TG Telegram Group Link
Channel: Izzatxo'ja Asomiddinov
Back to Bottom
Forwarded from Birga kitob o'qiymiz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Jarayon avjida!!!

Taqdimotga oz qoldi, siz kutgan tanlovni yangi mavsumini tez orada e'lon qilamiz...

✈️KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Birga kitob o'qiymiz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovini e’lon qiladi.

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 25-avgustga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:

🔴Oybekning “Navoiy” asari
🔴Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” asari

Yakunda 50 nafar ishtirokchi finalga yo‘l oladi va final bosqichi bellashuvi natijasiga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi va quyidagi tartibda taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk;
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Planshet;
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Smartfon (6/128);
🔵5-o‘rin (10 nafar) – Smartfon (4/64);
🔵“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – Smartfon.

📌 Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Birga kitob o'qiymiz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🗣“Naqshi” kitoblar do‘koni hamda “Birga kitob o‘qiymiz” jamoasi yurtdoshlarimiz orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar” onlayn tanlovini e’lon qiladi.

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @naqshiuzbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 21-sentabrga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:

🔴O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” asari
🔴Rauf Jilasunning “Halol luqma” asari

Yakunda 50 nafar ishtirokchi finalga yo‘l oladi va final bosqichi bellashuvi natijasiga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

🔵Tanlovda test bo‘yicha 26 nafar, referal ball bo‘yicha esa 20 nafar g‘oliblar yuqoridagi videoda ko‘rsatilgan sovg‘alar bilan taqdirlanadi!

📌 Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Birga kitob o'qiymiz
📚 “Naqshi” kitoblar do‘koni bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Kitobxon yoshlar” onlayn tanlov g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi!

6-oktabr kuni Naqshi do‘konida tanlovda test bo‘yicha g‘olib bo‘lgan 26 nafar hamda “Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi bo‘lgan 20 nafar g‘oliblarga sertifikat, diplom hamda sovg‘alar topshirildi.

➡️Tanlov g‘oliblari va sovg‘alar ro‘yxati

Respublikamizning viloyatlarida istiqomat qiluvchi g‘oliblarimizga sovrinlar pochta orqali yetkaziladi.
_____________________

Shu o‘rinda tanlov tashkilotchi jamoasi bilan tanishtirib o‘tmoqchiman (shu insonlarning mehnati bo‘lmaganida tanlov ham bo‘lmas edi):

🟠Yorqin Abduqaxxorov - dasturchi;
🟠Mirafzal Ozodov - media mutaxassis;
🟠Muxlisa Norboyeva - savollar muallifi;
🟠Izzatxo‘ja Asomiddinov - bosh tashkilotchi.

Doim tanlovni tashkil qilganingiz uchun sizga rahmat deb menga tashakkurlar aytiladi, lekin shu insonlar bo‘lmaganida men bir o‘zim bu ishlarni qila olmas edim.

KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Xalqaro buvijonlar kuni ekan. Shu kunda mani buvijonim vafot etdilar...

Haqlariga duo qilib qo'yinglar, Alloh rahmatiga olsin, savol-javoblari oson bo‘lsin.
Forwarded from Mehrob.uz
ЯХШИЛИК АЛОМАТЛАРИ

Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам бундай дедилар: «... Аллоҳ наздида ҳақиқий гўзаллик - ботин гўзаллиги ва хизмат гўзаллигидир».
Эй Али! Мўминнинг уч аломати бор:
1. Мол-дунёга муккасидан кетмайди.
2. Хотинга ўч бўлмайди.
3. Инсонлар шаънида гапиришни ёқтирмайди.

Ақлли инсоннинг учта аломати бор:
1. Охиратни қўлга киритиш учун дунёни ишлатади.
2. Жафога бардош беради.
3. Қийинчиликларга сабр қилади.

Олимнинг учта аломати бор:
1. Тўғри сўз бўлади.
2. Ҳаромдан тийилади.
3. Камтар бўлади.

Муттақийнинг учта аломати бор:
1. Ёлғондан ва ёмонликдан сақланади.
2. Ёмон дўстдан сақланади.
3. Ҳаромга яқинлашишдан қўрқиб, мубоҳдан ҳам сақланади.

Сиддиқнинг уч аломати бор:
1. Нафл ибодатини яширади.
2. Садақани яширинча беради.
3. Мусибатни яширади.

Обиднинг учта аломати бор.
1. Нафсига жаҳл қилади.
2. Нафсини тергайди.
3. Узоқ намоз ўқийди.

Солиҳнинг уч аломати бор:
1. Аллоҳ учун солиҳ амал қилади.
2. Динини амал билан ислоҳ қилади.
3. Ўзига раво кўрганини бошқаларга ҳам раво кўради.

Саъид (бахтли ва жаннат аҳли) кишининг уч аломати бор:
1. Ҳалол ейди.
2. Олимлар билан ҳамсуҳбат бўлади.
3. Беш вақт намозини жамоат билан (имом билан бирга) ўқийди.

Мўминнинг уч аломати бор:
1. Аллоҳга итоат этади.
2. Ҳаромлардан узоқ туради.
3. Ёмонлик қилганга яхшилик қилади.

Сахийнинг уч аломати бор:
1. (Ўч олишга) қурби етгани ҳолда афв этади.
2. Закотини беради.
3. Садақа беришни яхши кўради.

Ҳалим инсоннинг уч аломати бор:
1. Алоқани узган билан алоқа ўрнатади.
2. Бермаганга беради.
3. Зулм қилганни кечиради.

Сабрли кишининг уч аломати бор:
1. Аллоҳ таоло тоатига,
2. Мусибатга,
3. Қазо ва қадарга сабр қилади.

Тавба қилганнинг уч аломати бор:
1. Ҳаромдан сақланади.
2. Илм талаб қилишга интилади.
3. Сут кўкракка қайтмагани каби гуноҳга қайтмайди.

“Пайғамбаримизнинг соллаллоҳу алайҳи васаллам ҳазрати Али розияллоҳу анҳуга насиҳатлари” китобидан.
@mehrob_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🎓 17-noyabr – “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan yangi “Talabalar tanlovi”ni e'lon qilamiz!

🔄Tanlovda shunchaki yutuqli barabanni aylantirasiz bo‘ldi, omadingiz kelsa sovg‘a sizniki! Ushbu tanlovda kamida 500 ta ishtirokchi sovg‘a yutadi.

🔴3ta – zamonaviy smartfon;
🔴3ta – 500 ming so‘m pul yutug‘i;
🔴20ta – Smart watch;
🔴20ta – Quloqchin;
🔴20ta – Airpods;
🔴20ta – Powerbank;
🔴ko‘plab badiiy kitoblar;
🔴va pul yutuqlari yutib oling.

Tanlov 17-noyabr kuni 20:00 ga qadar davom etadi va tanlov tugashi bilan Instagram sahifamizda super o‘yinni o‘ynaymiz!

📺TANLOV SHARTLARINI KO‘RISH⬅️

Tanlovda ishtirok eting va ko‘plab sovg‘alardan birini yoki bir nechtasini yutib oling. Harakat sizdan, sovg‘alar esa bizdan!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣Ildiz kitoblari do‘konidan yutuqli o‘yin!

📚 Barcha kitobxon yurtdoshlarimiz uchun @ildizkitoblari yutuqli lototron o‘yinini e’lon qiladi. Ushbu o’yinda ishtirok etish uchun Siz Ildiz kitoblari do‘koniga tashrif buyurasiz va kamida 50 ming so‘m qiymatga ega bo‘lgan kitoblar yoki o‘zingiz istagan biror tovarni xarid qilasiz. Sizga taqdim etilgan xarid chekining orqa tomoniga ism-familiyangiz va telefon raqamingizni yozib qoldirasiz va chek qog‘ozini yaxshilab buklab, kassaning o‘ng tomonida joylashgan lototron ichiga solasiz.

🎁 Lototron uchun cheklar 18-noyabr kuni soat 14:00 ga qadar qabul qilinadi. Aynan shu kuni shu soatda Ildiz kitoblari do‘konida “Talabalar tanlovi” g‘oliblarini taqdirlash marosimi va yangi kitob taqdimoti (qaysi kitob deb o‘ylaysiz?) bo‘lib o‘tadi. Ana shu marosim davomid lototron ichidan omadli 13 ta chek tanlab olinadi va chek egalari quyidagicha haydalarga ega bo‘lishadi:

🔴birinchi g‘olibga 100 ming so‘mlik vaucher;
🔴ikkinchi g‘olibga 200 ming so‘mlik vaucher;
🔴uchinchi g‘olibga 300 ming so‘mlik vaucher;
🔴qolgan 10 nafar g‘olibga kitob hadya qilinadi.

➡️ Do‘kon manzilini ko‘rish

Ildiz kitoblari do‘koniga tashrif buyuring va yutuqli o‘yinda ishtirok etib, omadingizni sinab ko‘ring.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HTML Embed Code:
2024/06/03 10:10:09
Back to Top