TG Telegram Group & Channel
Ali. Blog | United States America (US)
Create: Update:

Bugun GTA V o'yini 10 yoshga to'ldi.

Zamonaviy o'yinlar ichida eng ko'p daromad keltirgan GTA V video-o'yini chiqqaniga 10 yil bo'ldi. O'yin nafaqat video-o'yinlar borasida, balki butun boshli media olamida eng ko'p daromad keltirgan proyekt hisoblanadi.

Lekin oradan 10 yil o'tsa hamki, GTA 6dan darak bo'lmayapti. Insayderlar, fan klublar adminlari GTA 6 haqidagi yangilik 10 yillik yubiley kunida bo'lishi mumkinligini tahmin qilishgandi. Lekin afsuski, hozircha Rockstar Games kompaniyasi twitter sahifasida 10 yillik bilan tabriklab yozgan xolos. Franshiza davomi haqida hech nima deyilmagan.

Yodinglarda bo'lsa o'tgan yili bir haker Rockstar serveriga buzib kirgan va o'yin haqidagi ma'lumotlarni ommaga tarqatib yuborgandi. Bu haqida POST YOZGANDIM.

Tarqalgan ma'lumotlarga tayansak, yangi o'yin yanada olamshumul bo'lishi aniq. O'yin xaritasi ham yanada kattalashgan edi. Lekin afsuski, haligacha proyekt haqida rasmiy yangilik chiqarilmadi. Balki kun oxirigacha (Amerika vaqti bilan) biror yaxshi yangilik eshitib qolarmiz.

GTA V o'yini grafikasi, syujeti va boshqaruv bo'yicha hozir ham eng old o'yinlardan biri hisoblanadi. Afsuski, o'yin audiosi faqat inglizcha bo'lgani uchun hamma ham syujetni tushunib o'ynay olmagan. Lekin ingliz tilini biladiganlar bo'lsa, bu o'yinni albatta o'ynab ko'rish kerak. Yeslicho, hozir Epic Games magazinida o'yin 50% chegirma bilan sotilyapti.

@TheAliBlog

>>Click here to continue<<

Ali. Blog

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)