TG Telegram Group Link
Channel: Shohruh Abdimurodov
Back to Bottom
#Ekopartiya
#Jizzax

Jizzax davlat pedagogika universitetining tabiiy fanlar fakulteti dekani, kimyo fanlari doktori, professor Yaxshiyeva Zuhra Ziyatovna O'zbekiston Ekologik partiyasi Jizzax viloyat Kengashi a'zoligiga qabul qilindi.

Zuhra Ziyatovnaning kelgusidagi faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz!

https://hottg.com/UzEp_Sh_Abdimurodov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ekopartiya
#Jizzax

O'zbekiston Ekologik partiyasi Jizzax viloyat Kengashi a'zolari safi kengaymoqda.

Jizzax davlat pedagogika universitetining tabiiy fanlar fakulteti dekani, kimyo fanlari doktori, professor Yaxshiyeva Zuhra Ziyatovna O'zbekiston Ekologik partiyasi Jizzax viloyat Kengashi a'zoligiga qabul qilindi.

Zuhra Ziyatovna kelgusida yurtimizdagi ekologik holatni yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish uchun, partiya safida turib o'z bilim va salohiyatini safarbar etishni o'z oldiga maqsad qilib olgan.

𝕆'𝕫𝕓𝕖𝕜𝕚𝕤𝕥𝕠𝕟 𝔼𝕜𝕠𝕝𝕠𝕘𝕚𝕜 𝕡𝕒𝕣𝕥𝕚𝕪𝕒𝕤𝕚 𝕁𝕚𝕫𝕫𝕒𝕩 𝕧𝕚𝕝𝕠𝕪𝕒𝕥 𝕡𝕒𝕣𝕥𝕚𝕪𝕒 𝕥𝕒𝕤𝕙𝕜𝕚𝕝𝕠𝕥𝕚 𝕂𝕖𝕟𝕘𝕒𝕤𝕙𝕚 𝕞𝕒𝕥𝕓𝕦𝕠𝕥 𝕩𝕚𝕫𝕞𝕒𝕥𝕚.

https://hottg.com/Jizzaxekopartiya
https://hottg.com/UzEp_Sh_Abdimurodov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏔 “Duoba” turizm mahallasi – osmono‘par tog‘lar qo‘ynidagi sokin go‘sha.

“Duoba” turizm mahallasi Jizzax viloyatining janubi-sharqiy qismida, Zomin tumanining mahobatli tog‘lari oralig‘ida joylashgan.

https://hottg.com/UzEp_Sh_Abdimurodov
"Yashil makon" — vijdonimiz

Kecha AOKA o‘tkazilgan brifingda bosh prokuratura tomonidan 541 ta holatda amalda ekilmagan 1 milliondan ziyod ko‘chatlar hisobotlarga qo‘shib yozilgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, 441 ta holatda 580 ming tup ko‘chatlar sug‘orish tizimi mavjud bo‘lmagan joylarga ekilgan, yetkazib berilgan ko‘chatlar o‘z vaqtida ekilmaganligi sababli 19 mingdan ortig‘i nobud bo‘lgan.

Davlatimiz rahbari "Yashil makon" – vijdonimiz, bo‘lajak hayotimiz, farzandlarimiz oldidagi mas’uliyatimiz", deya ta’kidlagan edi. Yuqoridagi holatlarga yo‘l qo‘yganlarning vijdoni bormikan?!

Hurmatli mutasaddilar, yana qachongacha o‘zimizni aldaymiz? Ekologiyamiz og‘ir ahvolga keldi. Uni qutqarib qolish bugun sizning mas’uliyatingiz va vijdon amringizga bog‘liq.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
#Ekopartiya
#Yashil_makon #Monitoring

O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan ham “Yashil makon” loyihasi doirasida ekilgan daraxtlarning holatini o‘rganish maqsadida jamoatchilik nazorati tadbirlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirlar davomida ham bir qator kamchiliklar aniqlandi.

May oyida olib borilgan monitoringlar 2024-yilda ekilgan ko‘chatlarni sug‘orish va parvarishi bilan bog‘liq yaxshigina muammolar borligini ko‘rsatdi.

Masalan, Namangan viloyati Pop tumanidagi magistral yo‘l bo‘yida 10 dan ortiq tashkilotlarga biriktirilgan hududlarda ekilgan daraxtlarning 50-60 foizi qurigan.

Farg‘ona viloyatining Quva, Toshloq tumanlarida ham sug‘orish tizimlaridagi muammolar sabab ko‘plab ko‘chatlar qurib qolgan.

Mas’ullardan har bir ko‘chatning taqdiriga jiddiy e’tibor qaratishlarini so‘ragan bo‘lardik.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
💧Issiq kunda qancha suv ichish kerak?

AQSH Milliy sog‘liqni saqlash xizmati kuniga 1-2 litr suv ichishni tavsiya qiladi (olti-sakkiz stakan), ammo ko‘plab shifokorlar buni minimal deb hisoblaydi. Issiq havoda uni 3 litrgacha oshirish kerak. Agar juda ko‘p suv ichish qiyin bo‘lsa, ularga ko‘proq muz qo‘shib, mevali ichimlik, limonad shaklida ichish mumkin.

Bundan tashqari, shifokorlar tarkibida suv ko‘p bo‘lgan mahsulotlar — meva, mevali muzqaymoq, sabzavotlarni isteʼmol qilishni tavsiya qiladi. Ammo qahva va spirtli ichimlik suvsizlanishga sabab bo‘ladi, shuning uchun issiqda ularni ichishda ehtiyot bo‘lish kerak.

Bolalar terisi nozik bo‘lgani uchun namlikni tezroq yo‘qotishini esdan chiqarmaslik kerak. Shuning uchun, bunday ob-havoda ular doimiy ravishda va oz-ozdan suv ichishlari kerak. Bunday ob-havoda bolalar va qariyalar uchun bosh kiyim kiyish tavsiya etiladi.

https://hottg.com/UzEp_Sh_Abdimurodov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#jizzax #turizm #maqom

🇺🇿 27–30-iyun kunlari Jizzaxning Zomin tumanida "II Xalqaro maqom san'ati anjumani" o'tkazilishi belgilangan. Ushbu xalqaro anjumanga 70 dan ortiq davlatdan 400 nafardan ziyod xorijiy mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.

🇬🇧 On June 27-30, the Zomin District of Jizzakh was designated to host the " 2nd Maqom Art International Forum ". More than 400 foreign guests from more than 70 countries are expected to attend this international conference.

🇬🇧 27-30 июня в Зааминском районе Джизака состоится "II Международный форум искусства маком". Ожидается, что в этой международной конференции примут участие более 400 иностранных гостей из более чем 70 стран.

https://hottg.com/UzEp_Sh_Abdimurodov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Журналистика ва оммавий коммуникациялар университетида экожурналистика йўналиши очилди

Университетда 21 та бакалавр йўналишида таҳсил олиш мумкин. Айни пайтда бакалавр, магистратура, кечки, сиртқи ва масофавий таълим шаклларига аризалар қабули бошланган.

📝 Онлайн ҳужжат топшириш

☎️ +998-71-207-09-05

👉 Батафсил

https://hottg.com/UzEp_Sh_Abdimurodov
Assalomu alaykum qadrli yurtdoshim!

Sizni Qurbon Hayiti bilan chin dildan muborakbod etaman! Muborak kunda Sizga, oilangiz va yaqinlaringizga baxt, sog'lik-salomatlik va tinchlik tilayman!

HAYIT AYYOMINGIZ MUBORAK BO'LSIN!

Hurmat bilan,
Shohruh Abdimurodov

https://hottg.com/UzEp_Sh_Abdimurodov
HTML Embed Code:
2024/06/16 14:00:20
Back to Top