TG Telegram Group Link
Channel: Noyob Botlar 🤖
Back to Bottom
#shaxmat #game

@ChessBot — Telegramdan chiqmasdan turib shaxmat o'ynash imkonini beradigan ajoyib bot.

🤖 @NoyobBotlar
Forwarded from Noyob Botlar 🤖
#konverter #pdf #documents

📄 Office2pdf

Talabalar hamda ofis xodimlari uchun kerak bo'ladigan eng foydali bot. U boshqa formatdagi hujjatlar va rasmlarni PDF formatiga o‘zgartirib beradi, shuningdek, DOC, DOCX, XLS, PPT va JPG fayllarni qo‘llab-quvvatlaydi.

🌐 ingliz-rus-uzbek...

🤖 @NoyobBotlar
#akinator #game

🤔 Siz o'ylang, men topaman!

Bilsangiz savollar orqali hayolda o'ylangan aktyor, superqahramon va boshqa personajlarni topib beruvchi Akinator nomli veb-sayt o'yini bor.

Bu o'yinning bot versiyalari ham ishlab chiqarilgan. Marhamat, ular bilan tanishing:

🔸 @Akinator_RuBot
🔸 @AkinatorRuBot
🔸 @AkinatorOnBot
🔸 @AkinatoraBot

🤖 @NoyobBotlar
#insta_yuklovchi

📸 @Instasave_bot — Instagram va YouTube'dan fotosuratlar va videolarni yuklab oladi.

🤖 @NoyobBotlar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#memlar

🎩 @memingbot — Turli shablonlar asosida matningiz bilan memlar yaratish uchun bot. O'zingiz ham shablon qo'shishingiz mumkin.

👆Qanday foydalanish tepadagi gifda ko'rsatilgan.

🤖 @NoyobBotlar
#guruh_moderator

🛡@MainModerBot — bu guruhlarni boshqarish uchun funksional moderatorlardan biri. Guruh qoidalarini o'rnatish, foydalanuvchini ogohlantirish, bloklash, unvon berish va boshqa bir qancha qulayliklarga ega.

🤖 @NoyobBotlar
#random

🎲 @RandomizeAllBot — raqamlar aro yoki siz bergan ro'yxat asosida tasodifiy tanlashni amalga oshiradigan bot.

🤖 @NoyobBotlar
#bulutli_xotira #konstruktor

💾 @PoshBot — kanalingiz uchun fayllarni saqlaydigan omborxona vazifasini bajaruvchi botlarni yaratishingiz mumkin bo'lgan konstruktor. Unda yaratilgan botlar faqat kanalingizga obuna bo'lgan holda fayllarni yuklab olishga imkon beradi.

🤖 @NoyobBotlar
Forwarded from Noyob Botlar 🤖
#fotomuharrir #ai

🔳 @photocolorizerbot

Bot har qanday rangsiz (чёрно-белый) fotosuratni sun'iy intelekt yordamida rangli qilib bera oladi. Bu bilan eski suratlarni qayta jonlantirishingiz mumkin.

🌐 Bot tili: Ingliz, Rus, O'zbek

🤖 @NoyobBotlar
🎶 Xira tovushlardan zerikkanlar uchun layfxak

Ko'pchilik musiqa izlash va yuklab olishda VK Music botidan foydalanadi. Lekin yuklangan musiqa sifati sizni quvontirmasligi mumkin.

Telegramda musiqa bilan ishlovchi boshqa botlar ham talaygina va ba'zilari sifatli musiqa eshitishingizni ta'minlay oladi.

🎵 @DeezLoad2bot — musiqani Deezer va Spotify musiqiy platformalaridan qidirish va kerakli sifatni tanlagan holda yuklab olishni qo'llab-quvvatlaydi.

💬 P.S: Sifatni o'zgartirish uchun botga /settings buyrug'ini yuboring.

🤖 @NoyobBotlar
#renamer

@TGRename_Bot — Telegramdagi fayllarning nomini o'zgartirish uchun bot. /help tugmasi orqali qanday ishlatishni bilib olishingiz mumkin!

🤖 @NoyobBotlar
#github

📥 @getgitbot — GitHub'dan fayllarni yuklab olish uchun bot.

🤖 @NoyobBotlar
#raqam_aniqlagich

📞 @mnp_bot — telefon raqamini qaysi davlat, viloyat va mobil operatorga tegishli ekanligini aniqlab beradi.

🤖 @NoyobBotlar
#bildirishnoma #agent

🔔 @ytWatchBot — YouTube'ga kam kiradiganlar uchun yaxshi vosita. Sizga kerakli YouTube kanalida yangi video chiqsa, u haqida Telegramda turib xabardor bo'lishingiz mumkin. Buning uchun botga YouTube kanalining havolasini yuborib sozlash kerak.

🤖 @NoyobBotlar
📲 TikTok faqat bekorchilikdan iborat deb o'ylaganmidingiz?

Bu tarmoq orqali foydali narsalarni ham o'rgansa bo'ladi.

Loyihamiz ko'lamini kengaytirish va foydali videolar ko'payishiga hissa qo'shish maqsadida TikTok sahifamizni ishga tushirdik.

U yerga Telegramda bajariladigan ajoyib layfxaklar va qiziqarli videolarni joylab boramiz.

👉 TikTok sahifa

Agar sizda TikTok bo'lsa obuna bo'ling va videolarimizni kuzatib boring. Hali hammasi oldinda 😉

🤖 @NoyobBotlar
#rasm_izlash

🔍 @ImageFetcherBot — Telegramda turib Google'dan rasm qidiring. Foydalanish uchun suhbat maydoniga @ImageFetcherBot va yoniga rasm nomini kiriting.

Ⓜ️ Masalan: @ImageFetcherBot gullar

🤖 @NoyobBotlar
#guruh_moderator

🛡@ChatKeeperBot — guruhni nazorat qilish uchun ko'plab funksiyalarga ega TOP moderator botlardan biri.

🤖 @NoyobBotlar
#emoji  #wiki

🤩 @Emojipedia_bot — Emojilar haqida butun boshli ensiklopediya vazifasini bajaradi. Unga emoji yuborsangiz, o'sha emoji haqida ma'lumot beradi va qaysi operatsion tizim uchun qanday ko'rinishda ekanligini ham ko'rsatadi.

🤖 @NoyobBotlar
#shortner

🖇 @RLNBot — uzun havolalarni juda qisqa ko'rinishga keltirib beradi.

🤖 @NoyobBotlar
#stiker

🔍 @StFindBot — kalit so'zlar asosida stiker topishga yordam beradi. Bazasida 9.000 dan ortiq stikerlar mavjud.

🤖 @NoyobBotlar
HTML Embed Code:
2025/06/28 06:04:36
Back to Top