TG Telegram Group Link
Channel: Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
Back to Bottom
Transport vazirining birinchi o‘rinbosari fuqarolar qabulini o‘tkazdi

Joriy yilning 13 va 15-may kunlari Transport vazirining birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan vazirlik binosida shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida yo‘lovchi tashuvlari sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar huquq va manfaatlarini himoyalash, hududlarda jamoat transporti yo‘nalishini tashkil etish, yo‘lovchi tashish sohasida o‘tkazilayotgan tender jarayonlari, xorijiy ruxsatnoma blankalarini elektron tizim orqali tashuvchilarga taqsimlanishi yuzasidan 12 nafar fuqarolardan jami 9 ta masala kelib tushdi.

Batafsil


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
"Namangan – Chodak – Namangan" yo‘nalishida yo‘lovchi poyezd harakati yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-26 mart kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash va yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 6351/6352-sonli «Namangan – Chodak – Namangan» shaharlararo poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi.

Poyezdlar 2024-yil 16-maydan boshlab har kuni aniq jadval asosida harakatlanadi.

Batafsil

Открыто движение пассажирских поездов по маршруту «Наманган – Чодак – Наманган»

В целях обеспечения выполнения задач, поставленных в ходе визита Президента Республики Узбекистан в Наманганскую область 25-26 марта 2024 года, и обеспечения комфорта пассажиров, запущено движение междугороднего поезда "Наманган – Чодак – Наманган" № 6351/6352.

С 16 мая 2024 года движение поездов осуществляется ежедневно по установленному расписанию.

Подробнее
​​Yo‘lovchilar diqqatiga

Yo‘lovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ iyun oyidan quyidagi poyezdlarning qo‘shimcha qatnovini yo‘lga qo‘yadi.

2024-yilning 3-iyun kunidan boshlab 129/130-sonli “Andijon – Termiz – Andijon” yo‘nalishida haftaning har dushanba va seshanba kunlari qo‘shimcha qatnov bajariladi;

2024-yilning 3-iyun kunidan boshlab 94/92-sonli “Toshkent – Qo‘qon – Andijon – Qo‘qon – Toshkent” yo‘nalishida haftaning har dushanba va yakshanba kunlari qo‘shimcha qatnov bajariladi;

2024-yilning 6-iyun kunidan boshlab 128/127-sonli “Andijon – Namangan – Samarqand – Buxoro – Qo‘ng‘irot – Andijon” yo‘nalishida haftaning har payshanba va shanba kunlari qo‘shimcha qatnov bajariladi.

Вниманию пассажиров

В целях создания дополнительных удобств пассажирам АО “Ўзтемирйўлйўловчи” с июня запустило дополнительное движение следующих поездов.

С 3 июня 2024 года на маршруте №129/130 “Андижан – Термез – Андижан” дополнительно будет курсировать по понедельникам и вторникам;

С 3 июня 2024 года на маршруте № 94/92 “Ташкент – Коканд –Андижан – Коканд – Ташкент” дополнительно будет курсировать по понедельникам и воскресеньям;

С 6 июня 2024 года по маршруту №128/127 “Андижан – Наманган – Самарканд – Бухара – Кунгират – Андижан” дополнительно будет курсировать по четвергам и субботам.
76 300 ta yuk avtotransporti tekshiruvdan o‘tkazildi

2024-yil 5-apreldan 5-mayga qadar Respublikamizning barcha hududlarida “Biz avtomobil yo‘llari tarmog‘ining soz holatda saqlanishi tarafdorimiz” shiori ostida nazorat oyligi tadbirlari davomida Transport nazorati inspeksiyasi, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi hamkorligida 750 ta qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazilib, 76 300 ta yuk avtotransporti tekshiruvdan o‘tkazildi.

Batafsil

Было проверено 76 300 грузовых транспортных средств

С 5 апреля по 5 мая 2024 года во всех регионах республики в ходе мероприятий контрольного месяца под девизом “Мы за сохранение сети автомобильных дорог в исправном состоянии” совместно Инспекцией транспортного контроля, Управлением безопасности дорожного движения и Комитетом автомобильных дорог было проведено 750 совместных рейдовых мероприятий, проверено 76 300 грузовых автомобилей.

Подробнее
Transport vaziri Litva elchisi bilan uchrashdi

Bugun, 17-may kuni transport vaziri Ilhom Maxkamov Litvaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Egidiyus Navikas bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida xalqaro yuk tashuvlari jarayonida milliy tashuvchilarga qulayliklar yaratish, ruxsatnoma blankalari sonini oshirish, fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Batafsil

Министр транспорта встретился с послом Литвы

Сегодня, 17 мая, министр транспорта Ильхом Махкамов встретился с новым послом Литвы в Узбекистане Эгидиюсом Навикасом.

В ходе встречи состоялся обмен мнениями по вопросам, связанным с созданием удобств для национальных перевозчиков в процессе международных грузоперевозок, увеличением количества бланков разрешений, развитием сотрудничества в сфере гражданской авиации.

Подробнее

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
HTML Embed Code:
2024/05/17 19:27:41
Back to Top