TG Telegram Group Link
Channel: Yoshlar Parlamenti / Молодежный Парламент / Youth Parliament
Back to Bottom
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar parlamenti a’zolari tomonidan Xorazm viloyatidagi Madaniyat markazlari va bolalar musiqa-san'at maktablari moddiy texnik bazasi hamda faoliyati monitoring qilindi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yoshlarni madaniyat va san'at muassasalariga keng jalb etish orqali ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish tizimini yanada rivojlantirish to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori imzolangan edi.

Ushbu qaror ijrosini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti Xorazm viloyati a'zolari O.Saburov, Q.Qo'chqarov, J.Masharipov va N.Ahmedovalar tomonidan Xorazm viloyatidagi Madaniyat markazlari va bolalar musiqa-san'at maktablari moddiy texnik bazasi hamda faoliyati monitoring qilindi.

📱Bizni kuzatib boring👇

Rasmiy sayt | YouTube | Instagram
🏇🏻 Toshkent viloyatida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag'ishlangan "Polo" sport turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi.

Musobaqada tashkilotchilari sifatida Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zosi M.Nizomiddinov ham ishtirok etib, musobaqa jarayoni kuzatatib, yakunda g'olib va sovrindorlarni taqdirlashda ishtirok etdi. Polo sport turini O'zbekistonda ommalshtirishni Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti to'liq qo'llab-quvvatlaydi. Navbatdagi sport musobaqasi Navro'z bayrami arafasida Toshkent viloyati Zangiota tumanida tashkil qilinadi.

P.s Polo federatsiyasi 2019-yilda tashkil etilgan. Hozirgi kunda O'zbekistonda ushbu sport turini ommalashtirish va rivojlantirish bo'yicha qator tadbirlar o'tkazilmoqda.

📱Bizni kuzatib boring👇

Rasmiy sayt | YouTube | Instagram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti tashabbusi bilan tashkil etilgan davra suhbatida madaniyat sohasidagi to‘garaklarga yoshlarni jalb etishning dolzarb masalalari muhokama qilindi
———
В ходе «круглого стола», организованного по инициативе Молодежного парламента при Сенате, обсуждены актуальные вопросы вовлечения молодежи в кружки в сфере культуры

Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | Virtual murojaat | Mediateka | Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aziz va muhtarama ayollar!

Sizlarni nafis va goʻzallik bayrami "8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni" bilan chin dildan muborakbod etamiz!

Vatanimiz taraqqiyotida, oila va jamiyat hayotida qilayotgan samarali mehnatingiz uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

📱Bizni kuzatib boring👇

Rasmiy sayt | YouTube | Instagram
Aziz yurtdoshlar va qadrli yoshlar!

Jamoamiz nomidan barchani ezgulik, yasharish, nafosat ayyomi boʻlmish Navroʻz–umumxalq bayrami bilan samimiy tabriklaymiz.

Bahoriy bayram kayfiyati Sizni yil davomida tark etmasin.

“Navro‘z” bayramingiz muborak bo‘lsin!

📱Bizni kuzatib boring👇

Rasmiy sayt | YouTube | Instagram
Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni Yoshlar parlamenti jamoasi nomidan Ramazon Hayiti bilan chin dildan muborakbod etamiz.

Ushbu qutlug’ ayyomda ezgu niyatlar ijobati barchangizga xamroh bo’lsin!

📱Bizni kuzatib boring👇

Rasmiy sayt | YouTube | Instagram
Yoshlar parlamenti tomonidan Buyuk Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan davra suhbati o'tkazildi.

Qashqadaryo viloyat Yakkabog' tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabining "Ekodizayn va interyer", "Ona tili va adabiyot" toʻgarak aʼzolari ishtirokida 9-aprel — Buyuk Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan “Biz Temur avlodimiz" mavzusida Axborot kutubxona markazi hamkorligida davra suhbati o'tkazildi.

Davra suhbatiga Xalq deputatlari Yakkabog' tuman Kengashi kotibiyat mudiri Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamentining a'zosi Shuxrat Yusupov tashrif buyurdi.

Davra suhbati davomida toʻgarak aʼzolari A.Temur — insoniyat tarixidagi eng qat’iyatli shaxslardan biri ekanligi, turli manbalarga tayangan holda, u haqidagi bilimlarimizda ham hukmdor, zobit, sarkarda, ham jangchi sifatida gavdalanganligi hayoti va ijodi haqida o'z fikr mulohazalarini bildirishdi.

📱Bizni kuzatib boring👇

Rasmiy sayt | YouTube | Instagram
Yoshlar parlamenti va Milliy universitet o‘rtasida memorandum imzolandi.

Memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda hamda yoshlarda huquqiy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishda hamkorlik qilish, talabalarni qonun ijodkorligi jarayoniga keng jalb etish, o‘zaro seminar, konferensiya hamda davra suhbatlarini muntazam ravishda birgalikda o‘tkazib borishdir.

Bundan tashqari, tadbir doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Miliiy universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari Senat binosi va uning faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

📱Bizni kuzatib boring👇

Rasmiy sayt | YouTube | Instagram
Belarus Respublikasi Milliy Majlisi huzuridagi Yoshlar parlamenti bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda.

Joriy yilning 16-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti hamda Belarus Respublikasi Milliy Majlisi huzuridagi Yoshlar parlamenti o‘rtasida videokonferensaloqa shaklidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida ikkala parlamentning yosh aʼzolari har bir davlatda yoshlarning huquqiy va siyosiy madaniyatini shakllantirishga qaratilgan faoliyati va loyihalari yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuvda tomonlar 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik Memorandumini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasini imzolashdi.

Mazkur “Yo‘l xaritasi”da ikkala parlament yoshlarga manfaatli bo‘lgan tadbirlarni o‘tkazishi belgilangan.

Ma'lumot uchun: 2023-yilning sentabr oyida O‘zbekiston va Belarus Yoshlar parlamentlari o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolangan edi.

📱Bizni kuzatib boring👇

Rasmiy sayt | YouTube | Instagram
Yoshlar parlamenti a'zosi Buxoro davlat Universitetida "Parlamentda yoshlar o‘rni" loyihasi doirasida ochiq muloqotda ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zLiDeP partiyasining Buxoro viloyati Kengashi raisi birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari, mahalliy Kengash deputati, Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi Bobomurod Ochilov so'zga chiqishdi.

Xususan, Bobomurod Ochilov talaba-yoshlarga qonunlarni muhokama va qabul qilish jarayonlari, qonunlar ijrosi, shuningdek, talabalarning parlament faoliyati haqida nazariy bilimini oshirish, ta’limni bevosita amaliyot bilan uyg‘unligini ta’minlash borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil tushuntirish berib o‘tdi.

Tadbir yakunida talaba-yoshlarning parlament faoliyatiga taalluqli ko‘plab savollariga tashkilotchilar tomonidan javoblar berildi.

📱Bizni kuzatib boring👇

Rasmiy sayt | YouTube | Instagram
Yoshlar parlamenti a'zosi tomonidan obodonlashtirish ishlari yuzasidan tushuntirish olib borildi.

Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zosi, Yakkabog' tuman kengashi deputati Shuxrat Yusupov tomonidan Yakkabog' tumanidagi 6-umumiy o'rta ta'lim maktabining devorlarini oqlash, ekilgan nihollarni parvarish qilish va yo'l yoqasidagi ariqlarni tozalash hamda Mevazor MFYdagi har bir xonadonida fuqarolarga tomorqasidan samarali foydalanish bo'yicha tushuntirish ishlarini olib bordi.

📱Bizni kuzatib boring👇

Rasmiy sayt | YouTube | Instagram
HTML Embed Code:
2024/04/27 17:51:12
Back to Top