TG Telegram Group Link
Channel: Taqdir bitiklari
Back to Bottom
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sesinde aşk var bi' ben duyuyorum
Kalbimde taşla yapamam biliyorum
Sabah olunca çık gel bekliyorum,
Çık gel bekliyorum.


@Taqdir_bitiklari
Agar imtihondan oldin sizda bosim bo’lmasa, ikkita narsadan biri bo’lishi mumkin:

Yoki sizda o’zingizga bo’lgan ishonch juda kuchli.
Yoki, baribir foydasi yo’qligini yaxshi tushunib turibsiz. ))


@Taqdir_bitiklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi kunning eng muhim xabari 18 yoshli o’zbek futbolchisi Abduqodir Husanovning Fransiya vitse-chempioni “Lans”ga o’tgani bo’ldi.

Bu o’tishni shunchaki ta’riflab bo’lmaydi. Hali o’smirlik yakuniga yetmay katta jamoalar nazariga tushish – baxt! Ayniqsa kuchli beshlik chempionati bo’lsa mazzada!

Yoshlar bo’yicha jahon chempionatidagi harakatlaridanoq sezilgandi o’zi hammasi. Nima bo’lganda ham omadini bersin. Keyingi bekat “Real”, “Barcelona”, “Manchester City” kabi grand jamoalar bo’lsin ilohim.

Endi bizda Faqat Eldor Shomurodov emas, Abduqodir Husanovlar ham bor!

O’zi yoshligimdan “Lans”ga muxlis bo’lgandim, deymi. 😁

@Taqdir_bitiklari
Agar ahmoqona harakteringni tushunishdan hech qachon charchamaydigan birini topgan bo’lsang, sen omadlisan.

Sizda bormi shunday inson?

@Taqdir_bitiklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aslida men ingliz tilida qanday gapirardim.

(O’zimcha)


@Taqdir_bitiklari
Senga tor keldi bu ko‘krak,
Sevinching toshdi qirg‘oqdan,
Tilim charchar, ajab, gohi
Seni tarjima qilmoqdan.


Usmon Nosir | ,,Yurak‘‘

@Taqdir_bitiklari
#hozirjavoblik
​​​​Ma’lumki, A.S. Pushkin kalta bo‘yli inson bo‘lgan, ammo u uzun bo‘yli ayollarni juda yoqtirgan. Bir safar u bal vaqti knyagina Gonchakova yoniga borib, uni raqsga taklif qiladi. Knyagina undan sal balandroq edi, shuning uchun shoirga yuqoridan pastga nazar solib, kinoya bilan shunday deydi:

- Janob, kechirasiz, ammo menga bola bilan raqs tushish noqulay.

Shundan so‘ng Aleksandr Sergeyevich xushmuomalalik bilan bosh egib shunday javob qaytaradi:

- Kechirasiz, xonim, lekin men sizning homilador ekanligingizni bilmabman...

@Taqdir_bitiklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shunchaki tanishmiz anchadan beri,
Shunchaki bosh siltab qo‘yamiz ko‘rsak.
Salom va alikdan o‘tmaymiz nari,
Bemajol xo‘rsinib qo‘yadi yurak!


,,Shunchaki tanishmiz anchadan beri...‘‘

🎙 O‘qidi | Gulruh Pirnazarova
✍🏻 Muallif | Malika Tavfiq

@Taqdir_bitiklari
#tundalik
Hayotda doimo yaxshi insonlar, gözal xotiralar, ajoyib narsalarni yodda saqlashga harakat qiling, yomoni shundoq ham esingizdan chiqmaydi...

@Taqdir_bitiklari
#Tonggi_xirgoyi

...Ichimda aytsam ham Baxt degan so‘zni
Jaranglab ketadi ovozim...

©️ Nosirjon Jo‘rayev

Yangi tong, yangi nafas...

@Taqdir_bitiklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yodingizdami | QISH SONATASI |

​​Zavq va orzular zinapoyaga o‘xshaydi. Zinalar o‘tirib, dam olishga moslashmagan. Umrni shu zinalarda behuda o‘tkazmaslik uchun g‘ofillikdan tez uyg‘ongan va hayotning mohiyatini to‘g‘ri anglab yetgan odam naqadar baxtli!

ⓒ Jaloliddin Rumiy

Aktyor va aktrisalar ismini eslayoldingizmi?

@Taqdir_bitiklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Dõstim
Umr - siniq kosadagi suvga õxshaydi. Ichsangiz ham tugaydi, ichmasangiz ham tugaydi. Shunday ekan, hayotdan zavqlanib yashang! Zotan, siz qayg'uga botib yashasangiz ham umr tugaydi, quvonib yashasangiz ham...

Qalbingdagi bitilmish
@Taqdir_bitiklari da...
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yo Alloh! Sen meni shunchaki yaratganing yo'q, shunchaki yashashni men odat qildim!

@Taqdir_bitiklari

​​☔️ Soyabon yomg‘irni to‘xtata olmaydi, ammo yog‘ishini maroq bilan kuzatishingizda yordam beradi...

🕋 Xuddi shuningdek Iymon ham sizdan dunyodagi imtihonlarni to‘sa olmaydi, lekin sinovlar kelganda tik oyoqda turib berishingizga yordamlashadi!

🚪 Hech kim eshigingizni taqillatib kelib, sizga go‘zal kun ulashmaydi.

🗝 Aksincha oʻzingiz - ruhingiz qulflarini chertishi, dilingiz derazalarini ochishi, eng afzalini qozonish uchun harakat va jiddu jahd qilishi kerak bo‘lgan yagona insonsiz!

🍃 Allohga nisbatan doim yaxshi gumon qiluvchi va har narsadan yaxshilik qidiruvchilardan boʻling, aziz dindoshim... Moʻminga mahzunlik yarashmaydi 🙂 ))

Kuningiz xayrli va barokatli oʻtsin.
Assalomu alaykum ))


@Taqdir_bitiklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#esingizdami_bolalik

Biz kelib ketuvchi tõgarak jahon,
Na boshi ma’lum, na sõngi ayon.
Hech kimsa rostini aytib berolmas,
Biz qaydan keldik-u ketarmiz qayon.

Keksa yosh hayotga har kimki yetar,
Hammasi izma-iz, birma-bir õtar.
Bu dunyo hech kimga qolmas abadiy
Ketdilar, ketamiz, kelishar, ketar.

Kelmoq qõlda bõlsa kelmasdim bir dam,
Ketmoq qõlda bõlsa ketmas edim ham.
Juda soz bõlardi bu g'amxonaga
Kelmasam, turmasam, kelib ketmasam.

Afsuski, yigitchilik mavsumi bitdi,
Kõklam õtib ketdi, qish kelib yetdi.
Yoshlik deb atalgan u sevinch qushi,
Bilmadim qachonlar keldi-yu ketdi.


©Umar Xayyom

@Taqdir_bitiklari – ruhiyat manzili...
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eski o‘zimni sog‘indim...

Gunohlari kam, orzulari ko‘p.
Umidlari bisyor, tashvishlari yo‘q
– eski o‘zim! Seni sog‘indim!

@Taqdir_bitiklari – ruhiyat manzili...
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tongga_chorlov

Hayot uyqudur, o‘lim-la uyg‘onur inson.
Sen shoshil, o‘lmasdan avval uyg‘on!

©️ Jaloliddin Rumiy

📚 Taqdir_bitiklari
#Iqtibos

,,Biror narsa qilmoqchi bo‘lsang, uni hozir qilishing kerak. Biror narsa aytmoqchi bo‘lsang, uni hozir aytishing kerak. Va eng asosiysi, hammasini bir o‘zing amallashing darkor.
Bu sening hayoting, vafot etadigan ham sensan, yo‘qotadigan ham.‘‘


Sesiliya Axern ,,Men seni uchratgan yil‘‘

Taqdir bitiklari – ruhiyat manzili...
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#umid
Men so‘nggi lahzalargacha umidimni yo‘qotmayman. Toki oxirgi nuqta qo‘yilmaguncha...

O‘zimga o‘zim deyman:
,,Biz eplaymiz... Eplashim kerak!‘‘
Men buni doimo takror va takror aytaman. Xuddi istig‘for kabi...
Bu mening motivatsiyam!

Taqdir bitiklari – ruhiyat manzili
Haqiqat osmonda, yerdan qidirma,
Izlasang, imkon bor, lekin bildirma.
Malomat ortingda, ig'vo izingda,
Bariga qo'l silta, ruhni sindirma!


@Taqdir_bitiklari – ruhiyat manzili
HTML Embed Code:
2025/07/06 09:54:14
Back to Top