TG Telegram Group Link
Channel: Python FAQ
Back to Bottom
Channel created
⭕️ Python nima?

#python_nima

🌀 Python - dasturlash/skriptlash tili. Bu borada bahslar ko'p, xohlang uni dasturlash tili deng, xohlang skriptlash. Biroq, bu til o'zida ko'proq skriptlash tillariga xos belgilarni jamlaydi. Demak, Python nimaligi ma'lum. Uning asoschisi Guido van Rossum hisoblanadi.

Pythondan Google, Youtube kabi saytlarda foydalaniladi. Bundan tashqari NASA da ham bu tilni ilmiy tadqiqotlarda ishlatishadi. Pythondan kompyuter va mobil dasturlar, saytlar, o'yinlardan tortib robotlargacha tayyorlashda foydalaniladi.

Rasmiy sayti: python.org
⭕️ Qanday o'rganamiz?

#qanday_organamiz

🌀 Bu borada aynan bitta manbani keltirish noto'g'ri. Kundan kunga yangiroq va yaxshiroq darslar chiqaveradi. Lekin baribir nimadir tavsiya qilish kerak!

Hozirda "SoloLearn" sayti dasturlashni o'rganuvchilar uchun juda ajoyib dizayndagi sifatli va bepul darslarni taqdim etadi. Darslar ingliz tilida, asosan. Ayrimlarini rus tilida ham topish mumkin.

Android va iOS foydalanuvchilari uchun ilovalar tayyorlangan, ularni do'konlar (App Store, Play Store) dan "Learn Python" deb qidirish yetarli.

O'zbek tilida darslar ko'p emas, lekin bor. Mana bu ulardan biri: bu yerga bosing

Boshqa darslarni topish uchun Gooogleni ozroq qiynashga to'g'ri keladi ;)
⭕️ Funksiya nima?

🌀 Funksiya va uning turlari haqida maqola: http://telegra.ph/Pythonda-funksiya-03-13
HTML Embed Code:
2025/07/01 19:46:43
Back to Top