TG Telegram Group Link
Channel: Iysoxon Yahyo
Back to Bottom
Yangi g'oya va fikrlar kelmayaptimi? Demak, siz yangi ma'lumotlarni qabul qilmayapsiz.

Boshqacha aytganda kitob o'qimayapsiz, podkast tinglamayapsiz va sohangizga oid yangi bilimlarni o'zlashtirmayapsiz.

Chunki miyaga yangi ma'lumotlar kirib kelganda u eskilari bilan to'qnashadi. Eski va yangi ma'lumotlar to'qnashishidan esa yangi fikrlar paydo bo'ladi.

"Osmondagi bolalar"ning bir sonida shu mazmundagi fikrlar aytilgandi. Yaqinda shu borada o'zimda ham kichik tajriba bo'ldi. Keyinroq bu haqida aytib beraman. :)

Qiziq bo'lsa, nima qilish kerakligini bilasiz.
🔥

📌 @Iysoxon
❗️Muhim!

Jamoamizga to’liq vaqt (smena)da ishlay oladigan yigitlar kerak bo’lyapti. Kompyuter savodxonligi yaxshi, ta’lim sohasiga qiziqadigan va ziyrak bo’lishi talab etiladi.

Qolgan masalalarni @Iysoxon_admin profilida gaplashaveramiz.

Tanishlarga yuborish orqali yordam qilsangiz, xursand bo’lardik. Oldindan rahmat. :)

📌 @Iysoxon
Iysoxon Yahyo
Yangi g'oya va fikrlar kelmayaptimi? Demak, siz yangi ma'lumotlarni qabul qilmayapsiz. Boshqacha aytganda kitob o'qimayapsiz, podkast tinglamayapsiz va sohangizga oid yangi bilimlarni o'zlashtirmayapsiz. Chunki miyaga yangi ma'lumotlar kirib kelganda u…
Oxirgi vaqtlarda kitob o'qishim juda kamayib ketgandi. Keyin kitob o'qishni odatlar qatoriga kiritib, ularni himoya qilishni boshladim. Har kuni oz bo'lsa ham imkon qadar kitob o'qiyapman.

Atigi 3 kun 25 daqiqadan o'qiganlarim ortidan yangi-yangi g'oyalar kela boshladi. Darrov yangiliklarni qo'llashga kirishdik. Natija esa tez orada ko'rinadi, nasib qilsa.

Aytmoqchimanki, 2-3 kun juda oz miqdorda kitob o'qish shuncha yangiliklarga sabab bo'ldi. Demak, yangi fikrlar va g'oyalar kelmayaptimi, muammolarga yechim topolmayapsizmi, albatta, kitob o'qing. Yechimi yo'q muammoning o'zi yo'q, shunchaki izlanish kerak, xolos.

📌 @Iysoxon
Ketayotganingda eshikni shunchalar ustalik bilan yopginki, ortda qolganlar qattiq yopdingmi yo ochiq qoldirdingmi anglamasin.

📌 @Iysoxon
Iching dardga to'lib, qayg'udan yonib ketadigan darajaga kelgan bo'lsang ham yaqinlaring oldida sokin tabassum qila olgin. Toki sen yonayotgan olov ularni ham kuydirib qo'ymasin.

📌 @Iysoxon
Barchaga hayit muborak bo’lsin! 🎉

📌 @Iysoxon
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Odatda kitoblarni @qamarbooks'dan xarid qilaman. Mabodo izlaganimni topolmasam, keyin boshqa do'konlarga o'taman. Do'kon do'stlarimizga tegishli bo'lgani uchun, albatta. Buyog'i tanish-bilish — o'zbekchilik. :)

Do'konga har borganimda kitobxon insonlarni ko'rib, "Qamar" bilan qandaydir hamkorlikni yo'lga qo'yish haqida o'ylab yurardim, ammo aniq bir taklif xayolga kelmasdi. Yaqinda yozganimdek, yangi g'oyalar kelib qoldi va ularga taklif bilan chiqdik. Baraka topishsin, darrov rozi bo'lishdi.

Ana, endi siz "Qamar"dan kitob xarid qilib, "Sayyid Academy" arab tili kurslari uchun 100 ming so'mlik vaucherni qo'lga kiritishingiz mumkin. Maza, ham kitob olasiz, ham arab tilini chegirma asosida o'rganasiz.

Kitob olmoqchi bo'lsangiz, @qamarbooks'dan xarid qilavering, ikki karra foyda qilasiz. Bu xabarni kitobxon do'stlarimizga ulashib qo'yamiz.)

📌 @Iysoxon
Ayol kishini xursand qilish uchun aslida ko’p narsa kerak emas, deyishadi. Ha, shunday. Shunchaki ana shu ozgina narsa erkakning bir oylik maoshi bo’lishi mumkin, xolos. :)
#tabassum

📌 @Iysoxon
Men uchun boylikdan ko’ra shaxsiyat muhimroq. Ya’ni insonlarni boyligi uchun emas, shaxsiyati, fiklashi, amalga oshirgan ishlari va qadriyatlari uchun hurmat qilaman.

Chunki ahmoq yoki pastkash odam ham boy bo’lishi mumkin, lekin kuchli shaxsiyat sifatida shakllanish uchun juda ko’p narsa talab etiladi...

📌 @Iysoxon
Bir podkastda “Tadbirkor uchun eng kerakli xislat nima?”, degan savolga “Og’riqqa chidamli bo’lish”, deb javob berilgandi.

Men shu fikrga 100% qo’shilaman. 2-3 yillik faoliyatimdan kelib chiqib aytaman:

Agar siz og’riqqa chidamli bo’lmasangiz, stresslarni yengolmasangiz, vaziyat izdan chiqib ketganda ham o’zingizni yo’qotib qo’ymaslikka ko’zingiz yetmasa, jiddiy qarorlarni tezda qabul qilishga layoqatli bo’lmasangiz va katta tavakkal qilishga qo’rqsangiz, biznesga umuman kirishmang.

Undan ko’ra yaxshiroq kasb o’rganing. Har qanday kompaniya orzu qiladigan mutaxassis bo’ling. Shunda uncha-muncha tadbirkordan yaxshiroq topasiz va anchagina sokin, xotirjam yashaysiz.

Xullas, biznes motivatorlarga ishonmang. :)

📌 @Iysoxon
🎉 Jamoamiz yanada kengaymoqda

📚 Agar siz CEFR sertifikatiga ega arab tili ustozi bo'lsangiz va oflayn tarzda, to'liq ish rejimida ishlay olsangiz, sizni jamoamizga taklif qilaman.

Yosh yigit-qizlar uchun yaxshi imkoniyat: tajriba so'ralmaydi. Muhimi sizda ustozlik uchun ozgina qobiliyat va harakat bo'lsa, qolganini birga o'rganamiz.

Agar siz biz izlagan inson bo'lsangiz, unda @Iysoxon_admin profiliga o'zingiz haqingizda batafsil yozib qoldiring.

Aytgancha, boshqa tillar bo'yicha mutaxassis ustozlar uchun ham qabul bor. Ayniqsa, ingliz tiliga.

📌 @Iysoxon
Stress — bu tanlov.

© Jon G. Miller: Savol ortidagi savol
Osh birlashtirarkan.)
Hozir qiyin vaziyatdamisan? Unda ikki toifani eslab qol, kerak bo’lsa, alohida yozib qo’y: senga yordam berganlarni va imkoni bo’la turib tark etganlarni…

📌 @Iysoxon
— Otajon, nima uchun ayol eriga taom berishi kerak?
— Chunki asirni taomlantirish shart, bolam…
#tarjima #tabassum

📌 @Iysoxon
Xatoni vaqtida anglab, to’xtay olish ham bir san’at. Hamma ham bunday qila olmaydi…

📌 @Iysoxon
Asal oyi kerakmi yoki asal hayot?

Ko'pchilik turmush qurishdan oldin faqat moddiy tayyorgarlik ko'radi, lekin oilani boshqarish, tushunmovchilik bo'lsa, uni hal qilish, farzand tarbiyalash va shu kabi oilaviy mavzularda bilim olmaydi. Ya'ni oilaga ma'nan tayyorlanmaydi.

Natijada, butun oilaviy hayotning eng go'zal damlari asal oyi bilan nihoyalanadi. Uyog'i qo'polroq aytganda "zahar hayot"ga aylanadi.

Bunday bo'lmasligi uchun esa turmush qurishdan oldin oila ilmini o'rganish kerak. Oila qurgan bo'lsa ham endi kech demay, o'qib, xatolarni to'g'rilash shart.

Hozirda G'iyosiddin Yusuf akamiz "Asal Hayot" nomli kurs tashkil qilganlar. Kurs mavzulari va ichidagi darsliklar juda ajoyib tuzilgan. Oila qurish arafasidagilar va oilalilar uchun birday mos keladi. Barchaga tavsiya qilaman.

Darslarga ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi ko'k yozuv ustiga bosing.👇

Ro'yxatdan o'tish
Ro'yxatdan o'tish
Ro'yxatdan o'tish
Quyosh botishi qanchalar go’zal bo’lmasin, sening “quyoshing botmasin”. )

📌 @Iysoxon
Xumor

Bugun uchib ketayotgan samolyotni ko'rib esimga tushib qoldi: birinchi marta 2019-yil yozida Istanbulga sayohat qilgandim. Bu mening ilk chetga chiqishim, ilk samolyotga minishim edi.

O'sha sayohat menga bir yillik energiya va o'nlab kitobdan ko'ra ko'proq bilim bergandi. Miyamda haqiqiy "portlash"ni sezgandim o'shanda.

Keyingi yil esa karantin boshlandi. Hech qayerga chiqolmadim. Sayohatni shu darajada sog'inganimdan tushimda ham dengiz bo'yida ko'rardim o'zimni. To'lqinlardan sachragan mayin tomchilarni his qilardim.

Hozir ham samolyot uchganini ko'rganimda, hatto ovozini eshitsam sayohatning xumori tutyapti. Tezroq qayergadir borishni, "to'kilib" qolguncha piyoda yurishni va ichimdagi bor g'uborlarni chiqarib yuborishni o'ylayapman, orzu qilyapman.

Ammo hozir men oldingi Iysoxon emasman. Menda oldin yo'q bo'lgan mas'uliyat bor. Shuning uchun hozircha faqat "tush ko'rib turishga" majburman...

Shunaqa gaplar. Menga hadeb sayohatingizni maqtanmay turing. 😅🥲

📌 @Iysoxon
HTML Embed Code:
2024/05/03 21:25:40
Back to Top