TG Telegram Group Link
Channel: Narxi Qancha? ⚡️
Back to Bottom
O'z uslubingizga mos mukammal soat izlayapsizmi?

💁‍♂️ U holda bizning onlayn do'konimiz aynan siz uchun! Patek Philippe, Tissot va Rolex kabi mashhur brendlardan ilhomlangan premium nusxalarimizning keng assortimentini sizga taklif etamiz.

🚚 Bepul yetkazib berish qulayligidan bahramand bo'ling va oldindan to'lovsiz muddatli to'lov (Alifnasiya,Solfy) asosida onlayn buyurtma bering. Bizning kollektsiyamiz hashamatning mohiyatini aks ettiruvchi sifat bilan yaratilgan premium soatlarni o'z ichiga oladi.

🎁 Lekin bu hammasi emas! Biz bilan xarid qilganingizda, nafis qadoqlangan xaridingiz bilan birga kichik sovg'a ham olasiz. Sayt orqali kollektsiya bilan tanishib xarid qiling va hashamatni qulay narxlarda his qiling!

Buyurtma uchun:@dariiemotsii_admin yoki +998930007570.

🚚 O’zbekiston bo’ylab yetkazib berish bepul

Telegram | Instagram | Instagram-2 | Sayt 🌍
⚡️O'zbekistonda bo'sh ish o'rinlari qancha?

Markaziy bankning Mehnat bozori sharhiga ko‘ra, O‘zbekistonda bo‘sh ish o‘rinlari I chorakda 36,8 mingtaga yetgan.

“Vakansiya”larning asosiy qismi Toshkent shahri hisobiga to‘g‘ri keladi — 60 foiz. Keyin o‘rinlarda Samarqand (11 foiz) va Toshkent (9 foiz) viloyati.

Ish kuchiga talab yuqoriligi sabab savdo, IT va axborot sohasi xodimlari maoshi ko‘proq o‘sdi. Qurilish sohasida esa ish kuchi ko‘payib borayotgani ortidan maoshlar sekinroq o‘smoqda.

Shuningdek, o‘zini o‘zi band qilganlar soni yil boshidan beri qariyb 300 ming kishiga ko‘payib, 2,8 million nafarga yetgan.

Xorijda ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonliklar uchun bo‘sh ish o‘rinlari soni 48 mingtadan oshgan. Biroq qo‘yilgan professional talablar odamlarni chet elda yaxshi maosh evaziga ishlashiga to‘sqinlik qilmoqda.

💬@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Toshkentda bitiruv kechasini nishonlash qanchaga tushishi mumkin?

"Kursiv" tahririyati aniqlashicha, Restorandagi ziyofat ichiga kiradigan xizmatlarga qarab narxlar katta farq qilishi mumkin. Fabis va Bourbon kabi ba'zi restoranlar oziq-ovqat, ichimliklar, musiqa va fotosessiyani o'z ichiga olgan asosiy paketlarni har bir kishi uchun taxminan 300 ming so'mga taklif qiladi. Qimmatroq varintlar ham bor, masalan, Level, bu yerda har bir kishiga 750 ming so'mga fotosurat va video suratga olish, boshlovchi va DJning xizmatlari bilan tematik bitiruv kechasini o'tkazish taklif etiladi.

Shuningdek, alohida tadbir uchun $300 ga boshlovchi va $200 ga fotografni yollash mumkin.

Undan tashqari, vinyetkalar narxi 2 sahifa uchun 100 ming so'mdan 20 sahifa uchun 1 million so'mgacha o'zgarib turadi.

💬@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘zbekistonga 2024-yilning uch oyida qaysi davlatlardan eng ko'p turistlar tashrif buyurgan?

• Tojikiston — 536,5 ming nafar;
• Qirg‘iz Respublikasi — 442 ming nafar;
• Qozog‘iston — 262,6 ming nafar;
• Rossiya — 134,2 ming nafar;
• Turkmaniston — 31 ming nafar;
• Turkiya — 21,5 ming nafar;
• Hindiston — 11,6 ming nafar;
• Xitoy — 10 ming nafar;
• Janubiy Koreya — 7,6 ming nafar;
• Germaniya — 3,8 ming nafar;
• Boshqa davlatlar — 58,5 ming nafar.

💬@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Atom bombasini ishlab chiqarishning narxi qancha?

Yadroviy rivojlanish haqidagi barcha ma'lumotlar oshkor qilinmaydi. Janubiy Koreya hukumati tahliliga ko'ra, Shimoliy Koreyaning yadroviy xarajatlari $1,1 mlrddan $3,2 mlrdgacha deya tahlil qilinadi.

Agar Shimoliy Koreyada 60 ga yaqin jangovar kallak bo'lsa, tahminlarga ko'ra har bir jangovar kallakning narxi taxminan $18 dan $53 mlngacha baxolanadi.

1940 yildan beri AQSh o'zining yadroviy arsenalini ishlab chiqish va saqlash uchun $5 trln sarflaganini da'vo qildi. AQSh kelgusi bir necha o'n yilliklar ichida yadro dasturiga jami $250 mlrd sarflaydi.

Mavzuga doir:
Eng daxshatli harbiy dronlarning narxi qancha?
Hindiston Rossiyadan ijaraga olgan atom suvosti kemasining ijara narxi qancha?

💬@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Humo foydasi qanchaga ko'tarildi?

Humo to‘lov tizimining I chorakdagi sof foydasi 37,4 mlrd so‘mni tashkil etgan edi. Bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 87,6 foizga ko‘pdir.

To‘lov tizimi 2023-yilda ham foydasini 50 foizdan ko‘proq oshirib, 114,5 mlrd so‘mga yetkazgan edi. Kompaniyani xususiylashtirish reja qilinmoqda.

Shu maqsadda kecha, 13-may kuni to‘lov tizimi aksiyadorlik jamiyati sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Kompaniyaning “Milliy banklararo protesessing markazi" AJ sifatida aksiyalarini birlamchi chiqarish ishlari olib borilmoqda.

💬@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Oltin 1gr narxi qanchaga oshdi?

Markaziy bank oltin quymalarining narxini 1 gr uchun yana 1 mln so‘mdan ko‘proq qilib belgiladi. Birinchi marta oltin narxi aprel' oyida 1 mln so‘mdan oshgan edi. Quymalar narxlari og'irligi bo'ladi yuqoridagi rasmda ko'rsatilgan.

Oltin quymalarini banklardan sotib olish mumkin. Hozirga paytda taklif ancha ko‘paygan. Banklar ro‘yxati bilan bu yerda tanishish mumkin.

Global oltin narxlari ayni paytda troya unsiyasi uchun 2 380 dollar atrofida bo‘lib turibdi. Eng yuqori narx 2 400 dollargacha chiqqan edi.

💬@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O'zbekistonda qancha sement ishlab chiqarilmoqda?

Sanoatimizda sement ishlab chiqarish salkam 20% ga oshdi. 2024 yilning yanvar-aprel jami 4,8 mln tonna sement ishlab chiqarilgan. “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga ko'ra, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,3% ga ko‘p.

Ayni damda O‘zbekistonda 38 ta sement korxonasi bor. Ulardan eng yiriklari “Qizilqumsement” AJ — yil boshidan buyon 738 ming t., “Shina Energy International Group Samarkand Cement” va “Huaxin Cement Jizzakh” MChJlar — birgalikda 1,166 mln. tonna sement ishlab chiqargan.

Respublikada yil oxiriga qadar jami 16,7 mln tonna (800mln-1mlrd AQSH dollari miqdorida)sement ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

💬@Narxiqancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O'zbek meva sabzavotlari ekportining minimal narxlari

✔️ Savdo-sanoat palatasi nodavlat notijorat tashkiloti eksport uchun minimal qiymatni belgilab kelmoqda, hukumat emas.

Minimal narxlar belgilansa ham mahsulotlar yuqori narxda jo‘natilmoqda, bu esa eksportchilar uchun qo‘shimcha foyda demakdir. Masalan, quyidagi mahsulotlarda narxlar sezilarli darajada ortgan:

Gilos. Minimal qiymat 2,00 edi, amalda esa 2,53 dollardan sotilmoqda (2023-yilda 50 foizidan ortig‘i 0,93 dollardan eksport - 11 000 so’m qilingan).

O‘rik. Minimal qiymat 1,20 edi, amalda esa 1,75 dollardan sotilmoqda. (2023-yilda 50 foizidan ortig‘i 0,83 dollardan eksport - 9 600 so’m qilingan).

Limon. Belgilangan minimal qiymat 0,75 edi, amalda esa 1,23 dollardan sotilmoqda. (2023-yilda 50 foizidan ortig‘i 0,59 dollardan eksport - 6 800 so’m qilingan).

Olxo‘ri. Belgilangan minimal qiymat 0,90 edi, amalda esa 1,39 dollardan sotilmoqda (2023-yilda 50 foizidan ortig‘i 0,34 dollardan eksport - 4 000 so’m qilingan).

Shaftoli. Belgilangan minimal qiymat 1,50 edi, amalda esa 2,92 dollardan sotilmoqda (2023-yilda 50 foizidan ortig‘i 2,06 dollardan eksport - 24 000 so’m qilingan).

Qulupnay. Belgilangan minimal qiymat 1,20 edi, amalda esa 1,27 dollardan sotilmoqda (2023-yilda 50 foizidan ortig‘i 0,78 dollardan eksport - 9 000 so’m qilingan).

Pomidor. Belgilangan minimal qiymat 0,90 edi, amalda esa 0,96 dollardan sotilmoqda (2023-yilda 50 foizidan ortig‘i 0,45 dollardan eksport - 5 200 so’m qilingan).

Bodring. Belgilangan minimal qiymat 0,70 edi, amalda esa 0,83 dollardan sotilmoqda (2023-yilda 50 foizidan ortig‘i 0,37 dollardan eksport - 4 300 so’m qilingan).

Lavlagi. Belgilangan minimal qiymat 0,32 edi, amalda esa 0,44 dollardan sotilmoqda (2023-yilda 50 foizidan ortig‘i 0,23 dollardan eksport - 2 700 so’m qilingan).

‼️ Minimal narx belgilanishiga doir qaror eksportyor korxonalarga teng va qulay sharoit yaratish imkonini beradi.

💬@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️50mln so'mni foizsiz o'tkazish mumkinmi?

Endi bir ilovada 50 mln so‘mgacha pulni foizsiz o‘tkazish mumkin.

Bungacha O‘zbekistonda 1 ilova orqali 10 mln so‘mgacha pulni kartadan kartaga foizsiz o‘tkazish mumkin edi (Avval Tenge bank, hozir Agrobank).

• Humans esa bunday imkoniyatni birdaniga 50 mln so‘mga oshirdi. Kompaniya SuperVIP ta'rifiga ulangan o‘z abonentlari uchun cheksiz o‘tkazamalarni foizsiz amalga oshirish imkonini ham taqdim qilmoqda.

Komissiyasiz pul o‘tkazmalari xizmatini taqdim qiluvchi boshqa ilovalar ro‘yxatini bu yerda ko'rishingiz mumkin.

💬@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Xalq banki”ning sobiq bosh ofisi qanchaga sotildi?

24-may kuni davlat banklaridan biri bo‘lgan “Xalq banki”ning sobiq bosh ofisiga tegishli binolar kimoshdi savdosida 119,71 mlrd so‘mga sotildi.

Bino Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasida joylashgan. Auksion g‘olibi “Oazis Samarqand” kompaniyasi bo‘ldi.

Ushbu bino birinchi marotaba 2024-yil yanvar oyida auksionga chiqarilgan edi.

💬@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Tosh maydalash tegirmoni narxlari qancha?

Tosh maydalagichlarning narxi ularning turi va texnik xususiyatlariga qarab o'zgaradi. Odatda, kichik va o'rta sig'imli tegimonlar $15,000 dan $30,000 gacha bo'lishi mumkin.

Agar yuqori quvvatli va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan tegirmonlar haqida gapiradigan bo'lsak, ularning narxi $50,000 dan $150,000 gacha yetishi ham mumkin. Bunday maydalagichlar katta hajmdagi materiallarni tez va samarali qayta ishlash imkoniyatiga ega.

Bu tegirmon travertin toshlarini soatiga 7-8 tonna maydalaydi. Bundan tashqari, tegirmon ohak, marmar va boshqa toshlarni ham maydalaydi.

Batafsil ma'lumot uchun va Tosh maydalagichlar haqidagi videoni ko'rish uchun, quyidagi link bosing:
youtube.com/watch?v=u_LLfzZBjl4

💬@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O'zbekiston davlat qarzi qanchaga yetdi?

1-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekiston davlat qarzi 35,3 mlrd dollarga yetgan. Yil boshida qarzlar 34,9 mlrd dollar edi va uch oy ichida 417 mln dollarga ko‘paydi.

Biroq, davlat qarzi ulushida tashqi qarz kamayishni boshlagan — 179 mln dollarga. Ichki qarz esa qariyb 600 mln dollarga oshgan.

O‘zbekiston davlat qarzining YaIMga nisbatan ulushi 38,3 foizni tashkil qilmoqda.

2023-yil holati bo‘yicha mamlakatning umumiy tashqi qarzi 55,7 mlrd dollar hisoblanadi. Bunda davlat tashqi qarzi — 26,9 mlrd dollar, xususiy tashqi qarz — 26,1 mlrd dollar.

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HTML Embed Code:
2024/06/05 08:07:07
Back to Top