Kuni kecha PS Exclusive o'yinlarning navbatdagisi, Ghost of Tsushima video-o'yini PC uchun reliz qilindi. Ammo gamerlar jamiyatining aksariyat qismi bundan norozi.
Gap shundaki, Ghost of Tsushima o'yinini o'ynash uchun PSN (Playstation Network) akkaunt ochish talab qilinadi. PSN servisi esa, dunyodagi sanoqli davlatlarda ishlaydi xolos. Ya'ni, 180ga yaqin davlatlarda ushbu servis ishlamaydi. Bu servis ishlamasa, o'yinni o'ynab ham bo'lmaydi.
O'yin oldindan sotib olishga chiqqanida Steamda juda ko'pchilik sotib olgan, lekin o'z davlatida PSN ishlamasligini anglab yetganidan keyin, bu masalada Steamga arz qilishgandi. Oqibatda Steam o'sha foydalanuvchilar pulini qaytarib berishga va PSN ishlamaydigan davlatlar uchun Ghost of Tsushimaning Steam sahifasi ochilmaydigan qilishga majbur bo'lgandi. Buni orqasidan Epic Games ham shunday qilgan.
O'yinni PC uchun reliz qilishdan maqsad pul bo'lganida, faqat sanoqli davlat fuqarolari uchungina chiqarishmasdiku? Bu masalada fikringiz qanday?
>>Click here to continue<<