TG Telegram Group Link
Channel: UniHUB - Reklama agentligi
Back to Bottom
REKLAMA MATNI TA’SIRCHANLIGINI QANDAY OSHIRISH MUMKIN?

Reklama borasida ko‘plab kitoblar yozilgan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, matnlarning 50 foizi his-hayajonli gaplardan iborat. Bu hammaga ma’lum ta’sirli usuldir. Birida umume’tirof faktlar keltirilgan: "Statistikaning ko‘rsatishicha, lavashni hamma yaxshi ko‘radi", " Sevgi qissalari eng ommabopdir". Ayrim his-hayajon gaplarda ma’lum xatti harakatlarni bajarishga chaqiruv bor: "Bu botinkalar shunday tayyorlanganki, oyoqlaringiz unda dam oladi!", " Ilk muhabbat kabi sof! Erkak mushtidek kuchli!...".

Ellipsis usuli – reklama matni uchun qo‘llaniladigan gapdagi jumlaning bir qismi tushirib qoldirilishi orqali uning ta’sirchanligi oshiriladi. Masalan: "Bugun bozorda istalgan turdagi muzlatgichlarni topishingiz mumkin – istalgan turda" (bu yerda "muzlatgich" so‘zi tushirilgan), "Biroq ularning bitta umumiy kamchiligi bor - qimmat" (bu yerda "ular" so‘zi atay tushirilgan)

Ritorik savol usuli – Bunda asosiy urg‘u "siz" olmoshiga beriladi. Asosiy maqsad avval diqqatni o‘quvchining o‘ziga, so‘ng uning ehtiyojiga qaratishdir. Masalan: "O‘qishdan yiqildingizmi? Chet elda o‘qishni istaysizmi? Sizga Inside A agentligi yordam beradi!", " Belingiz og‘riyaptimi? U holda Fastum Geldan foydalaning!".

Matnning savol-javob ko‘rinishida berilishi o‘quvchining e’tiborini tortishda yaxshi samara beradi: "Nima uchun biz ularni bunchalik arzon narxlarda sotyapmiz, nahotki ular o‘g‘irlangan bo‘lsa? Ular o‘g‘irlanmagan, ular huddi o‘sha krossovkalar!",

Tijoriy maqolalar
haqida to‘xtalsak, har qanday reklama beruvchi bunday usulni o‘ziga ep ko‘ravermaydi. Chunki tijoriy maqola saytlarda katta joyni egallaydi. Biroq maqola ko‘rinishidagi reklamalar istemolchilarda maxsulot yoki xizmatga nisbatan ishonch hosil qilishda kuchli vosita ekanligini reklama mutaxassislari yaxshi biladi.

Kanalga ulanish: @UNIHUB_Agentligi
UniHUB agentligi bilan shartnoma tuzgan telegram sahifalarida reklama narxlari

⭕️
DIQQAT: Endi bizga bank orqali pul o'tkazish yo'li bilan ham to'lov qilishingiz mumkin!

To'lov turlari:

Naqd;
Kartaga o'tkazish orqali;
Bank orqali;

Shartnoma tuzish imkoniyati ham mavjud.

Reklama bermoqchi bo'lsangiz @UNIHUB_Agentligi_bot ga yozing

Kanalga ulanish: @UNIHUB_Agentligi
HTML Embed Code:
2024/05/13 19:17:07
Back to Top