TG Telegram Group Link
Channel: Sirdaryo tumani hokimligi
Back to Bottom
😄Коррупцияга қарши курашишнинг муҳим жиҳатлари тушунтирилди

Сирдарё вилояти солиқ бошқармасининг Шахсий хавфсизлик бўлими ходимлари томонидан мунтазам равишда жойларда коррупцияга қарши курашиш борасида ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар билан ҳамкорликда шахсий таркиб ўртасида бевосита мулоқотлар ташкил этилмоқда.

Сирдарё тумани солиқ инспекциясида ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар вакиллари иштирокида ўтказилган тадбирда солиқ соҳасини коррупциядан ҳоли тизимга айлантириш ва бу борада қилиниши лозим бўлган ишлар тўғрисида сўз борди.

Таъкидланганидек, давлат хизматчилари энг аввало касб этикаси, ички меҳнат тартиби ва одоб ахлоқ қоидаларига риоя этиши, ҳалоллик вакцинаси билан эмланиши лозим. Ҳар бир солиқ ходими “Солиқчи-кўмакчи” тамойили асосида тадбиркорларга яқиндан ёрдам бериши, манфаатлар тўқнашувига йўл қўймаслиги, солиқ ходимлари орасида коррупцион ҳолатларнинг олдини олишда энг аввало жамоада коррупцияга нисбатан муросасиз муҳитни шакллантириш кераклиги тушунтирилди.

Шунингдек, тумандаги савдо дўконлари ва аҳоли гавжум жойларда коррупцияга қарши курашда жамоатчилик назоратининг аҳамияти катта эканлиги борасида фикр билдирилиб, бундай салбий ҳолатларнинг олдини олиш мақсадида буклетлар тарқатилди, ҳамда мурожаат учун махсус телеграм боти ҳақида тўлиқ маълумот берилиб, ишонч телефонлари эслатилди.


📱@Sirdaryotumanpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😄Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining navbatdagi muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Unda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Murodjon Hayitov, tuman hokimi maʼnaviyat va maʼrifat kengashi raisi Musurmonqul Xatamov hamda kengash aʼzolari, mahalliy davlat va jamoat tashkilotlari masʼullari ishtirok etdi.Yig‘ilishda yil boshidan buyon tumanda maʼnaviy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan ishlar, bu borada ishchi guruhning o‘tkazgan o‘rganishlari natijalari tanqidiy muhokama qilindi.

Ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklardan kelib chiqib, Sirdaryo tumani Sport maktabi, Qishloq xo‘jaligi bo‘limi, Tibbiyot birlashmasi, Xalq bank tuman filiali, Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi hamda Elektr taʼminoti rahbarlari ogohlantirildi.Keltirib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun sinov muddati berildi.Shuningdek, sohaga oid qarorlar ijrosini taʼminlash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirish yuzasidan kelgusidagi asosiy vazifalar belgilab olindi.


📱 @Sirdaryotumanpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😄Ibratli oila yurt ko'rki

Sirdaryo tumani Oqibat mahallasida istiqomat qiluvchi Tashaliyevlar oilasi 15-may Oila kuni munosabati bilan “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan edi.Shu munosabat bilan bir guruh mahalla faollari Tashaliyevlar oilasida bo‘lib ularning xursandchiligiga sherik bo‘lishdi.

📱 @Sirdaryotumanpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😄Yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) tartibini bilasizmi?

Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) qanday tartibda amalga oshiriladi?
O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi 23-moddasiga asosan yer uchastkalarini mulk qilib berish (realizatsiya qilish), doimiy foydalanish uchun va ijaraga berish yer ajratish tariqasida amalga oshiriladi.

Batafsil 👇
https://telegra.ph/Yer-uchastkalari-berish-realizatsiya-qilish-tartibini-bilasizmi-05-20

📱 @Sirdaryotumanpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

✔️2024-yilda Oʻzbekistonda 100 mingta xonadonli koʻp qavatli yangi uylar quriladi.
✔️Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtojlarga shaxsiy uyini qurishi, taʼmirlashi uchun 120 mln soʻmgacha ipoteka kreditlari ajratiladi.
✔️15-maydan ipoteka uchun subisidiyalar olishga arizalar berish boshlandi.

➡️Qoraqalpoq tilida

📱 @Sirdaryotumanpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HTML Embed Code:
2024/05/21 04:55:31
Back to Top