TG Telegram Group Link
Channel: Mohira Nurullayeva
Back to Bottom
Forwarded from IT taʼlim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Video_bayonot
#Adabiyot

🎥6-7-11-sinflarning Adabiyot fani darsliklari yondashuvidagi muhim o'zgarishlar yuzasidan video bayonot

👉Matn shaklida o'qish

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

“Madaniyat va maʼrifat” telekanali, “Milliy taʼlim” koʻrsatuvining navbatdagi soni Respublika taʼlim markazining 2022 -yil davomida amalga oshirgan ishlariga bagʻishlandi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
https://hottg.com/RTM_matbuot
Forwarded from IT taʼlim
Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbek tili darsligi yuzasizdan tarqalayotgan e'tirozlarga munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda musiqa anjomlarining nomlari rasmlariga muvofiq emasligi tasvirga olib tarqatilgan darslik Respublika taʼlim markazi tomonidan 2022-2023- oʻquv yili uchun tayyorlangan va davlat tili ikkinchi til sifatida oʻqitiladigan sinflarga moʻljallangan 10-sinf Oʻzbek tili darsligidir.

Darslikning 99-betdagi oʻylang va toping degan topshiriq ostida keltirilgan 5-mashq shartiga koʻra, musiqa asboblarining nomlari atayin chalkashtirib berilgan va oʻquvchidan tasvirga qarab musiqiy asboblarining nomini toʻgʻri topishni talab etadi.

Yaʼni mashq aralash berilgan nomlarni tasvir asosida toʻgʻri nomlashni nazarda tutadi. Mashq haqida oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmada ham alohida tushuntirish berilgan.

**Rasmda darslikning eʼtirozga sabab bo'lgan sahifasi, metodik qo'llanmada mashq yuzasidan berilgan ko'rsatma keltirilgan.

Telegram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#СМИ_О_НАС

На телеканале «Dunyo bo'ylab» состоялся прямой эфир на тему «Качество и эффективность в образовании», где основное внимание уделялось учебникам нового поколения, подготовленным на основе нового подхода и методики его преподавания. В эфире приняла участие начальник отдела филологии и развития обучения иностранным языкам, Барно Турсуналиева.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
https://hottg.com/RTM_matbuot
NAVOIY MUZEYIGA keling!

Navoiyni yaqinroqdan tanimoq, tanitmoq uchun, uning tavallud kunini nishonlamoq uchun yaqinlar, oila bilan NAVOIY MUZEYIGA keling!

Navoiy ko‘chasi, Navoiy metrosi, Navoiy muzeyi bitta joyda!

Post va rasm muallifi: Javlon Jovliyev

📍Lokatsiya

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
https://hottg.com/RTM_matbuot
​​Kichik qadam bilan katta maqsadlar sari

Bugun kimyo fani misolida darslarga to'g'ri maqsad qo'yish haqida o'qituvchilar uchun onlayn seminar o'tkazildi. Pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazining katta o'qituvchisi Dilafruz Azamatova mavzuni tushuntirar ekan, aniq ta'limiy maqsadni qo'ymay erishilgan natijani baholab bo'lmasligi haqida ta'kidladi.

Maqsad aniq shakllantirilishi, o'lchov parametriga ega bo'lishi, miqdori bilan emas, balki erishilgan natijalar va vaqt bilan ifodalanishi kerak.

Yaʼni o'quvchi 45 daqiqalik dars yakunida qanday xos bilimlarga ega bo'ladi va uni qanday namoyon eta oladi, nimani bajara olishni o'rganadi, unda qanday malaka shakllanadi, nima haqida fikr paydo bo'ladi-yu, nima haqida o'ylab ko'radi?

Hammasi eng kichik qadamlargacha avvaldan belgilanishi kerak. Shunda bir soatlik dars yakunida erishilgan natija keyingi qadamlarga rag'bat beradi.

Hayotda ham katta maqsadlarga kichik qadamlar orqali erishilishini ba'zan unutib qo'yamiz.

Yorqin izoh — rasmda, xulosa — o'zimizdan!

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
https://hottg.com/RTM_matbuot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AQShning Atlanta shtatidagi xususiy maktab o'qituvchisi Maykl Bonna darsda o'quvchilar sherik bo'lib o'z nuqtai nazarlarini bildirish mashqini klassik musiqa bilan birga qo'llayapti.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
https://hottg.com/RTM_matbuot
7-sinf "Kimyo" darsligi yuzasidan tarqalgan fikrlarga munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilayotgan surat 7-sinf "Kimyo" darsligining "Yonish" mavzusiga tegishli va undagi tezak rasmining yonilg'i konlariga aloqasi yo'q.

Go'ng qayta tiklanadigan energiya manbalaridan biri hisoblanadigan biomassa turiga kiradi. Bioyoqilgʻi biomassadan bevosita yoki bilvosita olinadigan yoqilg‘idir.

Darslikdagi bioyoqilg‘i rasmidan yonilg‘ining qattiq, suyuq, gazsimon turlarini izohlash maqsadida foydalanilgan. Qolaversa, o‘qituvchi yuqorida keltirilgan bioyoqilg‘i haqidagi bilimga ega bo‘lib, darsni tashkil etishda bioyoqilgʻi sifatida mahalliy mahsulotlardan foydalanish va qazib olinadigan yonilgʻi konlari bo‘yicha mavzuviy ketma-ketlikni biladi.

Aynan go‘ng, ya'ni bioyoqilg‘idan xorijiy tajribada samarali energiya beruvchi manba sifatida foydalanib kelinadi. Bu haqda Kembrij nashriyotining "Kimyo" darsligida ham ko‘rish mumkin.

Kimyo fanidagi mazkur mavzuni o‘rganish orqali o‘quvchilarda o‘zlari yashab turgan hududdagi energetik muammolar yechimini topish ko‘nikmasi shakllanishiga urg‘u qaratilgan.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
https://hottg.com/RTM_matbuot
Forwarded from IT taʼlim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maktabda ekologik madaniyatni shakllantishga qaratilgan qanday loyihalarni amalga oshirsa bo'ladi?

Biz poytaxtimizning Uchtepa tumaniga qarashli 81-maktabda bo'lib, Geografiya o'qituvchisi Gulbadan Mavlonova boshchiligida amalga oshirilayotgan "ECO team" loyihasi bilan tanishdik.

O'ylaymizki, mazkur jamoa faoliyati yurtimizning barcha maktablari uchun yaxshi namuna bo'la oladi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
Matematikadan olingan imtihon bahosi ham algebra ham geometriya fanlariga amal qilishi haqida munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda matematika fanidan yakuniy attestatsiyada o'quvchining olgan imtihon bahosi algebra faniga qo'yiladi biroq, geometriyaga amal qilmasligi haqidagi noto'g'ri ko'rsatmalar tarqalmoqda.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika ta'lim markazi tomonidan 2022-2023-o'quv yilida umumiy o'rta taʼlim maktablarining 9-, 11-sinflarida matematika fanidan imtihon yozma ish shaklida o'tkazilishi tavsiya etilgan.

O'quvchi mazkur imtixondan yozma ishda belgilangan ballar asosida qaysi bahoni olsa, algebra faniga ham, geometriyaga ham shu baho qo'yilishini ma'lum qilamiz.

https://hottg.com/RTM_matbuot
HTML Embed Code:
2024/05/16 11:51:56
Back to Top