TG Telegram Group Link
Channel: Mubosharat
Back to Bottom
Bizning yutug‘imiz — qadriyatlarga asoslangan holda jinsiy ta’lim berayotganimizda deb o‘ylayman. Ko‘pgina psixologlar bu borada chegaralarni unutishni, o‘zini sevishni taklif qiladi.

Berilayotgan ma’lumotlar, darsliklar ko‘pchilikka foydali bo‘lib, ayrim kishilar foyda ola olmagani — ular hafsala qilib tavsiyalarga amal qilmagani yoki juda bilimdon bo‘lgani uchundir.

Bizda mavzular sodda, lekin batafsil yoritiladi. Shu bois ba’zi kichik tafsilotlar bilag‘on kishilarga yoqmaydi yoki ikkinchi toifaga amal qilish qiyindek ko‘rinadi. Siz aytilgan tavsiyalarga qunt bilan amal qiling, iltimos. Agar ma’lumot foydali bo‘lmasa, hech kimga foyda bermasligi kerak. Ko‘pchilikka foydali bo‘layotgan ekan, demak, sizda biror sabab bor.

Kimgadir foydali bo‘lmasa, u bilan alohida ishlashga tayyormiz. Shunda ham natija bo‘lmasa, pulini qaytarib beramiz.

Tepada 2–3 ta natijani o‘rtoqlashish bilan cheklandim, xolos. Ijobiy taqriz berganlar juda ko‘p, alhamdulillah. Ularning 30 tasi batafsil yozgan. “Foydali bo‘ldi”, “Yaxshi”, “Zo‘r ma’lumotlar” deganlar esa undan ham ko‘proq.

Ma’lumotlar audio + matn formatida. Matnda audioma’lumotning xulosasi, testosteron, quvvatni oshirish kabi mavzularda yozilgan. Mabodo kimgadir boshqa tillarda (rus, ingliz va hokazo) ushbu ma’lumotlar kerak bo‘lsa, tarjima qildirib ham beramiz, inshaalloh.

Ochig‘i, o‘zim ham bu darajada foydali bo‘lishini kutmagan edim. O‘tirib, soatlab taqrizlarni o‘qidim va juda xursand bo‘ldim. Qiziq bo‘lsa, @Jinsiyaloqa_sifati sahifasida ulashamiz, inshaalloh.

Sizlarga foydam tegayotganidan xursandman!

@Mubosharat
O‘ZINGIZNI ERKIN HIS QILING

Ishdan, ko'chadan uyga kelganingizda «zirh»ingizni yechib qo'ying. Ishda qattiqqo'l rahbar yoki jiddiy xodim bo‘lishingiz bo‘lishingiz mumkin. Lekin uy — bu dam olish, yengillik, halovat maskani.

Turmush o'rtog'ingiz va bolalaringiz bilan munosabatda jiddiy bo'lib olmang, uncha-muncha gaplarning ostidan gap topishdan tiyiling. Yengil sanaydigan, kengbag'ir bo'ling. Hazil-huzul qiling. O'zingizni erkin qo'ying.

Mana shu ichki erkinlikni yotoqxonaga ham olib kiring. Chunki aynan shu erkinlik juftliklarga juda kerak — ko‘pincha yetishmaydi.

Maqsad tezda tugatib olish, vazifani bajarish bo'lmasin. Maza qilib ishq o'yinlari o'ynanglar!

#Tavsiya

@Mubosharat
​​Uyqu sifatini yaxshilang

Yaxshi tungi uyqu yaxshi kunning kalitidir. Uyquning buzilishi turli xil sog'liq muammolari, jumladan, libidoning pastligi va jinsiy disfunktsiyaga olib kelishi mumkin.

Agar sizda uyqu bilan bog'liq jiddiy muammo bo'lsa, mutaxassis bilan uni davolash usullari haqida maslahatlashing. Agar sizda vaqti-vaqti bilan uyqusizlik bezovta qilsa, uyqu odatlaringizni yaxshilash usullarini sinab ko'rishingiz mumkin.

Mavzuga doir yana bir muhim gap: yaxshi jinsiy aloqadan so'ng kishi tiniqib uxlaydi – tiniqib uxlash yaxshi jinsiy aloqaga sabab bo'ladi. Mana shunday bir-biriga bog'liq narsalar.

Darvoqe, sifatli jinsiy aloqa istagan kishilar kunduz kuni ham biroz uxlab olar ekan. Shunda qayta-qayta "jangga" kirishish ham mumkin. Qolaversa, bolalar uxlab qolguncha uxlab qolmaysiz. 😊

#Salomatlik #uyqu #tavsiya

@Mubosharat
Juftingiz bilan muloqot qiling

Bir-birlari bilan o'z xohish va istaklari haqida gaplashadigan juftliklarda yaxshi jinsiy aloqa va sog'lom munosabatlar shakllangan bo'ladi. Turmush o'rtog'ingizga nimani yoqtirishingizni va nimalarni yoqtirmasligizni ochiq ayting. Agar siz shaxsiy xohish-istaklaringizni aytishga uyalsangiz, juftingiz o'qishi uchun ularni sms tarzida yozing.

@Mubosharat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Erkakning taklifini ayol bittada qabul qilganiga yetmaydi. "Davay" deganda bosh tortib, keyin rozi bo'lsa, majburlikdan aloqa qilmoqchi deya erkakda avvalgidek shijoat, ehtiros bo'lmasligi mumkin.

O'zi uzrsiz ayol rad qilishi to'g'riyammas-da! O'zingning xotining bo'lsa-yu, yo'q deb tursa-ya! Boshqaga borib bo'lmasa! 🙄

#Erkaklar #ayollar

@Mubosharat
🌅 Tongi shivirlashlar

Ertalab ayolingizning qulog'iga sekin shivirlashingiz mumkin bo'lgan gaplar:

— Yaponiya kunchiqar mamlakat emas — kun sening ko'zlaring orasidan chiqadi!
— Ko'zlaringni ochsang, hayotim kundek yorishadi, ularni uyquga yumsang, tunim kirib keladi...
— Tongni seni quchoqlab qarshi olish… bu mening eng katta baxtim!
— Badanimda tanangning haroratini his qilishdan-da ortiqroq halovatni bilmayman!
— Sen bag'rimda ekansan, tunning adog'i bo'lmasa deyman...

#Erkaklar

Premium kanalimiz

@Mubosharat
Xolisjon aka o‘ziga to‘q odam. O‘zining tinchgina oilasi bor, beshta bolani chiroyli tarbiya qilmoqda. Lekin Facebookda qiynalib qolgan bevalarni o‘qib, xolis Alloh uchun uylanmoqchi bo‘libdi.

Bolali bevaga og‘iz solibdi. O‘sha ayol esa avvaldan aniqlik kiritib so‘rabdi: bu kishi ehson uchunmi yo nafsi uchunmi uylanmoqda? Agar bu erkak o‘z nafsi va shahvati uchun emas, faqat Alloh uchun uylanayotgan bo‘lsa, unga turmushga chiqishga rozi bo‘lishini bildiribdi.

Shartlar kelishib olingach, nikoh o‘qilibdi.

Nikoh kechasi Xolisjon aka alohida xonada yotishini, boshqa paytlar ham faqat kunduz kelib uy yumushlarini bajarib ketishini aytibdi. Chunki u nafsi uchun uylanmagan, agar biror narsa qilib qo‘ysa, savobga putur yetmasin debdi-da.

Ayol esa hayron emish. Besh yildan beri er ko‘rmagan juvon ishlar bunday tus olishini kutmagan ekan.

Erkak o‘z nafsi uchun emas, faqat beg‘araz yordam uchun uylanib, hamma narsani bekam-u ko‘st ta’minlab qo‘yib, ana undan keyin “qo‘shimcha” sifatida vaqti-vaqti bilan, ayol xohlagan paytgina uning tabiiy ehtiyojlariga javob berib turadigan er istagan ekan-da.

Shuning uchun doim nafsi uchun uylanadigan odamlarni malomat qilarkan. ))

Fayzuddin Mumin

@Mubosharat
Sarimsoq, qalampir va banan

Ba’zi bir meva va sabzavotlar jinsiy quvvatga ta’siri jihatidan ajoyib xususiyatga ega. Ular qon aylanishini yaxshilaydi. HealthLine Amerika tibbiyot manbayi quyidagilarni ko’proq iste’mol qilishni tavsiya qiladi:

Piyoz va sarimsoq (agar ularning o’ziga xos hidiga ko’z yumish imkoni bo’lsa). Ular qon aylanishini yaxshilaydi.

Banan. O’zida ko’p miqdori kaliy saqlaydi, bu mikroelement qon bosimini me’yorlashtiradi va libidoni kuchaytiradi.

Achchiq qalampir, shu jumladan chili. Ushbu mahsulot ham qon aylanishini yaxshilaydi va gipertoniya bilan kurashishda yordam beradi. O'zim 27 yildan beri achchiq qalampir iste'mol qilaman va, ko'rib turganingizdek, ushbu kanalni ochganman. 😉

@Mubosharat
Endi ishondim!

Jinsiy hayotda o‘zimga ishonchga erishdim. Juftim ham mening harakatlarimdan rozi va munosabatlarimizdan xursand. Oldingi kelishmovchiliklarga barham berilgan. Hayotimiz faqat yahshilanish tarafga ketmoqda.

Husniddin

-------

Tez boʻshanishga qilgan tavsiyalaringizni barchasiga amal qilishga harakat qildim. Aloqa vaqti 20 daqiqa va undan ham oshdi. 1 soatga yetkazsa ham boʻlar ekan endi ishondim. 😁

Shermurod

Mahsulot haqida batafsil

Xarid qilish

#tez
Tashqi ko‘rinish — bu ayolning ilk e’tiborni tortuvchi kuchi

Erkak avvalo nimaga e'tibor qiladi deb o‘ylaysiz? Albatta, ayolining toza, parvarishli, jozibador qiyofasiga.

Shuning uchun o‘zingizni unutmang. Qomatni saqlash, yuz va badan parvarishi — bu faqat go‘zallik emas, o‘ziga bo‘lgan hurmat hamdir.

Ayolligingizni namoyon etib turuvchi liboslar kiying. Ayniqsa, kechqurun ko'ylak-lozimda uxlashni xayolingizga ham keltirmang. Bejiz qaraganda ko'z quvonadigan ayolga uylanish targ'ib qilinmagan axir.

#Ayollar

@Mubosharat
Hayz davrida yaqinlik qilish nima uchun mumkin emasligini bilasizmi?

Zamonaviy tibbiyot hayz paytida ayol bilan jinsiy aloqada bo'lish juda ko'p zararli taraflarini isbotladi:

1. Ayolning reproduktiv salomatligiga ta'siri shuki, bepushtlikka olib kelishi mumkin bo'lgan bachadon yallig'lanishi.

2. Erkakning jinsiy a'zosining yallig'lanishi, bu ham bepushtlikka olib kelishi mumkin.

Shunday vaqtlarda yaqinlik qilishga rag'bat uyg'otuvchi harakatlarni kamaytirishni tavsiya qilamiz.

#hayz #tavsiya

@Mubosharat
​​#Savol: Assalomu alaykum. Mening erim ayol kishiga, ya'ni menga qiziqishlari yo'q. Qachon chorlaganimdagina birga bo'ladilar, o'sha paytda ham uxlab qoladilar. Doktorga ham bordik, semizlik sabab dedi. Lekin dorilarini olib ichmadilar. Umr yo'ldoshimni er sifatida yaxshi ko'rmayman, faqat ta'minlovchi obraziga kirib qolganlar. Manga nima maslahat berasiz?

Javob: Va alaykum assalom. Ayol sifatida uni jalb qilishga harakat qiling. Uning uchun huzurbaxsh aloqa taqdim qilishga urining. Orangizdagi munosabatlarni qayta ko'rib chiqinglar: hozirgi-yu o'tmishdagisini. Xatolarni tuzatish, ko'ngilsizliklarni unutish, kechirish kerak. Qisqasi, uni to'shakka qiziqtirish uchun bir ayol bo'lib nima qila olsangiz qiling. Shu bilan birga, eringiz ham harakat qilishi kerak. Darhaqiqat, semizlik sifatli jinsiy aloqaning kushandasi! Sport bilan shug'ullansin, ozsin. Ikkalangiz birga harakat qilishingiz kerak. Faqat sizga maslahat berishim bilan holat yaxshilanib qolmaydi.

@Mubosharat
Erkaklar haftasiga kamida ikki marta jinsiy lazzatga (orgazmga) erishganida uzoq umr ko‘rishi isbotlangan — bu 1997-yilda “British Medical Journal” ilmiy jurnalida chop etilgan tadqiqot xulosasi.

Ayollarda esa muntazam jinsiy yaqinlik yurak-qon tomir kasalliklari xavfini 30 foizga kamaytirishi aniqlangan.

❤️ Ya’ni sevgi — bu shunchaki his-tuyg‘u emas.
Bu — sog‘liqning o‘zi!

#tarjima #foyda

@Mubosharat
Erkak kishiga jinsiy aloqa davomida ayolining xohish-istaklarini bilish uning faol harakatlari yoqadi. Bu yuz ifodasi, qo'l harakati — kerak bo'lsa, qo'lingiz bilan qo'lini ushlab, kerakli joyga yo'naltiring — ovoz chiqarish bilan bo'lishi mumkin.

Ayniqsa, ayoli zavqlanayotganini ko'rish erkakka yanada g'ayrat beradi. Faol bo'ling, ayollar!

#Ayollar

Ayollar uchun premium kanalimiz

@Mubosharat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Turmush o'rtog'ingizning imkoni torligida uni tushunib turing, qaysarlik qilib qayerdan bo'lsa ham pul topib berishini talab qilmang, toki u qing'ir yo'llarga qadam qo'yishga majbur bo'lmasin.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos
#ayollar

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Ishtaha bo'lib turganda yeyilgan taom yoqimli bo'ladi. Shunday ekan, ishtaha borida imkon topishga harakat qiling: kunduzi yoki kechasi deb o'tirmang. 😊

#Erkaklar #Ayollar

@Mubosharat
2016-yilda “Journal of Sexual Research” jurnalida o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, odamlarning qariyb 20 foizi jinsiy yaqinlik paytida yoki undan so‘ng kulib yuboradi.

Bu tanada endorfin ajralib chiqishining alomati bo‘lib, yaqinlikni yanada zavqli va qiziqarli qiladi.

#tarjima

@Mubosharat
HTML Embed Code:
2025/06/26 04:03:03
Back to Top