TG Telegram Group Link
Channel: Sotuvchi
Back to Bottom
📰Bugun ikkita xabarni e'lon qilamiz:

1. «Poyga» dasturi yakunlandi. Yuqoridagi photoda sovrindorlar ro'yhatini ko'rishingiz mumkin. Sovg'alar tayyor bo'lgach, topshirish vaqti va tartibi e'lon qilinadi

2. Dubai safari qatnashchilari 10-sentyabr kuni 🛫 TAS - DXB 🛬 yo'nalishida uchib ketishadi

✈️ Safar qatnashchilari:
Mirzali Tillaev
Usmonjon Mokhirjonov
Arslonbek Asadov
Davlatjon Tojikuziev
Dilshodjon Tojikuziev
Zukhriddin Tillaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ekspertlar Dubai safarida 🇦🇪
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shaxboz Mardonovni Umra ziyoratiga yubordik
🎄 Sotuvchi.com jamoasi barchani kirib kelayotgan 2024-yil bilan tabriklaydi!

❤️ Yangi yil sizga faqat baxt, sevgi va tinchlik olib kelsin! Uyingizda tinchlik bo'lsin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔔O'zingizni yangi yo'nalishda sinab ko'rishga tayyormisiz?

Nima deb o'ylaysiz, uy sotish qo'lingizdan keladimi?

🏠 Saytga noodatiy offer qo'shdik. Toshkent shaxrida joylashgan uyni soting, mukofot 50 million so'm.

🫰Narx: 140 000$ Narx qattiq belgilangan emas, xaridorga qarab yuramiz.

🏠Uy haqida ma'lumot:
2.2 sotix maydonda, Sergeli tumanining Choshtepa mahallasida joylashgan, Choshtepa metro bekatiga yaqin, zamonaviy Hi-Tech uslubidagi 7 xonali hovli! Ushbu ikki qavatli uyning umumiy yashash maydoni 205 kvadrat metrni tashkil etadi va qo'shimcha ravishda yerto'la hamda terassaga ega.

Uyning ichki tuzilishi quyidagicha: 1-qavatda 2 ta yotoqxona, keng zal va oshxona mavjud. Yerto'la qismida esa 4 ta qo'shimcha xona joylashgan. 2-qavatda yana 2 ta yotoqxona va 2 ta bolalar xonasi. Undan tashqari balkon, tapchan va avtomobil uchun mo'ljallangan joy mavjud. Uy 100% pishgan g'ishtdan qurilgan va hozirda "karobka" holatida (ya'ni ichki bezak ishlari tugallanmagan).

Hovli atrofida barcha zarur kommunikatsiya xizmatlari mavjud: asfaltlangan ko'cha, kanalizatsiya tizimi, internet, suv, gaz va elektr ta'minoti. Ya'ni, uyga barcha zamonaviy qulayliklar o'rnatilgan.

Joylashuvi jihatidan ham juda qulay: maktab, bog'cha, supermarket, ipodrom, Abu Saxiy bozori va Choshtepa metro bekatiga yaqin

Ishlatish uchun landing sahifalar:

https://sotuvchi.com/p/single-property

https://sotuvchi.com/p/duplex
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Uyni qanday auditoriyaga reklama qilish bo'yicha ChatGPT tavsiyasi
🎖️ Bugun, 14-yanvar - Vatan Himoyachilari kuni munosabati bilan, sizni chin qalbdan tabriklaymiz

🇺🇿 Sizning har bir mehnatingiz, bizning jamoaga kuch va ilhom baxsh etadi.

🛠️ Har biringiz o'z sohangizda, vatan himoyachilari kabi, mamlakatimiz taraqqiyoti uchun tinimsiz mehnat qilmoqdasiz. Sizning fidoyilikingiz va jonkuyarligingizni chuqur qadrlaymiz.

👏 Bu maxsus kunda, sizning professional mahoratingiz va mehnatkashligingizni alohida e'tirof etmoqchimiz. Sizlar bizning g'ururimizsiz va har bir yutug'ingiz bizni yanada yuksak maqsadlarga intilishga ilhomlantiradi.

🤝 Sotuvchi.com oilasi sifatida, bir-birimizni doimo qo'llab-quvvatlashimiz va birgalikda yangi muvaffaqiyatlarga erishishimiz muhim. Sizning har bir harakatingiz va intilishingizni nihoyatda qadrlaymiz.

🎉 Vatan Himoyachilari kuningiz bilan!
Saytdagi barcha videolarni @Creativelar kanaliga joyladik
E'tibor bering!

Hozirgi vaqtda .ru zonasidagi domenlar DNSSEC bilan bog'liq muammolar tufayli ishlamayapti.

Bu vaziyat faqatgina Sotuvchidan xarid qilingan domenlarga emas, balki .ru zonasidagi barcha domenlarga ta'sir qilmoqda.

Agar sizning web-saytingiz .ru domenida joylashgan bo'lsa, vaqtinchalik boshqa domenga o'tishni maslahat beramiz. Bu muammo tez orada hal qilinishiga umid qilamiz.

Shu bilan birga, domeningizni boshqa zonaga ko'chirish bo'yicha qo'shimcha ma'lumot va yordam uchun @yetakchi'ga murojaat qilishingiz mumkin.
Rossiyaning Минцифра xabariga ko'ra, .ru zonasidagi saytlarga kirish tez orada tiklanadi.

Bu muammo ustida Internetning Texnik markazi va MCK-IX mutaxassislari ishlamoqda.

Hozirgi vaqtda Milliy domen ismlari tizimining abonentlari uchun muammo hal qilingan va tiklash ishlari davom etmoqda
🌐 "Sotuvchi.com"da qo'shimcha domen sotilishi boshlanganiga 1 yil to'ldi.

📆 Domenning amal qilish muddatini uzaytirishni istasangiz, Sotuvchi.com'ga kirib, kelgusi yil uchun to'lov qilishingiz kerak
🔔 Buyurtma qabul qilishda yangilik!

Endi xaridorlar buyurtma berganidan keyin, to'liq formani to'ldirish sahifasiga yo'naltiriladi. Bu jarayon orqali, formani to'ldirgan xaridorning buyurtmasi avtomatik ravishda qabul qilinadi, bu esa jarayonni tezlashtiradi va xaridorlar uchun qulaylik yaratadi.

Target reklama orqali kelgan leadlar uchun bu jarayon ta'sir qilmaydi. Agar xaridor formani to'ldirmasa, operator xaridor bilan bog'lanib, buyurtmani qabul qiladi.

Bu yangilanish, xaridorlar uchun tezkor va oson buyurtma jarayoni hamda kompaniya uchun samarali mijoz xizmati imkoniyatini beradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
NIMA YAXSHI KETYAPTI, SHU KUNLARDA?

1. Har doimgidek «Al Asma Ul Husna!»
2. «Soat va 3 ta blak uzuk!»
3. «Furqon ustoz joynamozi!»
4. «Oyatal Kursi Kuloni!»
5. «Lilo Vibration»

8-MARTGA KAM VAQT QOLDI. NIMA SOTAMIZ?

1. Ona va ayollarimiz uhcun «Al Asma Ul Husna!» 😁
2. Singil uchun «Mushuk naushnik»
3. Qadrli uchun «Vercage Parfume va Husna Taqinchog'i!»
4. Muslimalarga «Oyatal Kursi Kuloni!»
💐 Bahor, gullar va Xalqaro xotin-qizlar kuni

Siz, aziz Sotuvchi.com'ning ayol operatorlari, mijozlarning ko'nglini topishda har kuni katta mehnat qilasiz. Har biringizga Gavharshod Begimning bilimdonligi, Umida Xodjayevaning iste'dodi, Shirin Muratovaning go'zalligi va Zebo Posho qizi G'aniyevaning jasoratini tilaymiz.

Har kuni, har hafta va istalgan paytda — o'zingiz xohlagan kabi bo'ling, ishda va hayotda ulkan muvaffaqiyatlarga erishing. Yodingizda tuting, sizning sadoqatli yordamingiz va professionaliligingiz bilan Sotuvchi.com har kuni o'z mijozlariga yanada yaxshi xizmat ko'rsatishga qodir. Bayramingiz bilan! 💜
🌙 Sotuvchi.com kompaniyasi sizni muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan chin dildan tabriklaydi. Ushbu sharafli oy davomida sizning barcha duolar va niyyatlaringiz ijobat topishini tilaymiz.

Hayotingizda baxt, osoyishtalik va xotirjamlik hukmron bo’lishini, oilangiz esa tinchlik, farovonlik va iliqlik bilan o’ralgan bo’lishini istaymiz. Ramazon siz uchun ruhiy poklanish, ma'naviy yuksalish va ichki tinchlik manbai bo’lsin.
Saytdan foydalanish shartlariga o'zgarishlar kiritildi

Ushbu o'zgarishlar platformaning samaradorligini oshirish, ta'minotchilarga o'z mahsulotlarini samarali boshqarish imkonini berish, shuningdek, qulay va ishonchli xizmat ko'rsatish maqsadida joriy etilmoqda.

Foydalanuvchilarning saytdan foydalanishda davom etishi ushbu shartlarni qabul qilganini bildiradi. Batafsil ma'lumot va shartlarni quyidagi havola orqali o'qishingiz mumkin: Sotuvchi.com Foydalanish Shartlari
Ramazon hayiti muborak boʻlsin

🌙 Aziz Sotuvchilar Sotuvchi.com jamoasi sizni va yurtimizdagi barcha moʻmin-musulmonlarni ulugʻ ayyom Ramazon hayiti bilan muborakbod etadi. Tinchlik, osoyishtalik, barokat, farovonlik sizdan va sizning xonadoningizdan hech qachon arimasin.
🥳 Yangilik!

Sotuvchi.comda yangi “Musobaqa” bo‘lim ochildi! Bu musobaqa oz vaqtga va barcha sellerlar uchun mo‘ljallangan! Avvalgi musobaqalar katta masshtabni bo‘lgani uchun ko‘plab «Webmaster» musobaqada qatnasha olmagan! Shu sabablar bilan musobaqalar kichiklashtirildi va barcha sotuvchilar uchun moslashtirildi! Endilikda siz bir necha haftada yoki 1-2 oy davomida bo‘ladigan musobaqada qaynoq sotuvlar bilan yutuqqa erishishingiz mumkin! Bellashuvlarni Sotuvchi.com va «Taminotchi»lar kelishib amalga oshiriladi!

📜 Qoidlar:

1. Musobaqada marraga yetib borgan har bir ishtirokchi bir xil yutuq(pul, mahsulot, telefon yoki boshqa bir sovg'alar) oladi yoki 1-o'rindan boshlab yutuqlar pastlashi mumkin. Buni o'sha bo'limni o'zidan ko'rib olasiz!

2. Musobaqa boshlangan vaqtdan boshlab tugaguniga qadar amalga oshirgan sotuvlar xisobga olinadi!

3. Qatnashish uchun shunchaki belgilangan mahsulotni sotish kifoya! Alohida oqim ochish yoki boshqa harakat qilish shart emas!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
9-may — Xotira va Qadrlash kuni. Keling, bugun Decillion.uz'ni xotirlaylik. U haqida eshitganmisiz?

Decillion 2018-yilda ishga tushgan, keyinchalik "Sotuvchi" nomi bilan o‘zbek tilida qayta tashkil etilgan.

Yuqoridagi video 2018-yilning noyabr oyida olingan bo‘lib, unda o‘sha vaqtdagi Decillion.uz sayti (hozirgi sotuvchi.com) tasvirlangan.

Siz bu versiyani ko'rganmisiz?
HTML Embed Code:
2024/05/16 00:17:31
Back to Top