TG Telegram Group Link
Channel: Jomboy.uz
Back to Bottom
Forwarded from Nargiza G'affarova
#ayni_vaqtda

"Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" uchun sportning mini futbol turi bo'yicha Jomboy tuman bosqichining final bosqichi bo'lib o'tmoqda. Shiddatli va qizg'in davom etayotgan musobaqada sektor bosqichlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalar o'zaro kuch sinashishmoqda.

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
⚡️TOP-100 Yoshlar yetakchilari reytingi!

2024-yilning 1-choragi davomida mahallada yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda yuqori natijadorlikka erishayotgan Yoshlar yetakchilarining TOP-100 reytingi aniqlandi.

Mazkur reyting natijalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 92-sonli qarori hamda PF-209-sonida belgilangan vazifalarni sifatli va yuqori darajada bajarganligiga qarab belgilangan. Ushbu reyting natijalari har chorakda yangilanib boriladi.

🏆 Mazkur yoshlar yetakchilari bugungi kunda mahalla tizimida bor kuch-imkoniyatlaridan to’laqonli foydalanib yoshlarning haqiqiy yetakchisi bo’lib mehnat qilayotgan yosh kadrlar deyishimiz mumkin.

#TOPreyting

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
#shukrona

Yaratganga shukur, yana bir yutuqni qo'lga kiritdik. Hozirgina Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasida ushbu tashakkurnomani berishdi. Ayrim sabablarga ko'ra biroz kechikibdi. Allohim, o'zing doim yuzimizni yorug' qilgin.

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'afforova
#ayni_vaqtda

Yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorli yoshlarni yuzaga chiqarish maqsadida Sharof Rashidov nomidagi SamDU Agrobiotexnologiyar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti talabalar turar joyida madaniy tadbir bo'lib o'tmoqda. Tadbirda talabalar va uyushmagan yoshlar ishtirok etmoqda.

Sherzod Yuldashev
Samarqand MFY yoshlar yetakchisi
Forwarded from Nargiza G'afforova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Nargiza G'affarova
Yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorli yoshlarni yuzaga chiqarish maqsadida Sharof Rashidov nomidagi SamDU Agrobiotexnologiyar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti talabalar turar joyida madaniy tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda talabalar va uyushmagan yoshlar ishtirok etishdi. Iqtidorli yoshlarimiz tomonidan ijro etilgan ajoyib kuy-qo'shiqlar gulhan atrofida davom etdi.

Sherzod Yuldashev
Jomboy tumani Samarqand MFY yoshlar yetakchisi


@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
Aziz yoshlar!

Sizda innovatsion g‘oya yoki startap loyiha bormi? Uni amalga oshirishda moliyaviy ko‘mak qidirayabsizmi? Unda bu e’lon aynan Siz uchun!

Samarqand viloyat hokimi E.O.Turdimov tashabbusi bilan respublikamizning barcha yoshlarining innovatsion g‘oyalari va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Startap loyihalar tanlovi” e'lon qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 24-may sanasi kech soat 18:00 ga qadar quyidagi manzil orqali elektron ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin: https://forms.gle/f7CYFfrpUkvcRu5w9

Saralash bosqichidan o‘tgan loyihalar taqdimoti 30-may kuni Samarqand viloyati Yoshlar markazida bo‘lib o‘tadi.

Istiqbolli startap loyihalar moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Murojaat uchun telefonlar:

+998 90 504-88-04 (Mashrab Otamurodov)
+998 97 895-85-55 (Erkin Danaboyev)

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
📌 Subsidiyaga uy olmoqchimisiz?

Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya ajratishga doir xizmat yangi maqsadli ko‘rsatkichlar asosida qayta ishga tushirildi.

Subsidiya olish uchun my.gov.uz portaliga kiring. “Ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olishga ariza berish” xizmatini tanlang. Arizani to‘ldiring va yuboring.

@Nargiza_Gafforova
HTML Embed Code:
2024/05/16 00:31:44
Back to Top