MCUda jiddiy o'zgarish bo'ladiganga o'xshayapti.
Bir muddat avval Jonathan Majors ismli aktyor (MCU proyektlarida Kangni gavdalantirgan aktyor) tajovuzkorlikda ayblanayotgani bo'yicha xabarlar tarqalgandi. Shu xabarlar fonidayoq MCUning oldindagi rejalari xavf ostida qoldi, desak bo'ladi.
Bugun bo'lib o'tgan sud majlisida Majors aybdor deb topildi va fevral oyidan boshlab 1 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Xo'sh, bu MCUga qanday tahdid soladi? Marvel muxlislariga ma'lumki, 4-5-6 fazalarga "Multiverse Saga", ya'ni, "Multiolam hikoyasi" nomi berilgan va ushbu fazalar uchun asosiy yovuz qahramon qilib Bosqinchi Kang tanlangan edi. Bosqinchi Kang obrazini "Chumoli Odam: Kvantomania" filmida ko'rishimiz mumkin. Uning multiolamdagi variantlari ham shu kinoda yaxshi ochib berilgan. Shuningdek, uning variantlaridan bo'lgan "He Who Remains" obrazi Loki seriali orqali ko'pchilikka ma'qul kelgandi.
>>Click here to continue<<
