TG Telegram Group Link
Channel: Sojida Karimova
Back to Bottom
Kim menda sovg'a olishni xohlaydi😎

Ertaga shu kanalda kichkina konkurscha o'tkazamiz😍 (odam podam qo'shishmas😁). Men sizga savol yoki shart beraman. Birinchi va to'liq bajargan bir kishiga 30 ming so'm kartasiga tashlab beramanπŸ™ˆ

Bilaman, ko'p pulmas, lekiin qadrli men uchun😁

P. S Savol yoki shart to'liq bilimga bog'liq bo'lmasligi mumkin. Tez uddalagan odam yutishi ham mumkin.

Ertaga, O'zbekiston vaqti bilan kechki 8 da boshlaymiz. 2 ta savol o'ynaymiz, shu yerda bo'ling 😁
Siz ham TEKINGA xuddi shu kursimizdagidek o'zgarishlarni xohlaysizmi?

Ertadan boshlanadigan bepul 10 kunlik challengega qo'shiling😌

Shartlari batafsil: https://hottg.com/Sojida_Karimova/1563

Ertaga oxirgi kun❌
Surprise, surprise😍

10 kun ichida to'liq va kamchiliksiz vazifa jo'natgan, chellenje oxirigacha yetgan hammaga IELTS INTENSIVE kursi uchun 15% lik chegirma beramizπŸ€‘

Bilasiz, hech qachon kursga skidga qimaganman. Chunki bu skidkalik kurs emas😌 Lekin 10 kun bizni rejimda shug'ullana olgan inson bizni kursimizda deyarli qiynalmaydi. Shuning uchun ham imkon bermoqchimiz😁

Albatta qatnashing va oxirigacha keling❀️
Birinchisi ancha oson😁

Eplesila. 30 miingπŸ€‘
BoshladikπŸ€“βœ…
Demak birinchi shart: Men quyidagi jo'natgan 20 sekundlik A2 leveldagi audioni so'zma-so'z, punktuatsiya va imlo qoidalariga rioya qilgan holatda yozib kommentga jo'nating.

Shu post commentiga jonatasiz.

Birinchi jo'natgan va to'gri jo'natgan odam g'olib. Boshladik🫑
Shu qiz to'liq va to'gri yozdilaπŸ˜βœ…
Keyingisiga tayyormisila. Bunisi osonroq😁
Maktabda 9-sinfda tushgan vinetkangizdan sind rahbaringiz va direktoringiz bor joyini jo'nating😁

Kim birinchi jonatsa yuttiπŸ“Œ
Rasm tashab bomas ekan. Uzurasila. Bunisi hisobmas😁

Boshqa beraman.
Funny farm idiomasining ma'nosi nima?

Inglizcha definition yozilsin!!!
Shu qiz birinchi va definition bilan yozdila😁

Hammaga rahmat❀️
Ja mas'uliyatli ish ekan. QiynaldimeeeπŸ˜…

Maboooodo Bobur Bankdan kanalimni aktivligini ko'tarish uchun yana investitsiya olsam, keyinroq yana o'tkazamizπŸ€£πŸ˜… Hamma Bobur Bankni puliga baraka so'rab duo qivorsin.

Ertaga 10 kunlik challenge boshlanadi. Qatnashayotganlar bilan ertaga zoom o'tkazaman😍

Hammaga rahmat❀️
Sevgan ishingni qilish kerakmi?

Men odatda turmush o'rtog'imdan taxminan 4 pog'ona pastda fikrlaymanπŸ˜…Eng maksimal va mukammal o'ylab fikrimni aytgan holatimdayam kaltaroq o'ylagan bo'laman. Xullas, 2-3 yil aytgan gaplarini endi endi bitta-bitta tushunyapman. Shunaqa bahsli mavzularimizdan biri haqida bitta video ko'rib anchagina fikrim kalta ekanligini bildim.

Avval doim bahslashganda, men odam sevgan ishini qilishi shart derdim. O'zimam sohamni o'zgartiraman deb ko'p aytganman.

Lekin " yillab sarflagan umring va energiyang bekor ketmasligi uchun bir yo'nalishda ketish kerak" degan fikrda bo'lganlar doim. Xullas sizga 2 ta you tube video linkini qoldiryapman. Oxirgi kunlarda men ko'rgan eng saviyali kontent. Menga yoqdi.

Aslida sevimli ish g'oyasi ham sal notog'ri singdirilganini tushunyapman.
Bu ikkala video ham aynan hozirgi yoshlarga kerak. Hammaga ko'rishni tavsiya qilurmen.

Aslida hamma yaxshi bilgan sohasini seva oladi degan ma'no bor.

Fikringizni albatta bo'lishing.

https://youtu.be/0GsI8FVVgqw?si=l1skcNqGZQZkOAkn

https://youtu.be/G5t_L4EudcU?si=dKNRBpxBxeAwTzsH

@Sojida_Karimova
Sojida Karimova
Shuning uchun ham TEKINGA 10 kunlik challenge o'tkazmoqchimiz🀩 Bu 10 kunda kursimizda biz beradigan materiallardan bir qismini o'rganib, IELTS uchun qanaqa qilib tayyorlanish kerakligini bilib olasiz. Har kuni sizga topshiriqlar beramiz va bajarishingizni…
Chellenje boshlandiπŸ€“

Bugun birinchi jonli darsni o'ttim. Hozir 96 ta qatnashchi bilan boshlayapmiz. Ko'ramiz oxirigacha nechta qolarkin.

Har kuni script yozish, yodlagani vocabulary, speaking assignment, video and article summary beriladi. O'rtacha 2-8 soat vazifa qilish kerak shuncha narsani qilish uchun🀯

Kimlar chiday olarkan?

Bu yaxshi tugasa endi Koreyaga o'qishga keluvchilar uchun zo'r yangilik aytaman❀️
2022-yili Koreyaga o'qishga topshirayotgan paytimda, men agentliklar bilan hujjat topshirayotgan ko'pchilik bilan suhbatlashgandim. Eng arzoni 600$ dan 5000$ gacha to'lab hujjat qildirishayotganlarni ko'rgandim.

Ular esa menga ajablanishardi, "Nima o'zi hujjat qilsayam bo'ladimi???" deb. Xullas kalom, o'sha agentlik bilan hujjat qilganlarni 70% i aldandi. Kimnidir dadasi mashina sotib bergandi. kimdir qarz olgandi, kimnidir uydagilari yillab to'plagan pulini bergandi...

O'shanda men xalqimiz haliyam sodda, haqqini va huquqini bilmaydigan, ilmsiz ekanligi ortidan ham talanishini, odamlar o'ziga mahkam bo'lishni o'rganmas ekan, bunday aldovlar hecham tugamasligini tushungandim. Kimni gapi ishonchli, kimniki yolg'on ajrata olmaymiz. Shunchaki "isbot, dalil, hujjat ko'rsatingchi?" deyolmaymiz. Shuni orqasidan judayam qiynalamiz. O'ziga mahkam bo'lsa, "shustriy" bo'lsa yomon deb o'ylaymiz. Birovni haqqini yema, lekin haqqingni birovga berma.

Kimlarnidir gapiga , keraksiz mish mish yoki xabarlarga emas, rasmiy, yozilgan, qonuniy kuchga ega hujjat va dalillarga ishonib ish qiling. Hamma vaziyatdayam. Aldanib bo'lib oh-voh qilishdan foyda yo'q. Hammani o'zingizga o'xshatmang. Bitta igna bersangizam tilxat , rasm, audio yoki video bilan tasdiqlab, keyin ish qiling.

Aslida butun dunyo universitetlariga hujjat topshirish jarayoni kandidatning O'ZI qila olishi uchun mo'ljallangan. Hamma narsani SIZ qila olishingiz uchun qulaylashtirgan. Unchalik murakkab narsa ham yo'q. So'rab, surishtirib qilish mumkin bo'lgan ish.

Ozzzzgina sabr va qunt kerak xolos. Ota-onangizni millionlab pulini sarflashingizga arzimaydi. Amerikaga topshirasizmi, Yevropagami, hamma narsani internet orqali qila olasiz. Qiyin emas. Iltimos nimanidir maqsad qilsangiz, oxirigacha yeting❀️

Please, just use it🧠
Ishlatgani berilganuuuu axiir🀯

@Sojida_Karimova
Chet el universitetlariga qabul yilda 2 marta bo'ladi. Bahorgi va Kuzgi semester uchun. Odatda to hujjat topshirishdan, viza olguncha taxminan 3 oydan 6 oygacha vaqt ketadi. Shuning uchun ham 6 oycha oldindan harakatni boshlash kerak.

Taxminiy jarayon quyidagicha:

1. Online ariza topshirish
2. Online suhbatdan o'tish
3. Hujjatlarni asl nusxasini jo'natish
4. Kontrakt to'lash
5.Viza olish

Oldindan til sertifikati, qizil pasport, Ota-onani pasporti tayyor turishi kerak. Qolgan hujjatlarni o'sha vaqtda qilinadi.

Siz qaysi davlatga o'qishga topshirmoqchisiz?
@Sojida_Karimova
HTML Embed Code:
2024/06/01 09:43:38
Back to Top