TG Telegram Group Link
Channel: SMM va Marketing
Back to Bottom
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Biz bilardik, biz kutgandik"

😉 Samsung kompaniyasi atigi bir videorolik bilan to'xtamadi.

😁 Kutib oling Samsung kompaniyasining yana bir kreativ videoroligi. Video haqida fikringizni izohlarda qoldiring! 💬

Facebook || Instagram || Telegram
#Тезкор_хабар
⚡️«Ўзкомназорат» Telegram, YouTube, Instagram, Facebook, Odnoklassnikiнинг Ўзбекистондаги фаолиятини чеклади

Ахборотлаштириш ва телекоммуникациялар соҳасида назорат бўйича давлат инспекцияси («Ўзкомназорат») Telegram, YouTube, Instagram, Facebook, Odnoklassniki
нинг Ўзбекистондаги фаолиятини чеклади

Июль ойи аввалида TikTok, Twitter, Skype, «ВКонтакте»нинг Ўзбекистондаги фаолияти чекланган эди.  

Кейинроқ ушбу платформалар қаторига Хитойнинг WeChat ижтимоий тармоғи ҳам қўшилганди


👉
@Kunxabariofficial
Forwarded from UzNews
⚡️Заблокированные ранее социальные сети вновь заработали в Узбекистане

Президент, узнав о решении «Узкомназорат», поручил в срочном порядке разблокировать социальные сети.
https://uznews.uz/ru/article/35593/

@uznews
Forwarded from Xushnudbek.uz
⚡️Бош вазирнинг қарорига асосан Ахборотлаштириш ва телекоммуникациялар соҳасида назорат бўйича давлат инспекцияси бошлиғи Зияев Ғолибшер Мелибоевич нотўғри ва келишилмаган хатти-ҳаракатлари учун эгаллаб турган вазифасидан четлатилди.


👉 @xushnudbek 👈
TikTokni ham blokdan olishsa zo'r bo'lar edi )) 😅

✍️ Fikringizni izohda qoldiring!
​​SMM o'yinchoq emas! (SMMchi ham)

📈 Ayrim kompaniyalar SMM orqasidan kasodga uchragan! Sababiga qiziqdingizmi? Gap shundaki SMMchilarning mahsulot haqida tushunchasi yo'qligida yoki mintalitetimizga to'g'ri kelmaydigan postlardadir.

🤦🏻‍♂️ Yana bir xolat hamma SMMchilarga tanish bo'lsa kerak! Kompaniya egalari SMMchilardan shunday narsalar talab qiladiki, SMMni tashlab doktor bo'lging keladi.

😁 "Xulosa"ni izohlarda kutaman. SMMchilar, muammolarni to'kib-soching!
🔥

Facebook || Instagram || Telegram
​​Biz sizni sog'indik! Sizchi?

Anchadan buyon SMM va Marketing sahifalarida postlar aylanmay qoʻydi. Yangiliklar koʻp ammo ularni ulashish uchun ozgina vaqt tigʻizlik qilmoqda... ((

🧭 Endigina SMM sohasiga kirib kelayotganlar, SMM sohasi boʻyicha ishga joylashmoqchi boʻlgan insonlar uchun maslahat va maʼlumotlar kerak.

📲 Agar sizda SMM sohasi boʻyicha yoki ishga joylashish borasida savollar boʻlsa @SMMvaMarketing_bot'ga murojaat qiling! Biz tezda javob beramiz.

Facebook || Instagram || Telegram
​​Achchiq marketing ((

😶 Mijozlardan fikr soʻrash nooʻrin. Ularni shunga majbur qilish lozim!

Misol uchun:
Siz ularga, nima qilayotganingiz haqida qisqacha maʼlumot berib, maʼlum bir narxda mahsulot yoki xizmatni taklif qilishingiz mumkin. Agar ular rozi boʻlmasa, demak siz hali ham sotishni bilmaysiz.

Mijozlarni majburlay olmadingizmi? Sababini axtarish kerak ))

Facebook || Instagram || Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Iskandar Buildiiiiiiiiiiings!

🔥 Iskandar Buildings'dan musiqaviy reklama roligini qarishi oling.

Fikrlarni izohlarda kutamiz ))

Facebook || Instagram || Telegram
@tgStat_bot'dan kanalimiz natijalari ))
Yangi yilga katta o'zgarishlar deya, Telegram rivojlanishdan to'xtamayapti.

🆕 Telegram 8.4 • Reaksiyalar, yashirin matn, tarjima va QR kodlar

Telegram'ning ushbu yildagi 12-yangilanishida reaksiyalar, xabarlarni tarjima qilish, mavzulashtirilgan QR kodlar, yashirin matn va boshqalar taqdim etildi.

To'liq ma'lumot olish

Facebook || Instagram || Telegram
​​SMMchi improvizatsiya qila olishi kerak!

Sizga shifoxonaning SMMini yuritish uchun soʻrov tushdi. "Bu sohasini tushunmayman" deb “krest” qo'ygan SMMchi, oʻziga ishonmaydigan, qoʻpol qilib aytganda ojiz SMMchidir.

🎥 Aktyorlarga .... mana shu “obrazda” rol oʻynab koʻring desangiz, “Bu mening xarakterimga toʻgʻri kelmaydi” desa u haqiqiy aktyor emas. Ishtirok etgan kino, seriallarini ham koʻrsangiz 3 - 4chi darajali rollarda oʻynagan.

Masalan bir varaq sheʼr yozib kelib musiqachiga bersangiz va “rep” qilib aytib berishini soʻrasangiz, “Ho'p” deb aytib berdimi u tajribali, u har qanaqa yo'nalishda shug'ullangan.

📌 SMMchimisiz? Unda universal boʻling! Chunki kelajakda universal boʻlmaganlar SMM bozoridan chiqib ketadi. Siz ham SMM sohasida improvizatsiya qila olishingiz shart!

© Saidkarim Muhtorxoʻjayevich

Facebook || Instagram || Telegram
Siz milliard dollarlik kompaniyada ishlamayapsiz

🧐 Hozirgi SMMchilar obunachi ko'paytirish kerak bo'lsa ham targetga yopishadi. Agar biznes yangi bo'lsa, biznes egasini moddiy tomondan qiynashi mumkin. Chunki u ham pulni uchma uch ishlatadi.

🙃 O'zingizni biznes egasining o'rniga qo'yib koʻring. Ha siz tekinga reklamalar qilishni o'ylashingiz aniq. Tekinga reklama oladigan joy qolibdimi desangiz qattiq adashasiz. Nakrutkasiz ham, targetsiz ham faol obunachi to'plasa bo'ladi.

🤔 Qanday deb o'zingizga savol bering! Siz faqat to'g'riga qarab ketavermasdan yon atrofingizga ham qarang. Balki chap tomoningizda bog' va bog'ning ichida olma bo'lishi mumkindir. Olmani uzish uchun egasiga 2 og'iz shirin so'z aytsangiz kifoya.

😊 Osmondan tushing SMMchilar. Siz milliard dollarlik kompaniyada ishlamayapsiz. Birdaniga hammasini zo'r qilib ketish uchun siz kamida 3ta SMM kursida o'qib chiqishingiz kerak. 4-5ta kompaniyada tajriba yig'ishingiz kerak.

😉 Raqobatchilaringizga oldin siz dars bergandirsiz. Ularni bilimini mensimassiz. Ammo siz o'zingizcha chala bilimi bor deb baholagan o'quvchingiz, sizdan 10 barobar ko'p pul topib turibdi.

Xulosa o'zingizdan. Fikrlarni izohlarda kutamiz ))

Facebook || Instagram || Telegram
Forwarded from Abalog
​​#najottalim #internetmarketing

Najot Ta’lim markazi bilan hamkorlikda onlayn SMM Basic kursini olib borishimizdan xabaringiz bor. Ohirgi vaqtlarda shu kurs dasturiga o’zgarishlar kiritish borasida ko’p o’ylaydigan bo’lib qoldik.

Chunki, soha mamlakatimizda rivojlanayapti, mutaxassislar ko’paymoqda. Boshlang’ich SMMni o’rganish uchun o’zbek tilidagi manbalar soni ham kundan-kunga oshmoqda.

Xullas, SMM Basic’ni o’zgartirish va (biz anchadan beri xohlayotganimiz) raqamli marketingdan onlayn kurs ochish istaklari bir nuqtada kesishdi.

Jamoa bilan kelishgan holda, onlayn Internet marketing kursi rejasini tuzdik. Kursda o’sha qadrdon SMM sohasiga alohida e’tibor bilan yondashiladi. Undan tashqari, raqamli marketologga qiziq bo’lgan bilimlar ham beriladi. Amaliyot ham o’sha shartlar bo’yicha, o’z kuchida qoldirildi.

Dasturni tuzishda bilim va yordamini, vaqti va mehnatini ayamagan Saidakbar Muhtorxo’jaevga minnatdorchilik bildiramiz!

abalog.uz | @abalog
​​#taq-taq #kutganlar_bormi

Va nihoyat biz qaytdik!

😕 Hayotimizda shunday vaqtlar bo‘lar ekanki, biror-bir sabablarga ko‘ra, biz qilayotgan ishimizni to‘xtatamiz. Ayrim xollarda ishingizdan charchaganingiz, yoki maqsadingizni unutganingiz uchun.

✈️ To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, menda ham shunday vaziyat bo‘ldi. Qilayotgan ishimni ayrim sabablarga ko‘ra to‘xtatdim. Bir-ikkita sohaning ilmini o‘rgandim.

🚫 Ko‘p vaqtimni ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazishni boshladim. Ha, albatta ilgari ham ko‘p vaqtim ijtimoiy tarmoqlarda o‘tar edi. Ammo o'tgan 5, 6 oy ichida ijtimoiy tarmoqlarga shunchaki foydalanuvchi sifatida kirmoqda edim.

🧠 “Aqlli” gaplar yozilgan statuslar, turli motivatorlarning intervyyulari, meni foydali kontentlardan uzoqlashtirar edi.

📌 Xullas, tushundimki “O‘zgalarning aqlli fikrlari, sizni fikrlashdan to‘xtatar ekan”.

Xudo xohlasa bugundan boshlab sizlar uchun SMM, Internet marketing, Marketing va yana ko‘plab sohalar, turli xil gadjetlar bo‘yicha eng sara yangiliklar va bilimlar berib borishga qaror qildim!

Facebook || Instagram || Telegram
​​#boshlashkerak #telegram #rivojlantirish

Telegramda shaxsiy brendni rivojlantirish

📌 Hozirgi kunda shaxsiy brendni yo'lga qo'yishda biroz muammolar bor. To'g'risini aytadigan bo'lsak bozor raqobatchilar bilan to'la. Bu qaysidir tarafdan yaxshi albatta. Raqobat bor joyda rivojlanish bo'ladi! Bu postimiz shaxsiy brendni telegramda yuritish haqida.

💪 Shaxsiy brend nima? Qisqa qilib aytganda shaxsiy brend - bu sizning odamlarga aytmoqchi bo'lgan kuchli tomonlaringiz, bilimlaringiz va tajribalaringiz bilan ulashishning zamonaviy uslubi.

🖌 Kanalni esda qolarli qiling! Kanalni to'g'ri bezatish ya'ni kuzatuvchi bir kirganda kimni kuzatayotganini tushunishi va qanday ma'lumot olishi mumkinligi ko'rinib tursin.

💬 Obunachilaringiz bilan suhbatlashing! Kanalingizda savol-javobga o'xshash rubrika tashkil qiling. O'zingizning turli sharhlaringiz yoki shaxsiy xabarlaringiz ostidagi ko'p beriladigan savollarga javoblaringizni joylang. Obunachilarning fikrlari bilan qizqing! Undan tashqari har bir kelayotgan kammentariyalarga iloji boricha javob berishga harakat qiling!

🤝 Hamkorlik qiling! Darajangizga to'g'ri keladigan blogerlarni toping va ular bilan vaqti-vaqti bilan xabarlarni almashing (shunchaki o'zaro reklama emas), qandaydir mavzuda "Трансляция"lar va podkastlar qiling. Shu orqali siz o'z mahoratingizni, sizni tanimagan auditoriyaga namoyish etasiz va yangi obunachilarni jalb qilasiz.

P. S. Siz hammasi mukammal bo'lishini kutmang! To'g'ri, balki siz "Photoshop"da professional darajada dizayn tayyorlay olmassiz, yoki kamera oldida so'zlay olmassiz... Bular muhim emas! Asosiysi boshlash va har doim o'zingizni rivojlantirishingizdir!

😊 Fikr va mulohazalar uchun izohlar doim ochiq.

Facebook || Instagram || Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hayronqolmang

SMM - biznesingiz yuragi 😁

😉 (sekingina kerakli odamlarga jo‘natishli joyi lekin)

Facebook || Instagram || Telegram
​​#qorquvsiz #erishasiz

Tavakkal

😉 Gollivud mashhurlaridan biri shunday degan: “Sarmoya tashlab foyda ko‘rmaslikdan qo‘rqmayman, o‘sha qo‘ygan sarmoyam qaytib kelmasligidan qo‘rqaman”

😕 P. S. Menimcha bu yutqazishning ko‘rinishi...

🤔 Hamma ham tavakkal qila olmaydi. Chunki qandaydir qo'rquv bor. Aytingchi, biznes yo'lida tavakkal qilishda siz uchun kuchliroq qo'rquv aynan nima? Izohlarda javobingizni yozib qoldiring!

Facebook || Instagram || Telegram
HTML Embed Code:
2024/06/01 00:38:09
Back to Top