TG Telegram Group Link
Channel: Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining rasmiy kanali
Back to Bottom
Termiz agrotexnologiylar va innovatsion rivojlanish instituti, 06.01. 09-"O'simliklarni himoya qilish" ixtisosligi bo‘yicha 1-bosqich tayanch doktaranti S.A.Botirov, q.x.f.d., professor v.b. A.Xaytmurodov ilmiy rahbarligida, "Surxondaryo viloyati sharoitida karam zararkunandalarini o'rganish asosida qarshi kurash tizimini takomillashtirish" mavzusida Sherobod tumanida olib borilayotgan dala-tajribasi aprobatsiyadan o'tkazildi. Komissiyasi a’zolari, Agrobiologiya fakulteti dekani q.x.f.n., dotsent D.Jumanov va bir guruh professor-o‘qituvchilar aprobatsiyada qatnashib, tayanch doktorant tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini ijobiy baholab, tadqiot davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatildi hamda o‘zlarining kerakli bo‘lgan tavsiyalarini berib o'tdilar.
#Yoshlar_ittifoqi
#Ekologiya

🏛O'zbekiston yoshlar ittifoqi Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti boshlang'ich tashkiloti hamda Ekologik partiya hamkorligida xalqaro maydonda tanilgan “Clean Games” ekologik o'yini o'tkazildi.

⚡️“Clean Games” ekologik o'yinida 30 dan oshiq yoshlar faol qatnashib 85 kg chiqindi yig'ildi. G'olib deb topilgan guruhlar 1,2 va 3 o'rinlarni egallab partiya tomonidan estalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
O‘quv tanishuv amaliyoti....

🔰Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti Agronomiya, qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasi urug‘chiligi kafedrasi assistenti K. Yuldoshev ikkinchi bosqich 220-guruh Agronomiya (Anorchilik) taʼlim yo‘nalishi talabalariga Melioratsiya va yer tuzish fanidan olayotgan bilimlarini yana-da mustahkamlash maqsadida Termiz shahridagi Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasida O‘quv tanishuv amaliyoti tashkil qilindi.

🔰O‘quv tanishuv amaliyoti davomida talabalar nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llab ko‘rishdi. O‘quv tanishuv amaliyoti soha faollari bilan birgalikda Kadastr sohasiga oid maʼlumotlar berilib talabalarning Kadastr sohasiga oid nazariy bilimlari mustahkamlandi. Talabalarning fanga bo‘lgan qiziqishi yana-da ortdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_ittifoqi
#Ekologiya

🏛O'zbekiston yoshlar ittifoqi Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti boshlang'ich tashkiloti hamda Ekologik partiya hamkorligida xalqaro maydonda tanilgan “Clean Games” ekologik o'yinidan video rolik📸
HTML Embed Code:
2024/06/05 23:21:11
Back to Top