, umuman rivojlangan mamlakatlarda ham shunday.

Propagandani esa ijtimoiy tarmoqlarda qurilish firmalarining o'zi va ularga ishlaydigan blogerlar amalga oshiryapti. Ular xalqqa iyuldan uy-joy narxi 30%ga oshishi kutilmoqda deb tinmay xabar beryapti. Xalqning ishonchi baland insonlar orqali uyni hoziroq oling, iyuldan 30%ga qimmatlashadi, deyapti. Aslida ham shundaymi? Bu haqida iqtisodchilar gapirgani ma'qul. Lekin klassik talab-taklif qoidasiga propaganda aralashmasa, bir oyda 30% oshishi imkonsiz narsa.

Propaganda talabni sun'iy oshirishda yaqqol qo'llaniladigan eng katta instrument. Ham dollar tushib, ham xalqdan pul qochgan, ko'p yangi uylar sotilmay qolgan bir paytda tarmoqlarda yangi qonun bilan narxlar oshadi deyish orqali talabni oshirishyapti.

Keyingi qismida o'zim tushungan kitob sohasida propaganda orqali shartli narxlarni oshirish mumkinmi, yo'qmi, shuni yozaman.
Propaganda qanday ishlaydi? (2-qism)

Qanday qilib kitob narxini 20%ga oshiramiz?

1. Barcha nashriyotlar ijtimoiy tarmoqlar orqali qog'oz yil boshidan buyon 40% ga qimmatlashganini afsus bilan aytadi. Chunki qog'ozning katta qismi rubl orqali Rossiyadan olinadi, rubl esa so'mga nisbatan yil boshidan hisoblasak, 40% mustahkamlangan.

2. Ushbu ma'lumotni booklogerlar va kitobga yaqin insonlar orqali bir oy davomida barcha tarmoqlarda qayta-qayta eslatamiz.

3. Barcha nashriyotlar ulgurji narxlarni 20% ga oshiradi va biz bunga majbur bo'ldik, deydi. Xalq ham ularni tushunadi, chunki qog'oz narxi 40%ga oshganini ular avvalroq eshitishgan.

Eslatib o'taman, Propaganda faqat yolg'on bo'lmaydi. U bor haqiqatni to'g'ri tarzda yetkazishga ham xizmat qiladi.

Bernays ko'proq haqiqatlarni PR qilish samara beradi, yolg'onlar baribir fosh bo'ladi, deydi. Isroil yolg'oni bunga yaqqol misol bo'ladi.
Tadbirkorlar ham kelishi, ko'rishi kerak bo'lgan suhbat
HTML Embed Code:
2025/06/27 16:49:40
Back to Top