Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Ellikqal’a tumani hududida ichimlik suvini yetkazib beruvchi obyektlardan birida muammolar borligi bo‘yicha telegram kanallarda xabar tarqalgan edi. Bu bo‘yicha "Qoraqalpoq suv ta’minoti" AJ mutaxassislari tomonidan vaziyat o‘rganib chiqildi va quyidagilar ma’lum qilinadi. Mazkur suv inshooti orqali iste’molchilar belgilangan grafik asosida ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Inshootda olib borilgan kichik ta’mirlash ishlari sababli suv yetkazib berish ma’lum muddatga vaqtincha to‘xtatilgan edi. Hozirgi vaqtda muammo ijobiy yechimini topgan. Batafsil ma’lumot videolavhada.
|😄 Telegram |💬 Facebook |🌐 Instagram