TG Telegram Group Link
Channel: Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
Back to Bottom
#Yangibozor_tuman
#Seminar

🔹Yangibozor tumanidagi 21-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Muvaffaqiyatlarga erishish” oyligi doirasida tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari psixologlari uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

🔹Seminarda bolalar psixologik holatini to‘g‘ri baholash, ularning emotsional rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda ijobiy muhit yaratish bo‘yicha nazariy va amaliy tavsiyalar berildi.

🔹Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan interaktiv mashg‘ulotlar, fikr almashuvlar va real holatlar asosida muhokamalar olib borildi.

🔹Psixologlarning kasbiy salohiyatini oshirish, tajriba almashish va yangi yondashuvlarni qo‘llash seminarning asosiy maqsadi bo‘ldi.

🔹Seminar ishtirokchilari uchun foydali bo‘lib, kelgusi faoliyatlarida amaliy ahamiyat kasb etadi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
Forwarded from PTU Official
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Imkoniyatlar kengaymoqda!

Endi PTU — Davlat xalqaro farmatsevtika texnik universitetiga kirish yanada osonlashdi!

Agar IELTS sertifikatingiz bo‘lmasa, xavotir olmang — endilikda CEFR B2 darajasidagi sertifikat ham rasmiy ravishda qabul qilinadi.

Bu sizga ingliz tilidan test topshirmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri talabalar safiga qo‘shilish imkonini beradi!

📌 Yangiliklardan boxabar bo‘ling va o‘z imkoniyatingizni boy bermang!

🌐 Ma'lumot uchun
👩🏻‍💻 Hoziroq ro'yxatdan o'ting!

📞 +998-55-900-05-00
@ptuuz | @ptuuz_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевнинг матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига табриги

Поздравление Президента Шавкат Мирзиёева работникам печати и средств массовой информации

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Hilola Umarova
Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Barchangizni “27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bayrami bilan samimiy tabriklayman.

Sizlarning qizgʻin va sermazmun kasbiy faoliyatingiz yurtimizda olib borilayotgan katta islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu oʻrinda, maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida amalga oshirilayotgan yangiliklar va oʻzgarishlarni xalqimizga yetkazishda sizlarning hamkorligingiz juda muhim ekanligini alohida qayd etmoqchiman.

Davlatimiz rahbarining yurtimiz jurnalistlari va ijod ahliga yoʻllagan bayram tabrigida, jurnalist ahlining mashaqqatli mehnatini muqaddas sarhadlarimizda sergak turgan Vatan posbonlarining jasoratiga qiyoslaganligi ham bejiz emas.

Qadrli jurnalistlar!

Bugungi muhim sanada barchangizning fidokorona va mashaqqatli mehnatingiz rivojida ulkan muvaffaqiyatlar tilashdan mamnunman.

Kasb bayramingiz muborak boʻlsin!

@hilola_umarova
🎉 27-iyun – Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni!

Hurmatli OAV xodimlari! Matbuot va jurnalistika sohasi vakillari va blogerlar!

Sizlarni kasb bayramingiz — Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy tabriklaymiz!

Haqqoniylik, xolislik va mas’uliyat tuyg‘usi bilan insonlar qalbiga yetarli so‘z topa bilish, jamiyatda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz hamisha e’tiborga loyiqdir.

Sizlar — jamiyat ko‘zgusisiz. Sizning izlanuvchan, serqirra va fidoyi mehnatingiz tufayli mamlakatimizdagi yangiliklar, taraqqiyot va islohotlar xalqimizga o‘z vaqtida va ishonchli yetkazib berilmoqda.

Sizlarga sihat-salomatlik, ijodiy zafarlar, qalamingizga ravnaq va yangidan-yangi yutuqlar tilayman!

🖋️ Qalamingiz o‘tkir, so‘zingiz ta’sirli, ijodingiz sermazmun bo‘lsin!

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
🎓Xiva shahrida maktab bitiruvchilariga oltin va kumush medallar topshirildi

🔹O‘quv yili davomida yuqori natijalarga erishgan, namunali xulq-atvori va faolligi bilan ajralib turgan 50 nafar bitiruvchiga oltin va kumush medal hamda ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

🔹Ushbu mukofotlarni bitiruvchilarga tantanali ravishda Xiva shahar hokimi Temur Davletov shaxsan topshirdi.

🔹Shahar rahbari o‘z nutqida yoshlarga kelgusidagi ta’lim yo‘li va hayotda ulkan zafarlar tilab, ularning bilimga bo‘lgan intilishi va tashabbuskorligini alohida e’tirof etdi.

🔹Mazkur mukofotlar yoshlarga bildirilayotgan yuksak ishonch va e’tibor, ularning mehnati, sabr-toqati hamda bilimga bo‘lgan izchil intilishining amaliy ifodasidir.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
HTML Embed Code:
2025/06/28 02:24:08
Back to Top