TG Telegram Group Link
Channel: Xalqona hazillar
Back to Bottom
O'zingizga va'da qilgan hayotni unutmang

@xalqona_hazillar
Aytgancha, sizda eng chiroyli tabassum bor
#Jin_ursin

Mazza qilib bitta qo‘shiq eshitib turganingda, shu kimdur “Voydod nuqta Net” da deb yomon asabga o‘ynaydida.

@xalqona_hazillar
Zamonaviy tez aytish 😅

Gaz bo‘lsa, tok yo‘q, tok bo‘lsa gaz.
Tok bo‘lsa, gaz yo‘q, gaz bo‘lsa tok.

Bir nafasda to‘xtamasdan nechta ayta olasiz?

@xalqona_hazillar
Bu yil, qish qattiq keldi shuni inobatga olib, quchoqlashib yotishni tavfsiya etamiz! 😁

© «Gaz va svetdan umid uz» tashkiloti.


@xalqona_hazillar
Qaysi zamon va makonda bo'lishingdan qat'iy nazar xotining qo'ng'iroq qilsa, javob berishga majbursan...

@xalqona_hazillar
So‘taqo‘zi Rossiyada pul topib, avtomobil do‘koniga kiribdi.
Sotuvchi:
— Keling, xizmat? Sizga qanday avtomobil kerak?
— Eng zo‘r avtomobil xarid qilmoqchiman.
— Mana Ford Fokus rusumidagi yangi model, — deb maqtab ketibdi sotuvchi.
— Nimasi Fokus ekan?!
— O‘tiring marhamat, ko‘rsataman.
Sotuvchi rulga o‘tirib, avtomobilni juda katta tezlikda haydabdi.
— Hoy to‘xtat, axir, daraxt turibdi ro‘parada, — deb baqiribdi So‘taqo‘zi.
— Xavotir olmang, ko‘zingizni qising, hozir fokus ko‘rasiz, — debdi-da, So‘taqo‘zi ko‘zini qisgach, daraxtning yonidan aylanib o‘tibdi.

So‘taqo‘zi xayratlanib, avtomobilni sotib olibdi. Uyga kelgach, barchaga fokus ko‘rsatmoqchi bo‘lib, avtomobilga o‘tirishlarini aytibdi.
— Endi hamma ko‘zlarini qisib tursin, biz hozir mana shu daraxt orasidan o‘tib ketamiz, bu fokus, — debdi. So‘taqo‘zi avtomobilni chunonam tez haydabdiki, ular katta daraxtga borib zarb bilan urilibdi. Pachoqlangan avtomobil ichidan So‘taqo‘zi zo‘rg‘a ovoz chiqarib:
— Padaringga la’nat, qaysi biring ko‘zingni qismadilaring?! —dermish.

P.S.: Ko‘zni qisib yurishda ko‘p hikmat bor-da...

@xalqona_hazillar
Farzandizning yozuvi juda xunukmi? Xafa bo‘lmang, u albatta shifokor bo‘ladi.

Farzandingiz ko‘p so‘kinadimi? Xafa bo‘lmang, u albatta hokim bo‘ladi.

Farzandingizni fikrlashi uncha yaxshi emasmi? Xafa bo‘lmang, u albatta deputat bo‘ladi.

Farzandingizni qo‘lidan hech narsa kelmaydi-yu, aql o‘rgatishni yaxshi ko‘radimi? Xafa bo‘lmang, u albatta bloger bo‘ladi.

@xalqona_hazillar
— Ustoz, nega arxeologlarning ko‘pi ayollar?
— Chunki ular o‘tmishni titkilashni yaxshi ko‘rishadi-da! Ayniqsa, telefonning tarixidan rosa ehtiyot bo‘laverasan, bo‘tam!

@xalqona_hazillar
HTML Embed Code:
2024/05/09 16:25:49
Back to Top