TG Telegram Group Link
Channel: ABITURIYENT 🆙
Back to Bottom
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shpargalka
San'at asari


Professor talabalardan birini shpargalka ishlatayotgani bilib qolibdi. U talabaning shpargalkasini san’at asari deb tan oldi.

📹 Nima uchun bunday deganini bilish uchun video lavhani ko‘ring!

📈 ABITURIYENT 🆙Yuqoriga intilib!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️IELTS sertifikat olmoqchi bo'lganlarga!

A2 va B1 darajadagi abituriyentlar uchun so'nggi imkoniyat: 7-iyunda bo'ladigan IELTS imtihoniga topshirmoqchi bo'lganlar uchun ajoyib taklif!


Bizda siz uchun maxsus ishlab chiqilgan va samarasi 100% ishonchli kurs mavjud!

🤩 Natija kafolati 100%. Kamida 5.5+

🕓 Kurs davomiyligi: 7 kun
💲 To'lov faqat 1 marta qilinadi

(To'lov haqidagi barcha ma'lumotlarni onlayn murojaat orqali olishingiz mumkin)

Shu to'lov bilan to imtihongacha biz bilan birga tayyorlanasiz!

⚠️ Eslatma: Bundan tashqari darajasi 7+ o'quvchilar ham bemalol 8+ gacha biz bilan birga individual tayyorlanishlari mumkin.

❤️‍🔥 Bunaqa taklif boshqa bo'lmasligi aniq. Kurs to'liq online olib boriladi!

❗️Faqat 30 ta joy mavjud. Kursga yozilmoqchi bo'lsangiz yoki to'liq ma'lumot olishni xohlasangiz:    @davronov_0789 ga onlayn murojaat qiling yoki 917742598 raqamiga qo'ng'iroq qiling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😭 Imtihonga chala tayyor bo'lganlar yig'lasin, o'zini “bilimli” qilib ko'rsatganlar yig'lasin.

💪 QO‘RQMA, ABITURIYENT!

🔥 Oylar mobaynida ham issiqqa, ham sovuqqa chidab mehnat qilding. Cheksiz miqdordagi mavzularni o'qiding, testlar ishlading va savol-javoblar qilding. Buning barchasi harakatlaring edi va har bir qadam muhim edi.

💯 Qo`rqma! Muvaffaqiyatsiz bo'lishdan qo'rqma. Sen qilgan va erishgan hamma narsani qadrla. Sening harakatlaring besamar ketmaydi. Sen hech kim sendan tortib ololmaydigan bilimlarga ega bo'lding.

Sen halol mehnat qilding va endi o'zinga ishonch bilan olg'a intil. Va esda tutki, SEN ALBATTA TALABA BO'LASAN, chunki sening fidoyilik va harakatlaring natijasiz qolmaydi.

O'zing yakka kurashga kirishdan qo'rqma. Ortingda mehrli ota-onang va kuchli ustozlaring turibti.

💥 SENING SAYOHATING ENDI BOSHLANMOQDA VA U IMKONIYATLAR VA MUVAFFAQIYATLARGA TO'LA BO'LADI.

📈 ABITURIYENT 🆙Yuqoriga intilib!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand_100_.pdf
1.2 MB
🔍 Samarqandda 100 balldan past to'plab qayerlarga o'qishga kirish mumkin?

Quyidagi ma'lumotda o'tgan yilgi o'tish ballariga ko'ra, Samarqandda 100 balldan pastroq to'plab, o'qishga kirish mumkin bo'lgan yo'nalishlar keltirilgan.

📈 ABITURIYENT 🆙
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Test to‘lovini qachongacha qilish kerak? 

JAVOB: Joriy yil bitirganlar uchun testga kirish tekin, avvalgi yillarda bitirganlar 187 ming 500 so‘m (yarim “minimalka”) to‘lashi kerak.

To‘lovni amalga oshirmasa nima bo’ladi?

❗️To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga qo‘yilmaydi.

Bo’lib-bo’lib to’lasa ham bo’ladimi?

Ha, ushbu to‘lovni bo‘lib-bo‘lib amalga oshirsa ham bo‘ladi, faqat 25-iyunga qadar (o‘sha kuni ham) mazkur summa to‘liq to‘lanishi shart. Ya'ni qachon ro'yxatdan o'tganingizning farqi yo'q, asosiysi to'lovni 25-iyun soat 23:59 gacha to'lash shart.

‼️LEKIN!!! Siz taqab oxirgi muddatga olib bormang. Sababi bank va onlayn tizimlarda kutilmagan profilaktik ishlar bo'lsa, yoki oxiriga taqagan odamlar tufayli serverda yuklama ko'payib ketsa, kutilmaganda to'lovni amalga oshira olmay qolishingiz mumkin.

Kimlar to‘lovdan ozod qilingan:

— taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
— to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar;
— nogironligi bor shaxslar;
— ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
— “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

📈 ABITURIYENT 🆙Yuqoriga intilib!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hujjat topshirdingizmi?

Ya'ni oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun ro'yxatdan o'tdingizmi?
Anonymous Poll
49%
🫡 Ha, ro'yxatdan o'tdim
42%
🤔 Yo'q, hozircha kutyapman
9%
Yo'q, men abituriyent emasman
Qaysi platformalar orqali qachongacha hujjat topshirish mumkin?

Abituriyentlar turli platformalar orqali hujjat topshirishi mumkin. Bular:

Kasb-hunar maktablariga qabul (1-iyuldan 20-iyulgacha)
👉 my.edu.uz

Bakalavriat yo‘nalishlariga qabul (20-iyundan 20-iyulgacha)
👉 my.uzbmb.uz yoki my.gov.uz

Magistratura mutaxassisliklariga qabul (1-yuldan 30-iyulgacha)
👉 magistr.edu.uz

Texnikumni a’lo baho bilan tamomlagan abituriyentlarni suhbat asosida OTMga qabul qilish (5-iyuldan 25-iyulga qadar)
👉 my.edu.uz

Ikkinchi mutaxassislikka qabul (10-iyuldan 10-avgustga qadar)
👉 my.edu.uz

O‘qishni ko‘chirish (15-iyuldan 5-avgustgacha)
👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.

Bu foydali postni abituriyent tanishlaringizga yuborib qo'ying.

#Qabul2025 #Abituriyent2025

📈 ABITURIYENT 🆙Yuqoriga intilib!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rasman: quyidagi sertifikat egalari grant asosida qabul qilinadi.

1️⃣ Xalqaro sertifikatlar orqali grant olish imkoniyati: 
- IELTS 
- CEFR 
- TOEFL 
- Duolingo 
- Cambridge Assessment English 
(Sertifikatlar ballari va grant foizlari alohida belgilanadi)

3️⃣ SAT sertifikati asosida grantlar:
- 1100+ ball olganlarga — 100% grant 
- 1000+ ball olganlarga — 75% grant 
- 900+ ball olganlarga — 50% grant

4️⃣ Milliy sertifikat asosida grantlar:
- A+ darajali sertifikat uchun — 100% grant 
- A darajali sertifikat uchun — 75% grant 
- B+ darajali sertifikat uchun — 50% grant

📌 Eslatma:
Grantlar kunduzgi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun amal qiladi.

👉 Grant asosida o'qish uchun quyidagi havol orqali ro'yxatdan o'ting:
https://umft.uz/voucher-admit

Batafsil ma'lumot olish uchun:
☎️ +998555208888
📩 @umft_support
Imtihongacha qanday qilib barcha savollarga tayyor bo‘lish mumkin?

Buning uchun atigi 3 muhim qadamni bajarish kifoya:

1. Haqiqatni tan oling
Avvalambor, siz:
Qaysi fanlarga yaxshi tayyorsiz, qaysilariga esa yo‘qligingizni;
Va imtihongacha qancha vaqt qolganini aniqlab olishingiz zarur.
Masalan, sizda 1 oy vaqt bor. Endi har bir fanni tahlil qilib, kuchli va zaif tomonlaringizni aniqlang va bularni qog‘ozga yozib chiqing. Miyangizda hammasini tutib turish oson emas, shuning uchun yozib chiqsangiz, reja tuzish ham osonlashadi.

2. Aniq reja tuzing
Bugundan boshlab imtihongacha har kuni nimalarni o‘rganishingiz kerakligini hisoblang.
Aytaylik, 1-fandan 1000 bet, 2-fandan 500 bet ma’lumotni o‘rganishingiz kerak. 1 oyda buni o‘zlashtirish uchun har kuni taxminan qancha o‘qishingiz kerak? Rejalashtiring. Oxirgi haftani esa umumiy takrorlashga ajrating.

3. Rejangizga moslashishni unutmang
Eng yaxshi reja ham ba’zida ishlamay qolishi mumkin. Muhimi — rejalashdan voz kechmaslik.
Masalan, 7 kun kasal bo‘lib qolib, hech narsa o‘qiy olmadingiz. Reja bo‘lmasa, qancha ortda qolganingizni bilmay qolasiz. Reja bo‘lsa esa, qancha bet yetib olishingiz kerakligini aniq bilasiz. Shunda vaqtni to‘g‘ri taqsimlab, imtihongacha ulgurishingiz mumkin.

Xulosa: Reja bor joyda nazorat bor, nazorat bor joyda esa muvaffaqiyat!

#Abituriyent2025 #abituriyent

📈 ABITURIYENT 🆙
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7 usul orqali testlarni to‘g‘ri ishlashni o‘rganing!

Imtihon asosan 4 variantli test ko‘rinishida bo‘lishini hisobga olib, sizlarni shu turdagi testlarni to‘g‘ri ishlash usullari bilan tanishtirib o‘tamiz.

1️⃣ Testdagi savol va savol sharti bilan yaxshilab tanishing.
Savoldan tashqari, savolning qo‘shimcha sharti bo‘lishi mumkin. Savolning shartiga yaxshilab e’tibor bering. Javob variantlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sakramasdan, sharti bilan yaxshilab tanishing. Savolning biroz chalg‘ituvchi shartlari bo‘lishi mumkin.

2️⃣ Avvaliga oson savollarga javob bering.
1-qadamdan so‘ng, oson savollarga javob berib chiqing. Bu sizga imtihonning savollari, formati va qiyinchiligi bilan tanishib chiqish imkonini beradi. Eng muhimi esa test boshlanishi bilanoq bir qancha savollarga to‘g‘ri javob berishingiz, o‘zingizga ishonchni keskin oshiradi.

3️⃣ Javoblarni xayolda topishga harakat qiling.
Savolni o‘qing va javob variantlarini qo‘lingiz yoki bir parcha qog‘oz bilan berkitib, xayolingizda eng yaxshi javob nima bo‘lishi mumkinligini o‘ylang. O‘xshash variantlar odatda chalg‘itib yuboradi. Oldindan o‘ylab olsangiz, shunday chalg‘ib qolishdan saqlanasiz.

4️⃣ Har bir javob variantini o‘qing.
Hamma variantlarni o‘qing. Javob to‘g‘ri ko‘rinishi mumkin, lekin siz topgan javobdan ham to‘liqroq va aniqroq javobni tashlab ketayotgan bo‘lishingiz mumkin.

5️⃣ “Chiqarib tashlash” usulidan foydalaning.
Agar savol sizga qiyin tuyulsa va to‘g‘ri javobni bilmasangiz, noto‘g‘riligi aniq bo‘lgan javoblar ustidan ruchkada chizib tashlang. Qolgan variantlar orasidan javobni belgilashingiz, to‘g‘ri javobni topishingiz ehtimolligini oshiradi.

6️⃣ “Barcha javoblar to‘g‘ri” shaklidagi savollar
Aytaylik, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan javob varianti bor. 2 ta javob to‘g‘riligini bilsangiz, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan variantni tanlayvering.

7️⃣ Har bir savolga javob bering.
DTM tizimida noto‘g‘ri javoblarga jarima berilmaydi, ya’ni noto‘g‘ri javob uchun ball ayirib tashlanmaydi. Shunday ekan, barcha savollarga javoblarni belgilang. To‘g‘ri javoblarni topish ehtimolingiz oshadi.

#Abituriyent2025 #abituriyent

📈 ABITURIYENT 🆙
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Savol:

Men “Fizika va Matematika” fanlar majmuasini tanlaganman. Ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirdim. Endi esa tartibni o‘zgartirib, “Matematika va Fizika” qilishni xohlayapman. Fanlar majmuasini o‘zgartirsam bo‘ladimi?

📎 Javob:

Ha, fanlar majmuasini 2025-yil 25-iyun, soat 23:59 gacha o‘zgartirishingiz mumkin. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, majmua o‘zgartirilganda qaytadan to‘lov qilish talab etilmaydi.

📈 ABITURIYENT 🆙
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Imtihonlar 14-iyulda boshlanishi mumkin

2024-yilda OTMlarga kirish test sinovlari 14-iyuldan 25-iyulgacha bo‘lib o‘tgandi. Bu yil ham shu sanalar o‘zgarishsiz qolishi mumkin, dedi Bilim va malakalarni baholash agentligi vakili Jamshid Odilov

Test sinovlari uchun zarur infratuzilma va binolar ro‘yxati allaqachon shakllantirilgan. Bu degani, imtihonlar belgilangan muddatda boshlanishi uchun texnik va tashkiliy tayyorgarlik tugallangan.

❗️ Lekin bu hali oxirgi rasmiy ma'lumot emas. Yaqin orada sanalar rasman e'lon qilinadi.

📈 ABITURIYENT 🆙Yuqoriga intilib!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HTML Embed Code:
2025/06/27 13:17:42
Back to Top