TG Telegram Group Link
Channel: ALFRAGANUS UNIVERSITY
Back to Bottom
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔴 TALABALAR YUTUG’I

🟤Alfraganus universitetining Jismoniy tarbiya va sport fakulteti Kikboksing yo`nalishi 22-17 guruh talabasi Sardor Karimboyev sportning MMA turi bo’yicha bo‘lib o‘tgan MPL - 9 turnirida o‘z raqibini og‘ritish usuli orqali mag‘lub etdi!

🟤G’alaba muborak!

📝Telegram📝Facebook💻Instagram🐧Twitter🎞YouTube 🌐web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴 TALABALAR YUTUG’I

🟤Joriy yilning 1-6-may kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilgan IX Markaziy Osiyo chempionatida Alfraganus universitetining Jismoniy tarbiya va sport fakulteti 1-bosqich sirtqi ta‘lim shakli talabasi Munisa Esanova sportning Karate turi bo‘yicha 1-o'rinni qo‘lga kiritdi.

🟤TABRIKLAYMIZ!

📝Telegram📝Facebook💻Instagram🐧Twitter🎞YouTube 🌐web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔴 AMALIY DARS

🟤Alfraganus universitetining Turizm fakulteti professor-o'qituvchi tomonidan fakultet talabalari uchun “Gastronomik turizm” mavzusida amaliy dars o'tkazildi.

🟤Gastronomik turizm, yoki oshxona turizmi, turizmning asosiy turlaridan biri bo‘lib, asosiy maqsadi, sayyohlarning maʼlum bir mamlakatga, sayohat qilishi asnosida, o‘sha davlatning milliy oshxonasi va ovqatlanish madaniyati bilan ham yaqindan tanishishidir.  

🟤Ushbu amaliy darsda ham Gastronomiya – bu O‘zbekistonni sevish uchun yana bir sabab ekanligini ko'rsatish orqali, O‘zbek oshxonasi ehtimol dunyodagi eng xilma-xil va rang-barang taomlardan biri ekanligini, qarsillagan o’t cho’g’ida tayyorlangan mazali – palov tayyorlash bilan namoyish etildi.

📝Telegram📝Facebook💻Instagram🐧Twitter🎞YouTube 🌐web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴QIRG’IZISTONGA SAYOHAT

🟤Qardosh qirg'iz xalqining madaniyati, ta'limi va turizmini o'rganish va tadqiq qilish, shuningdek, Alfraganus universitetining xalqaro aloqalar yo’nalishida yangi sahifa ochish maqsadida “Tour on uz klubi” o’z safarlarini boshladi.

📝Telegram📝Facebook💻Instagram🐧Twitter🎞YouTube 🌐web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴 TURKIYA | HAMKORLIK

🟤Avval xabar qilinganidek, Alfraganus universitetining rektori Muxammadismoil Maxmudov boshchiligida, Xalqaro aloqalar bo‘limi rahbari, Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani hamda universitet Kuzatuv kengashi a'zolari Karabuk universitetida mehmonda bo‘lib, ikki universitet vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilgan edi.

🟤Shundan so‘ng, KBÜ kampusi va uning faoliyati bilan yaqindan tanishish, tajriba o'rganish maqsadida universitet bo‘ylab tur tashkil qilindi. Unda delegatsiyamiz vakillari, Jismoniy tajrbiya va sport fakultetiga oid sport majmualarida bo'ldilar.

🟤Muhandislik yo'nalishida faoliyat yuritib kelayotgan yirik laboratoriya markazlarini ko'zdan kechirib, zarur ma‘lumotlarga ega bo'ldilar.

🟤Universitet kutubxonasi ham ularni befarq qoldirmadi. Axborot resurs markazidan foydalanish va boshqarish bo‘yicha fikr almashdilar.

🟤Talabalar yotoqxonasi ham o'rganilganda, undagi tartib-qoidalari, yuritilishi va boshqaruvi bo‘yicha zarur tavsiyalar olindi.

🟤Safar davomida vakillarimiz universitetning Adabiyot fakultetida ham bo‘ldilar. O'quv auditoriyalar, sinf xonalar, umuman, talabalar bilan ishlash jarayoni bo‘yicha tajribalar o‘rganildi.

🟤Karabuk universitetining Turizm fakultetiga tashrifi chog'ida, Gastronomik turizm uchun mo‘ljallangan laboratoriya oshxonalari ham alohida e‘tiborga olinib, yaqindan tanishildi.

🟤Universitet qoshidagi tibbiy maskanga tashrif buyurilganda bosh shifokorning o‘zi qarshi oldi va shifoxona sharoitlari bilan tanishishda hamrohlik qildi. Klinika imkoniyatlari, yangi tibbiy asbob - uskunalar ko‘zdan kechirilib, boshqaruv tizimi bo‘yicha zarur tavsiyalar olindi.

🟤Aytish joiz, mazkur uchrashuv tomonlarning kelgusidagi o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirishga va mustahkamlashga qaratilgan qator rejalarning amalga oshirilishida, mo'ljallangan akademik faoliyatlarni birgalikda olib borishga zamin yaratadi.

📝Telegram📝Facebook💻Instagram🐧Twitter🎞YouTube 🌐web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴 TALABALAR YUTUG’I

🟤Alfraganus universiteti Pedagogika fakulteti talabasi “Talaba qizlar minbari” klubi koordinatori Durdona Isroilova “Ma’rifat minbari” rasmiy kanalida faolligi uchun rektorimiz nomiga “Minnatdorchilik xati” bilan taqdirlandi.

🟤TABRIKLAYMIZ!

📝Telegram📝Facebook💻Instagram🐧Twitter🎞YouTube 🌐web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴 YANGI LOYIHA

🟤Salom do’stlar! Men Muhammadali Toshpulatov! Raqamli texnologiyalar fakulteti talabasiman.

🟤Sizlarga IT sohasidagi bilimlarimni ulashish maqsadida https://hottg.com/Zero_IT_club ushbu klubni ochdim!

🟤Barchangizni klubimda kutaman!

📝Telegram📝Facebook💻Instagram🐧Twitter🎞YouTube 🌐web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴ENDILIKDA KLUB A’ZOLARI HAM RASMIY A’ZOLIK GUVOHNOMASIGA EGA BO’LADI

🟤Alfraganus universiteti “Soft skills” markazi “Talabalar o’zini-o’zi boshqarish Akademiyasi” tarkibidagi klublar faoliyati to’liq rasmiylashtirilib, klublarning logotiplari almashtirildi.

🟤Bugungi kunda klublarga a’zo talabalarning umumiy sonini aniqlash maqsadida har bir talaba o’zi a’zo bo’lgan klubdan guvohnoma oladi.

🟤Rektorimiz ko’rsatmasiga binoan talabalar klublarga a’zo bo’lgan taqdirda grant, ko’krak nishon, stipendiya olish imkoni kengayadi va talabaning faolligi munosib taqdirlab boriladi.

🟤Hurmatli talabalar, klublardagi faolligingizni rivojlantiring!

📝Telegram📝Facebook💻Instagram🐧Twitter🎞YouTube 🌐web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴 KELAJAK SHIFOKORLARI UCHUN TAKLIF

🟤Tibbiyot fakulteti talabalari diqqatiga!

🟤Biz yangi klub tashkil qildik. Bu klub boshqalarnikidan farq qiladi.

🟤Siz ushbu klubga a’zo bo’lib, talabalarning amaliyot jarayonlarini kuzatasiz va qayerda amaliyot qilish bo’yicha tavsiyalar berib boramiz!

🟤Bundan tashqari tibbiyotga oid loyihalarimizda faol ishtirok etganlar “Soft skills markazi” tomonidan “Iftixornoma” bilan taqdirlanadi.

🟤Klubga ulanish: @AFUstom_tibbiyot
🟤Bosh koordinator: @NMFMA_077

📝Telegram📝Facebook💻Instagram🐧Twitter🎞YouTube 🌐web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun bu klubda ishemik insult haqida gaplashamiz, bizni kuzating!

@AFU_Tibbiyotgaqadam
HTML Embed Code:
2024/06/08 17:39:24
Back to Top